O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 162,26 Kb.
səhifə3/4
tarix02.05.2023
ölçüsü162,26 Kb.
#105791
1   2   3   4
3081 29.10.2018

kasbiy faoliyat turi — kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilishning usullari, uslublari va tavsifi;
kasbiy kompetensiya — bitiruvchining bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni mustaqil bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish hamda masalalarni echishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati.
2-§. Kasbga o‘rgatish dasturining komponentlari va o‘quv rejasi
3. Kasbga o‘rgatish dasturining komponentlariga muayyan kasb bo‘yicha bitiruvchilarga kasbiy fanlar o‘rgatishning muddati, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari tarkibi, hajmi va mazmunini belgilovchi hujjatlar kiradi.
4. O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini 10 va 11-sinflarda kasbga o‘rgatish dasturi 2 o‘quv yiliga mo‘ljallangan bo‘lib, har haftada 1 kun 6 soatdan, jami 408 soat hajmida amalga oshiriladi.
5. O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘rgatiladigan kasblarning o‘quv rejasi mazkur Malaka talablarining ilovasiga muvofiq tarkibiy qismlarga bo‘linadi.
O‘quv rejasiga Xalq ta’limi vazirligi va Kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
6. Ta’lim muassasasiga zarur hollarda o‘quv yuklamasining haftalik 6 soat hajmini saqlagan holda, ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga asosan o‘quv bloklari tarkibidagi mavzularga ajratilgan soatlar hajmini 15% gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
7. 10 va 11-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv yillarining 4-choragida, ularning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida ta’lim muassasasida yoki idora va korxonalarda 6 kun davomida 6 soatdan amaliy mehnat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
8. O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasbga o‘rgatish jarayoni yakunida bitiruvchi yakuniy davlat attestatsiyasiga jalb qilinadi.
2-bob. Kasblar tavsifi va kasbga o‘rgatish dasturini o‘zlashtirish darajasiga qo‘yiladigan talablar
1-§. Asalarichi
9. Asalarichi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga asalari oilalari, ona asalari, asalari uyalari, asalari pavilonlari, asalari asbob-uskunalari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga asalari oilasiga tez-tez qarovlar o‘tkazish, asalari uya haroratini boshqarish, ko‘chma asalarichilikni tashkil etish, ertangi ona asalari va asalari paketlarini yetishtirish, kasalliklarga va yuqumli kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurashda har xil dori-darmonlardan, avtopurkagichlardan foydalanish kiradi.
10. Asalarichi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
asalari oilasiga tez-tez qarovlar o‘tkazishni, asalari uya haroratini boshqarishni bilish;
asalari uyasini kengaytirish, ko‘ch ajralishi oldini olish choralarini ko‘rishni bilish;
asalarichilik ozuqa bazasini yaratishda serasal ekinlar turlarini ko‘paytirishni bilish;
qishloq xo‘jalik ekinlari gulini changlantirish maqsadida ko‘chma asalarichilikni tashkil etishni bilish;
ertangi ona asalari va asalari paketlarini yetishtirishni bilish;
kasalliklarga qarshi kurashda har xil dori-darmonlardan va avtopurkagich kabi texnika vositalardan foydalanishni bilish.
2-§. Ayollar sartaroshi
11. Ayollar sartaroshi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga soch qirqish asbob-uskunalari, soch yuvish vositalari, soch qirqish usullari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga soch turmaklashning asosiy elementlari, sochni turmaklash usullari, sovuq vositalar, soch turmaklash, soch bo‘yash, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda ijod namunalari bilan qatnashish kiradi.
12. Ayollar sartaroshi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
jihozlar, asbob-uskunalarining turlarini bilish;
ish joyini tashkil qilish qoidalarini, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarini, sanitariya va gigiyena qoida hamda me’yorlarini, elektr va yong‘in xavfsizligi talablarini bilish;
soch kesish, soch bo‘yash usullari va texnologiyasini bilish;
ish qurollari, asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanishni bilish;
turli uslublarda soch turmaklashni bilish;
aniqlangan kamchiliklarni qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
3-§. Beton quyuvchi
13. Beton quyuvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga beton ishlatadigan barcha qurilish obyektlari, beton qorishma tayyorlaydigan shoxobchalar, yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaradigan zavodlar, quyma temir-beton konstruksiyalari tayyorlanadigan qurilish maydonlari, beton qorishma materiallari, beton quyishda ishlatiladigan asbob-uskuna va jihozlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga bino va inshootlarning konstruktiv elementlarini tayyorlashda qoliplar o‘rnatish, bino va inshootlarning konstruktiv elementlarini tayyorlashda armatura to‘rlarini o‘rnatish, bino va inshootlarning konstruktiv elementlarini tayyorlashda beton quyish, yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaradigan zavodlarda armatura to‘rlarini o‘rnatish va beton quyish, qurilish obyektlarida beton ishlarini nazorat qilish kiradi.
14. Beton quyuvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
beton tayyorlashda ishlatiladigan xomashyolarning xossalarini bilish;
beton tayyorlashda ishlatiladigan qurilmalarni ishlatishni bilish;
beton va armaturaning turlarini bilish;
temir-beton konstruksiyalarining turlarini bilish;
beton qorishmasining qotish jarayoni va uning vaqt me’yorlarini bilish;
qurilish obyektlarida quyma konstruksiyalarni tayyorlashda qolipni o‘rnatishni bilish;
armatura to‘rlarini o‘rnatishni bilish;
betonning sifatini nazorat qilish, mahsuloti sifatini baholash va aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish hamda ularni bartaraf etishni bilish.
