Oldingi mavzuni savol-javob uslubidan foydalanib tarqatma savol shaklida quyidagi savollar orqali so’rab olaman(8 daqiqa).
O’tilgan mavzu: MS Excelning funksiyalar kutubxonasi
Savollar quyidagilar:
Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqarilgan?
Javob: 1-Elektron jadval dasturi Visi Calc nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yilda ishlab chiqarilgan.
Elektron jadvalning asosiy vaifasinimadan iborat?
Javob: Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
Qanday elektron jadvallar nomlarini bilasiz?
Javob: Super Calc, Multiplan, Fremework, Simphony, Works, 1S-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar.
Excel elektron jadvalidagi kitob va varaqlar haqida so’zlab bering.
Javob: Bitta kitobda 1 dan 255 tagacha varaq joylashtirish mumkin. Varaqdagi ustunlar soni 256 ta bo’lib, ular lotin alifbosining bosh harflari bilan tartiblanadi, satrlar 65536 ta bo’lib, 1 dan to 65536 gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblangan.
Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi qanday?
Javob: Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi - .xls
Sonning absolyut qismini hisoblaydigan funksiya nomi?
Javob: Sonning kvadrat ildizini hisoblaydi
ОСТАТ(son;b’luvchi) funksiyasininf vazifasi?
Javob: Sonni bo’luvchiga bo’lgandagi qoldiqni hisoblaydi.
СТЕПЕНЬ(son;daraja ko’rsatkichi) funksiyasining vazifasi?
Javob: Sonni darajaga ko’taradi
ЕСЛИ(mantiqiy ifoda; ifoda 1; ifoda 2) funksiyasining vazifasi?
Javob: Agar funksiyadagi mantiqiy ifoda qiymati rost bo’lsa, natija ifoda 1 ga , yolg’on bo’lsa ifoda 2 ga teng bo’ladi.
Sonning eng katta qiymatini aniqlaydigan funksiya qaysi?