4-§. Bog‘bon
15. Bog‘bon kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga mevali, manzarali daraxtlar, gul turlari, bog‘dorchilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga daraxtlarni parvarishlash, daraxtlarni payvandlash va shakl berish, ko‘chat yetishtirish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
16. Bog‘bon kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
bog‘dorchilikda atrof-muhit sharoitini o‘rganishi bilish;
bog‘dorchilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni bilish;
manzarali butalar, rezavor mevalar, mevali daraxtlar hamda tok o‘simliklari haqida ma’lumotlarni bilish;
o‘simlik ko‘paytirish texnologiyasini bilish;
ildizlashuv jarayonini kuchaytirish usullarini bilish;
payvand qilish turlari va shakl berish usullarini bilish;
manzarali butalar, rezavor mevalar, mevali va manzarali daraxtlar hamda tok o‘simligi va uni parvarish etish usullarini bilish;
o‘simlik kasalliklari va zararkunandalarga qarshi kurashni bilish;
hosilni terish va saqlash usullarini bilish;
erga ishlov berishni bilish;
o‘simliklarni urug‘idan va qalamchasidan ko‘paytirishni bilish;
hosilni yig‘ib olishni va uni saqlash sharoitlarini bilish.
5-§. Buxgalter
17. Buxgalter kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga naqd pulli va naqd pulsiz hisob-kitoblar, kassa operatsiyalaridagi hisob-kitoblar, nazorat hujjatlari va ularning rekvizitlari, kassa jurnali kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga xo‘jalik mablag‘lari va majburiyatlarini hisobga olish, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisob-kitoblar, budjet bilan hisob-kitoblar, xodimlar bilan hisob-kitoblari kiradi.
18. Buxgalter kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
hisob turlarini, hisoblash tizimini, ikki yoqlama yozuvni, buxgalteriya provodkalarini, baholashni, kalkulatsiyani, inventarizatsiyani, hisobot shakllari va tarkibini bilish;
xo‘jalik muomalalarini hisoblash tizimida ikki yoqlama yozuvda aks ettirishni bilish;
xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish va rasmiylashtirishni bilish;
mablag‘larni baholashni, kalkulatsiya qilishni, inventarizatsiya qilishni bilish;
hisobot shakllarini to‘ldirishni mustaqil bajarishni bilish.
6-§. Bo‘yoqchi
19. Bo‘yoqchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga bo‘yoqchilik jihozlari, bo‘yoq materiallari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga yuzalarni, qorishmalarni tayyorlash, jihoz va asbob-uskunalardan foydalangan xolda suvash va pardozlash ishlarini bajarish kiradi.
20. Bo‘yoqchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisining egallagan kasbi bo‘yicha kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
jihozlar, asbob-uskunalarining turlarini bilish;
ish joyini tashkil qilish qoidalarini bilish;
texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarini, sanitariya va gigiyena qoida hamda me’yorlarini bilish;
elektr va yong‘in xavfsizligi talablarini bilish;
bo‘yoq ishlarining turlarini, bo‘yoq ishlarini bajarish texnologiyasini bilish;
bo‘yoq ishlarining sifatini nazorat qilish usullarini bilish;
texnologik jarayonni to‘g‘ri tashkil qilishni bilish;
ish qurollari, asbob-uskunalar, moslamalardan to‘g‘ri foydalanishni bilish;
materiallar sarfini hisobga olishni bilish;
ishlar sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
7-§. Videomontaj texnigi
21. Videomontaj texnigi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga turli tipdagi videomontaj asbob-uskunalari, montaj qilishda qo‘llaniladigan moslamalar, o‘lchov-nazorat asboblari, montaj apparat va maxsus xonalari, texnik, texnologik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga tasvirlarga va turli kadrlarga ishlov berishda videomontaj texnigi kadrlarni qirqish, interfeyslarini sozlash va rostlash, tasvirlarga ishlov berish kiradi.
22. Videomontaj texnigi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
tasvirlarga ishlov berish apparatlarining tuzilishini bilish;
universal va maxsus moslamalarni qo‘llash qoidalarini, o‘lchov-nazorat asboblari tuzilishi, kesish elektr xavfsizlik talablarini bilish;
kadrlarga ishlov berish kompyuter dasturlaridan foydalanishda mehnat muhofazasi, texnika va axborot xavfsizligi qoidalarini bilish;
ish o‘rinlarini tashkil etish qoidalarini bilish;
moslamalar yordamida kadrlarga ishlov berishni bilish.
8-§. Ganch o‘ymakorligi usta-rassomi
23. Ganch o‘ymakorligi usta-rassomi kasbining faoliyat obyektlariga ganch o‘ymakorligida ishlatiladigan kompozitsiyalar, ganch o‘ymakorligidagi pardoz turlari, ganchlarning naqshlarini o‘yish ishlari, quyma ganchkorlik ishlari, ganchkorlikda ishlatiladigan qoliplar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga davlat va nodavlat tasarrufidagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim tizimlarida ganch o‘ymakor usta rassom yoki ganch o‘ymakorligi to‘garagi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatish, ganch o‘ymakorligi kompozitsiyalarini yaratish, ganch o‘ymakorligi ishlarini tashkil etish, erkin bozor tizimida ganch o‘ymakorligi ustaxonalarini tashkil etish va ularni boshqarish kiradi.
24. Ganch o‘ymakorligi usta-rassomi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
ganch o‘ymakorligida ishlatiladigan kompozitsiya turlarini, kompozitsiya tuzish qoidalarini, ganch o‘ymakorligida ishlatiladigan pardoz turlarini, ularning tavsifini, afzalliklari va kamchiliklarini, ganch o‘ymakorligida ishlatiladigan asbob-uskunalar turlarini va ularni ishlatish qoidalarini bilish;
ganch o‘ymakorligida zaminlar turlarini, ularning tavsifini, afzalliklari va kamchiliklarini bilish;
ganch o‘ymakorligi ishlarini tashkil etish, mehnat muhofazasini bilish;
ganch o‘ymakorlik to‘garagini tashkil etishni bilish;
ganch o‘ymakorlik to‘garagida o‘quvchilar bilan ishlashni bilish;
bajarilgan ish natijasi bo‘yicha hisobotlar tayyorlashni bilish.
9-§. Gilam to‘quvchi
25. Gilam to‘quvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga gilam to‘qishda ishlatiladigan jihozlar va asbob uskunalari, matolar, iplar, naqshlar to‘plami, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga gilam to‘qish uchun loyiha yaratish, gilam to‘qishda ishlatiladigan jihozlar, asbob uskunalarni tanlash, naqsh tayyorlash, dastgohni o‘lchash, maxsus rangli iplarni tanlash, dastgohga tanda ip tortish, mahkamlash, ipini o‘tkazib va naqsh asosida gilam to‘qish, naqsh asosida gilam to‘qish jarayonida xar bir qatorda arqoq ipini tortish va maxsus urguchda zichlash, gilam to‘qishni boshlanish va tugallanish tugunini hosil qilish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
26. Gilam to‘quvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
amaliy faoliyatida murakkab bo‘lmagan to‘qish uchun loyiha yaratishni bilish;
gilam to‘qishda ishlatiladigan jihozlar va asbob-uskunalarni tanlashni bilish;
naqsh tayyorlash, dastgohni o‘lchash, maxsus rangli iplarni tanlashni bilish;
ranglar uyg‘unligini va ularni to‘g‘ri tanlashni bilish;
dastgohga tanda ip tortishni bilish;
mahkamlash ipini o‘tkazishni bilish;
to‘qish anjomlari turlari va vazifalarini, to‘qish usullarini bilish;
naqsh asosida gilam to‘qish jarayonida har bir qatorda arqon ipini tortish va maxsus urguchda zichlashni bilish;
gilam boshlash va tugallanish tugunini hosil qilishni bilish;
buyurtmaga muvofiq talab darajasida gilam to‘qishni bilish;
to‘quvchilik mahsuloti sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarni qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
10-§. Gulqog‘oz yopishtiruvchi
27. Gulqog‘oz yopishtiruvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga qurilish materiallari, kesish uchun maxsus pichoqlar, o‘lchov ishlari uchun metr, metrostat, suvli sath o‘lchagichlari, o‘lchash asboblari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga asos va devor yuzalarini gulqog‘oz yopishtirishga tayyorlash, yuzalarni rejalash, yelim tayyorlash, gulqog‘ozlarni qo‘l asboblari bilan qirqish, gulqog‘ozni gulini guliga moslab rejalash va kesish, gulqog‘ozni yuzalarga yopishtirish va uning ustidan ishlov berish kiradi.
28. Gulqog‘oz yopishtiruvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
o‘lchov asboblarni tanlashni, asos va devor yuzalarini tuzilishini, ularni gulqog‘oz yopishtirish uchun tayyorlashni, gruntovka bilan ishlov berishni, gulqog‘ozlarni tanlash va rejalashni bilish;
gulqog‘ozlarni ko‘l asboblari bilan kesishni, yelimlarni tayyorlashni, gulqog‘ozlarga yelimlar surtishni, yuzalarga yopishtirish va yopishtirilgan gulqog‘ozlarga ishlov berishni bilish.
11-§. Gulchi
29. Gulchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga gulchilik ish qurollari va jihozlar, gulli o‘simlik namunalari, urug‘lari, ko‘chatlari, o‘g‘it turlari, gerbariylar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga gulli manzarali o‘simlik turlarini ajratish, ularning morfo-biologik xususiyatlarini farqlash, ekish uchun tuproqqa ishlov berish, ekish muddatlarini bilishi, oziqlantirish, ko‘chatlarini yetishtirish, kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish, o‘g‘it turlaridan foydalanish, o‘g‘itlash, rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar hamda gulli o‘simliklarni muhofaza qilish kiradi.
30. Gulchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
gulli manzarali o‘simliklarning biologik xususiyatlarini, ularning turlarini bilish;
gulchilikka doir vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni global tarmoqdan qidirishni bilish;
gulli o‘simliklarni parvarishlash va ekishda qo‘llaniladigan asbob-uskuna va jihozlar turlarini va ulardan foydalanish qoidalarini bilish;
gulli manzarali o‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralarini bilish;
o‘g‘it turlarini, O‘zbekistonning tuproq va iqlim sharoitini bilish;
gulli va manzarali o‘simliklar bilan atrof, xona, kirish joylari va yo‘laklarni ko‘kalamzorlashtirishni bilish;
gulli o‘simlik turlarini ajratishni bilish;
gullarning morfo-biologik xususiyatlariga ko‘ra ularni oziqlantirish va parvarishlashni bilish;
gullarda uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashishni bilish;
ochiq maydonlarda o‘stiriladigan o‘simlik turlarini ularga ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra yorug‘sevar, soyasevar gulli, manzarali o‘simliklarni ekishni va ularni parvarishlashni bilish;
o‘g‘itlashni, gulli va manzarali o‘simliklarni ko‘paytirishni bilish;
ko‘chat yetishtirishni bilish.
12-§. Dorivor o‘simliklar yig‘uvchisi
31. Dorivor o‘simliklar yig‘uvchisi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga dorivor o‘simliklarni terishda foydalaniladigan jihozlar, dorivor o‘simliklar, gerbariglar, quritish uchun stellajlar, qadoqlash materiallari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga dorivor o‘simliklarning turlarini ajratishi, dorivor o‘simliklarni yig‘ishda qo‘llaniladigan jihozlardan foydalanish, dorivor o‘simliklarni terish, yig‘ish, quritish va saqlash, dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish kiradi.
32. Dorivor o‘simliklar yig‘uvchisi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
dorivor o‘simlik turlarini, ularni yig‘ish muddatlarini bilish;
zaharli o‘simliklar bilan ishlashda ehtiyotkorlik qoidalarini, xavfsizlik choralarini bilish;
dorivor o‘simliklarni aniqlash yo‘llarini va aniqlagichdan foydalanish qoidalarini bilish;
dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish yo‘llarini bilish;
amaliy faoliyatida dorivor o‘simliklarni yig‘ishda qo‘llaniladigan jihozlardan foydalanishni bilish;
dorivor o‘simliklarni shifobaxsh xususiyatlariga ko‘ra shifobaxsh qismlarini yig‘ishni, quritishni, qadoqlashni va saqlashni bilish.
13-§. Duradgor
33. Duradgor kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga yog‘och mahsulotlari, duradgorlik jihozlari, moslamalar, turli materiallardan tayyorlangan konstruksiya va detallar, o‘lchash asboblari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlari yog‘och materiallarni rejalash, kesish va egish, dastgohlarda va qo‘l asboblarida ularga ishlov berish, duradgorlik materiallarini rejalash, dastgoh va qo‘l asboblarida kesish va qirqish, parmalash, arralash, duradgorlik detallarni biriktirish, dastgohlarda frezalash, silliqlash, duradgorlik buyumlarni yasash kiradi.
34. Duradgor kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
yog‘och materiallarni rejalash, kesish va egish, dastgohlarda va qo‘l asboblarida ularga ishlov berishni bilish;
duradgorlik asbob-uskuna, moslama va dastgohlaridan foydalanishni bilish;
yong‘in, elektr va texnika xavfsizligi qoidalarini, sanitariya va gigiyena qoidalarini bilish;
duradgorlik anjomlari turlari va vazifalarini bilish;
naqsh tushirish, naqshni qirqish va joylashtirish usullarini, yog‘ochga ishlov berishni bilish;
mahsuloti sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
14-§. Do‘ppido‘z
35. Do‘ppido‘z kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga ipak ip bilan tikilgan bolalar do‘ppilari, erkaklar do‘ppilari, ayollar do‘ppilari, rangli iplar bilan tikilgan dekorativ kompozitsiyalar, zardo‘ziy va popop do‘ppilar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga do‘ppi tikish uchun naqsh kompozitsiyalarini loyihalash, do‘ppi tikish uchun naqsh va mavzuli kompozitsiyalar tuzish, naqshlarni qirqish va matoga tikish, zardo‘zi do‘ppilarni guldo‘zi va popop usullarida tikish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
36. Do‘ppido‘z kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
do‘ppido‘zlik mahsulotlariga mos matolar turlarini, mulina iplar, naqsh gullari turlarini bilish;
kompozitsiya asoslarini bilish;
naqshni karton qog‘ozga tushirish, qirqish va matoga tikish usullarini bilish;
ranglar uyg‘unligini va ularni to‘g‘ri tanlashni bilish;
tikish anjomlari turlari va vazifalarini bilish;
do‘ppido‘zlik mahsuloti turiga mos kompozitsiyasini yaratishni bilish;
do‘ppido‘zlik mahsulotining loyihasini chizishni bilish;
matoga kompozitsiyani to‘g‘ri joylashtirishni bilish;
zardo‘zlik gullari nusxasini tayyorlashni, ularni qirqish va joylashtirishni bilish;
zardo‘zlik gullari turlarini, ulardan do‘ppido‘zlik mahsulotiga mosini tanlashni va qo‘llashni, tikish jarayonida usullarni to‘g‘ri tanlashni bilish;
buyurtmaga muvofiq talab darajasida tikishni bilish;
do‘ppido‘zlik mahsuloti sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarni qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
15-§. Yog‘och o‘ymakori
37. Yog‘och o‘ymakori kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga yog‘och o‘ymakorlik asboblari, naqshlar to‘plami, yog‘och o‘ymakorlik bilan qilingan kichik o‘lchamdagi suvenirlar, yog‘och o‘ymakorlik bilan qilingan kichik o‘lchamdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari, yog‘och o‘ymakorlik bilan qilingan dekorativ kompozitsiyalar, yog‘och o‘ymakorlik ishlanma va mahsulotlari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga yog‘och o‘ymakorlik bilan qilingan uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun naqsh kompozitsiyalarini loyihalash, yog‘och o‘ymakorlik bilan qilingan uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun naqsh va mavzuli kompozitsiyalar tuzish, yog‘och o‘ymakorlik naqshlarni qilish, uy-ro‘zg‘or buyumlarini yog‘och o‘ymakorlik usulida bezash, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
38. Yog‘och o‘ymakori kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
yog‘och o‘ymakorlik turlarini, yog‘och o‘ymakorlik naqsh turlarini bilish;
kompozitsiya asoslarini, naqshni karton qog‘ozga tushirish usullarini bilish;
ranglar uyg‘unligini va ularni to‘g‘ri tanlashni, yog‘och o‘ymakorlik anjomlari turlari va vazifalarini, yog‘och o‘ymakorlik usullarini bilish;
yog‘och o‘ymakorlik mahsulotining vazifasiga mos naqsh turini tanlashni bilish;
yog‘och o‘ymakorlik mahsuloti turiga mos kompozitsiya yaratishni bilish;
yog‘och o‘ymakorlik mahsulotining loyihasini chizishni bilish;
yog‘och o‘ymakorlik kompozitsiyasini to‘g‘ri joylashtirishni bilish;
yog‘och o‘ymakorlik gullari tarxini tayyorlashni, ularni qirqish va joylashtirishni bilish;
buyurtmaga muvofiq talab darajasida mahsulot tayyorlashni bilish;
yog‘och o‘ymakorlik mahsuloti sifatini baholashni, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni bilish.
16-§. Zargar
39. Zargar kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga zargarlik asbob-uskunalari, maishiy zargarlik buyumlari, tarixiy zargarlik buyumlari, milliy zargarlik buyumlari, zamonaviy zargarlik buyumlari, ta’mirlashga muhtoj zargarlik buyumlari, uy interyerida zargarlik buyumlari (suvenirlar) kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga qadimiy tarixiy zargarlik buyumlarini ta’mirlash; interyerda badiiy bezash va ularni ta’mirlash, zargarlik buyumlariga mos kompozitsiyali loyihalar chizish, milliy va zamonaviy zargarlik buyumlarini yasash va ta’mirlash, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
40. Zargar kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
zargarlik ishlariga oid naqshlarni chizishni, naqshlardan kompozitsiya qilishni bilish;
rangli metallar va zargarlik toshlari haqidagi tushunchalarni bilish;
zargarlikka oid ish qurollari bilan ishlashni bilish;
zargarlik buyumlarini ta’mirlashni bilish;
turli xil maishiy buyumlarga ishlov berishni bilish;
zargarlik buyumlariga ishlov berishda metallardan to‘g‘ri foydalanishni bilish;
ishlab chiqariladigan zargarlik mahsulotlarini sifat darajasiga ajratishni bilish.
17-§. Zardo‘z
41. Zardo‘z kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga zardo‘zlik asboblari, korcho‘p, matolar, iplar, naqshlar to‘plami, zar bilan tikilgan kichik o‘lchamdagi suvenirlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, dekorativ kompozitsiyalar, zardo‘ziy liboslar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun naqsh kompozitsiyalarini loyihalash, uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun naqsh va mavzuli kompozitsiyalar tuzish, naqshlarni qirqish va matoga qavish, uy-ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklarni guldo‘zi usulida tikish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish.
42. Zardo‘z kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
zardo‘zlik mahsulotlariga mos matolar, zar iplar, naqsh gullari turlarini bilish;
naqsh kompozitsiyasi asoslarini bilish;
naqshni karton qog‘ozga tushirish, qirqish va matoga qavish usullarini bilish;
ranglar uyg‘unligini va ularni to‘g‘ri tanlashni bilish;
tikish anjomlari turlari va vazifalarini bilish;
tikish usullarini bilish;
zardo‘zlik mahsuloti turiga mos kompozitsiyasini yaratishni, uni matoga to‘g‘ri joylashtirishni bilish;
zardo‘zlik mahsulotining loyihasini chizishni bilish;
zardo‘zlik gullari tarhini tayyorlashni, ularni qirqish va joylashtirishni bilish;
buyurtmaga muvofiq talab darajasida zardo‘zlik mahsulotlarini tikishni bilish;
zardo‘zlik mahsuloti sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
18-§. Issiqxona ishchisi
43. Issiqxona ishchisi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga issiqxona, mevali va manzarali daraxt turlari, sabzovotlar, gullar, bog‘dorchilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, maxsus kiyimlar, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga yerga ishlov berish, ko‘chatlarni urug‘idan va qalamchasidan ko‘paytirish, daraxtlarni payvandlash va shakl berish, ko‘chat yetishtirish, o‘simliklarni parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, issiqxona haroratini nazorat qilish, hosilni terish va saqlash kiradi.
44. Issiqxona ishchisi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
bog‘dorchilikda issiqxona sharoitini bilish;
issiqxona bog‘dorchiligida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni bilish va foydalana olishni bilish;
yong‘in, elektr va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;
sitrus, rezavor mevalar hamda tok daraxti haqida ma’lumotlarni bilish;
o‘simliklarni ko‘paytirish texnologiyasini, ildizlashuv jarayonini kuchaytirish usullarini bilish;
payvand qilish, shakl berish usullari va turlarini bilish;
o‘simlik kasalliklari va zararkunandalari va ularga qarshi kurashni bilish;
hosilni terish va saqlash usullarini bilish;
erga ishlov berishni bilish;
o‘simliklarni urug‘idan va qalamchasidan ko‘paytirishni bilish;
hosilni terish va saqlashni bilish;
aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
19-§. Kashtachi
45. Kashtachi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga kashtachilik loyihalari, rangli iplar, maxsus matolar, dastgoh va maxsus ish asboblari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga kashtachilik loyihalarini chizish, kashtachilik ishlarini loyihalash, qog‘ozga chizilgan loyihalarni rang tusini aniqlagan holda turlash, mavzuli ish hajmini tanlash, mustahkam dastgoh tayyorlash, dastgohga maxsus matoni tortish, kashtani iplar va maxsus ish asbob-uskunalari yordamida tikish, rangli iplar yordamida turli mavzulardagi ishlarini tikish, maishiy jihozlarni kashtalar bilan bezash.
46. Kashtachi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
kashtachilik asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanishni bilish;
naqsh kompozitsiyalarini yaratishni va to‘g‘ri joylashtirishni bilish;
kashtachilikda ishlatiladigan kashta naqshlarini yaratishni bilish;
uy-ro‘zg‘or buyumlariga loyiha eskizlar yaratishni bilish;
maishiy hayotda bevosita qo‘llaniladigan kashta buyumlarining loyihalarini, kompozitsion gullarini joylashni bilish;
chok turlarini tikishni, tikish texnologiyasini tanlashni, tanlangan loyihalarda choklarni qo‘llashni bilish;
mavzuli kompozitsiyani loyihalash, matoga joylashtirishni bilish;
kashtada kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni bilish.
20-§. Kafelchi
47. Kafelchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga pardozlash (koshinlash, mozaika, marmar va boshqa materiallarni qoplash) ishlarini bajarishda ishlatiladigan materiallar, qorishma, yelim, kafel yopishtirish asbob-uskunalari, koshinlash ishlari maxsus asboblari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga sopol plitka, tabiiy va sun’iy toshlardan devor konstruksiyalarini terish, qoplash hamda bezash, koshin, varaqsimon, shitsimon, panelsimon va profilli tuzilmalarni pardozlanadigan yuzalarga qorishma, yelim yoki quruq holda turli qotirgich ashyolar bilan biriktirish yoki qoplash, qo‘lda bajariladigan koshinlash ishlarida maxsus asboblardan foydalanish, devor va boshqa yuzalarni tabiiy tosh, sopol, glazurlangan sopol, mozaika, keramika materiallari bilan qoplash kiradi.
48. Kafelchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
koshinlash, mozaika, marmar va yuzalarni turli materiallar bilan qoplashda ishlatiladigan materiallar turlari, xossalari va vazifalari, materiallar sifatini bilish;
pardozlash (koshinlash, mozaika, marmar va boshqa materiallarni qoplash) ishlarini bajarishda ishlatiladigan materiallarni ish jarayoniga tayyorlash usullarini bilish;
koshinlash, mozaika, marmar yuzalarni qoplash va jilo berish ishlari texnologiyasini bilish;
koshinlash, mozaika, marmar yuzalarni qoplash va jilo berish ishlarida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarning tuzilishi va vazifalarini bilish;
mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni bilish;
loyiha hujjatlariga asosan materiallarni tanlash va saralashni bilish;
texnologik xarita va loyiha hujjatlari bilan ishlashni bilish;
koshinlash, yuzalarni mozaika, marmar bilan qoplash va jilo berish ishlarini amalga oshirishni bilish;
materiallar sarfi va bajarilgan ishlar hajmini hisoblashni bilish;
mahsuloti sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
21-§. Kotib(a)
49. Kotib(a) kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga zamonaviy ish yuritish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalari, ish hujjatlari, me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga ofis texnikalaridan foydalanish, internet tarmog‘ida ishlash, ish yuritishning davlat talablarini bilish va ularni amalda qo‘llash, uchrashuv va yig‘ilishlarni tashkil etish, rahbarning xizmat safari hujjatlarini rasmiylashtirish uchun turli chiptalar va mehmonxonalarni bron qilish, hujjatlar bilan ishlash, muomala madaniyati, tashkiliy ishlarni bajarish, kompyuter dasturlarida (Microsoft Office Word, Excel) ishlash kiradi.
50. Kotib(a) kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
ish yuritishning davlat talablarini bilish;
rahbar huzuriga kelganlarni muomala talablariga (etiket) rioya qilgan holda qabul qilishni bilish;
telefonda so‘zlashish etiketiga rioya qilgan holda qo‘ng‘iroqlarga javob berish va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishni bilish;
ofis texnikalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni bilish;
ish yuritish, kiruvchi va chiquvchi xat va korrespondensiyalar bilan ishlashni bilish;
uchrashuv va yig‘ilishlarni tashkil etishni bilish;
rahbarning xizmat safari hujjatlarini rasmiylashtirishni, chiptalar va mehmonxonalarni bron qilishni bilish;
ofis uchun kanselyariya mollariga buyurtma berish tartibini bilish;
tashkilot tuzilmasi, rahbariyati, xodimlari va ularning ism-familiyasi, funksional vazifalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni bilish;
davlat tilida yoki boshqa biror chet tilida imloviy, grammatik va stilistik xatolarga yo‘l qo‘ymasdan ishlashni bilish.
22-§. Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o‘rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi
51. Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o‘rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga shaxsiy kompyuterlar va ofis jihozlarini yig‘ish va ehtiyot qismlarga ajratish uchun kerakli asboblar, shaxsiy kompyuterlar va ofis jihozlariga xizmat ko‘rsatish xomashyolari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga shaxsiy kompyuterlarni yig‘ish, dasturiy ta’minot o‘rnatish va sozlash, shaxsiy kompyuterlar profilaktikasi, kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalarini o‘rnatish va kichik tuzatishlar, ofis jihozlarini o‘rnatish, ofis jihozlarining dastur qismlarini sozlash kiradi.
52. Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o‘rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
amaliy faoliyatida shaxsiy kompyuter qismlarini o‘rnatishni bilish;
tashqi qurilmalarni ulash, termopastani almashtirishni bilish;
shaxsiy kompyuterning nosoz qismlarini aniqlash va o‘zgartirishni bilish;
shaxsiy kompyuter modernizatsiyasini bilish;
turli ofis texnikasini o‘rnatish, lazer va purkagichli printyerlarni hamda ko‘p funksiyali qurilma, skanyerlarni o‘rnatishni bilish;
drayvyerlarni o‘rnatishni bilish;
kompyuter va uning qo‘shimcha qurilmalarining nosozliklarini aniqlash va sozlashni bilish.
23-§. Kompyuter operatori
53. Kompyuter operatori kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga ichki va global tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuterlar, proyektor, proyektor uchun ekran, lazer bilan ko‘rsatuvchi tayoqcha, interaktiv doska, maxsus dasturlar to‘plami, UPS qurilmasi, modem, shaxsiy kompyuter tizimli bloki, multimediya vositalari, Web kamera, printer, skaner, faks, maxsus dasturlar to‘plami, Wi-fi adapter kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga kompyuterda matn kiritish, kompyuter dasturlarni o‘rnatish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, jadvallar bilan ishlash, kompyuter va kompyuter tizimlarini montaj qilish, qo‘shimcha qurilmalar bilan ishlash, ularni sozlash.
54. Kompyuter operatori kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
kompyuter arxitekturasini, tizimli blok (keys) tuzilishini bilish;
kompyuter dasturi ish faoliyati nosozliklarini qidirish va bartaraf etishni qoidalarini bilish;
shaxsiy kompyuter klaviaturasidagi tugmalar guruhi va ularning vazifalarini bilish;
Windows operatsion tizimining tuzilishi, xususiyat va imkoniyatlarini bilish;
Microsoft Office integrallashgan paketlari bilan ishlashni, uning qo‘shimcha imkoniyatlarini bilish;
antivirus dasturlarining turlarini, ishlash prinsipini, sozlash turlari va ular bilan ishlash tartibini bilish;
shaxsiy kompyuterlarni testlash va diagnostika qilish usullarini bilish;
taqdimot va fotoalbomlar yaratishning texnologik bosqichlarini bilish;
optik disklarga yozish dasturlarini bilish;
multimediali dastur vositalarini bilish;
internet tarkibidagi dasturiy vositalarni bilish;
kompyuter texnikasini o‘rnatishning sanitar-gigiyenik talablarini, texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;
matnli hujjatlar va elektron jadvallar bilan ishlashni bilish;
arxiv dasturlari bilan ishlashni bilish.
24-§. Kulol
55. Kulol kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga sovg‘a buyumlari, maishiy buyumlar, badiiy ta’mirlashga muhtoj buyumlar va kulolchilik mahsulotlari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga loy turlari va bo‘yoq turlari bilan ishlash qoidalariga amal qilish, jihozlarni foydalanishga tayyorlash, maxsus asbob-uskunalar tayyorlash, mayda turdagi sovg‘a buyumlarini yasab, ularga badiiy bezak ishlarini bajarish, loy turini tanlash, har xil turdagi va hajmdagi ko‘za, lagan va shunga o‘xshash maishiy buyumlarini qolipini olish, qolipdan chiqarib to‘g‘ri yasash kiradi.
56. Kulol kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
xomashyo va mahsulotlarga dastlabki ishlov berish usullarini bilish;
xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi hamda sanitariya-gigiyena qoidalarini bilishi va rioya qilishni bilish;
kasbiy vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qidirishni bilish;
kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsion texnologiyalarini samarali qo‘llashni bilish;
amaliy faoliyatida murakkab bo‘lmagan loyihalarni chizishni bilish;
mavzuli kompozitsiyani to‘g‘ri loyihalashni bilish;
loyda mavzuli kompozitsiyani yasash, pardozlashni bilish;
kulolchilikdagi afzalliklar va kamchiliklarni, ranglarni to‘g‘ri tanlashni bilish;
maxsus loy va asbob-uskunalarni ishlatishni bilish;
loyiha ustida ishlash va kompozitsiya tuzishni bilish;
talab darajasida kulolchilik mahsulotlarini yasashni, aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etishni bilish.
25-§. Ko‘kalamzorlashtiruvchi
57. Ko‘kalamzorlashtiruvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga mevali va manzarali daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o‘simliklar, ko‘kalamzorlashtirish jihozlari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga yerni tanlash, to‘g‘ri tayyorlash, ko‘chatlarni o‘tkazish, ko‘chatlarni to‘g‘ri tartibda sug‘orish, ularni zararkunandalardan asrash, ularni tegishli tartibda oqlash, daraxtlarga o‘z vaqtida shakl berish, daraxtlarning kasalliklarini davolash kiradi.
58. Ko‘kalamzorlashtiruvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
erga ishlov berishni bilish;
ekiladigan daraxt, gul va o‘simlik turlariga qarab yer hozirlashni bilish;
erni sug‘orish va namlantirish va ekishga tayyorlash ishlarini bilish;
mavsumiy sog‘lom gul ko‘chatlarini tanlab olish va ekishga tayyorlashni bilish;
ekilgan daraxt, gul va o‘simliklarni sug‘orish ishlarini bilish;
o‘simliklarni yomg‘irlatib sug‘orishni bilish;
yosh daraxt, gul va o‘simliklarni parvarishlash ishlarini bilish;
bir yillik gullar haqida ma’lumotga ega bo‘lish va ularga qo‘lda ishlov berishni bilish;
ekilgan o‘simliklarni parvarishlash, sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
26-§. Mebel ishlari ustasi
59. Mebel ishlari ustasi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga mebellar, mebel yasash va ta’mirlash jihozlari, yig‘ish uchun moslamalar, turli materiallardan tayyorlangan konstruksiya va detallar, o‘lchash asboblari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga mebel materiallarini rejalash, dastgoh va ko‘l asboblarida kesish, parmalash, arralash, mebel detallarni biriktirish, dastgohlarda frezalash, silliqlash, mebel buyumlarini yasash, mebelni ta’mirlash kiradi.
60. Mebel ishlari ustasi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
mebel yasash va ta’mirlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, moslama va dastgohlar turlarini va ulardan foydalanishni bilish;
parmalash va o‘yish dastgohlarning tuzilishi, turlari, vazifalari to‘g‘risida umumiy tushunchalarni bilish;
bir va ko‘p shpindelli tik va yotiq parmalash dastgohlari tuzilishi turlari, vazifalari o‘ziga xos tomonlari haqida umumiy ma’lumotlarni bilish;
amaliy faoliyatida murakkab bo‘lmagan chizmalarni o‘qishni bilish;
o‘lchov asboblarni tanlashni bilish;
detallarni o‘lchashni, yog‘ochga ishlov berish uchun rejalashni bilish;
xomashyolarni tilishga tayyorlash va tilingan materiallarni bichishni bilish;
yog‘ochga qo‘l asboblari yordamida ishlov berish, yelimlash biriktirish, egish, yog‘ochlarni bichishni bilish;
bichish aniqligi va sexlarda ish o‘rinlarini va ishlab chiqarish jarayonini ketma-ket tashkil qilishni bilish;
mebel buyumlarini yasash (mebel deraza bloklari, mebel eshik bloklari) yog‘och qismlarini o‘zaro biriktirish, dastgohlarda turli duradgorlik operatsiyalarini amalga oshirishni bilish;
mahsulot sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
27-§. Milliy taomlar oshpazi
61. Milliy taomlar oshpazi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga turli tipdagi oshxona, kafe, restoran jihozlari va idish-tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, tarozi turlari, nazorat-o‘lchov asboblari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga taom tayyorlash uchun ish o‘rnini tashkil etish va asbob-uskunalarini tanlash, jihozlarni foydalanishga tayyorlash, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, taom tayyorlash uchun xomashyoni miqdor va sifatiga qarab tayyorlash, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni dastlabki ishlov berishga tayyorlash va dastlabki ishlov berish, tayyorlanishi murakkab bo‘lmagan milliy suyuq, quyuq, sovuq va gazak taomlarni tayyorlash, milliy issiq, shirin va salqin ichimliklar tayyorlash kiradi.
62. Milliy taomlar oshpazi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
taom turlarini, taom tayyorlash uchun xomashyoni miqdor va sifatiga qo‘yilgan gigiyenik talablarni bilish;
xomashyo va mahsulotlariga dastlabki ishlov berish usullarini, yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlashni bilish;
go‘sht, parranda, baliq, sabzavot, yorma va boshqa mahsulotlarni taom tayyorlash uchun mexanik va pazandalik ishlovini berish yo‘llarini bilish;
xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi hamda sanitariya-gigiyena qoidalarini bilishi va rioya qilish;
texnologik asbob-uskunalar, nazorat-o‘lchov asboblari, jihozlarining turlarini va ulardan foydalanish yo‘llarini bilish;
taom tayyorlash uchun xomashyoni miqdor va sifatiga qarab tayyorlashni bilish;
taom tayyorlash uchun mexanik va issiqlik (elektr, gaz, olov va elektron) jihozlarni va nazorat-o‘lchov asboblaridan foydalanishni bilish.
28-§. Muqovalovchi
63. Muqovalovchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga matbaa ashyolari, yarim fabrikatlar va bosishdan keyingi ishlab chiqarilgan tayyor matbaa mahsulotlari, broshyuralash va muqovalash uskunalari, broshyuralash va muqovalash jarayonlari parametrlari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga varaqlarni buklash, kitob taxlamlarini yig‘ish, kitob taxlamlarini mahkamlash, bosma nashrlarga qo‘shimcha elementlarni birlashtirish, kitob taxlamani jildga birlashtirish, muqova tavaqalarini tayyorlash, taxlamni muqovaga o‘rnatish, kitoblar, papkalar, oq qog‘oz va blanka mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha alohida muqovalash jarayonlarini bajarish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
64. Muqovalovchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
kitoblar, muqova qopqoqlari, papkalar, oq qog‘oz va blank buyumlarini tayyorlash bo‘yicha texnologik jarayonlarni bilish;
materiallarga va yarim tayyor mahsulotlarga texnik talablarni, buklash turlari, bukish mashinalarini ishlash tamoyili va texnologiyasini, buklangan daftarlarni sifatiga qo‘yiladigan talablarni bilish;
daftarlarni yig‘ish turlari, qo‘lda va mashinada yig‘ish texnologiyasini bilish;
bosma nashrlarni mahkamlash turlari va usullari, bosma nashrlarni qo‘lda mahkamlash texnologiyasi, bosma nashrlarni qurilmalarda mahkamlash texnologiyasini bilish;
qirqish qurilmalarining turlari, bir va uch pichoqli qirqish mashinalarda ishlash texnikasini, qo‘shimcha element turlari va tuzilmalari, qo‘shimcha elementlarini tayyorlash texnologiyasini, jild turlari va tavsiflari, nashrlarni jildga birlashtirish texnologiyasi va qurilmalarini bilish;
taxlamlarini jildga birlashtirishni bilish;
muqova tavaqalari turlari, mo‘ljallanishi, tuzilmasi va texnologik tavsiflari, muqova tavaqalarini yig‘ish ketma-ketligi, taxlamlarini muqova tavaqasiga o‘rnatish usullarini bilish;
muqovaga o‘rnatish qurilmalari, taxlamlarini muqova tavaqalariga qo‘lda va mashinada o‘rnatish texnologiyasini bilish;
qog‘ozning hajmi va zichligiga bog‘liq holat blok koreshogini dumaloqlash rejimlarini bilish;
taxlam koreshogini falslarini bukish operatsiyalari; taxlam koreshogini qo‘lda va mashinada dumaloqlash texnologiyasi, nashr chidamligiga hamda muqova jildni taxlam bilan mustahkam bog‘lanishiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar, nashrlarni qadoqlash usullarini bilish;
qo‘lda va mashinada varaqlarni bukishni bilish;
daftarlarni presslashni bilish;
chiziqlash va perforatsiya operatsiyalarini bilish;
sim va ip bilan tikishni bilish;
yelimli mahkamlashni bilish;
taxlamlarni jildga qo‘lda va mashinada birlashtirishni bilish;
muqova tavaqalari uchun materiallarni tayyorlashni bilish;
qo‘lda muqova tavaqalarini tayyorlashni bilish;
muqova chetlarini bukishni bilish;
taxlamlarni muqova tavaqalariga qo‘lda va matbaa qurilmalarida o‘rnatishni bilish;
kitoblarga ishlov berish operatsiyalarini mustaqil bajarishni bilish.
29-§. Mobil telefonlarni ta’mirlovchi
65. Mobil telefonlarni ta’mirlovchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga jihozlarni yig‘ish uchun moslamalar, turli mobil telefonlar, detallar va asbob-uskunalar, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga mobil telefonlarni ochish, ularni tozalash, metallarni qo‘l asboblari bilan kesish va qirqish, to‘g‘rilash va egish, metallarni egovlash va parmalash, tashqi va ichki rezbalarni ko‘l asboblari yordamida kesish, metallarni bir-biriga biriktirish (kavsharlash, yelimlash va parchinlash) hamda turli birikmalar orqali yig‘ish kiradi.
66. Mobil telefonlarni ta’mirlovchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
mobil telefonlarning tuzilishini va ishlash tamoyillarini bilish;
kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llashni bilish;
texnika, elektr va yong‘in xavfsizlik qoidalarini bilish;
mobil telefonlarni ta’mirlash vositalaridan foydalanishni bilish;
murakkab bo‘lmagan chizmalarni o‘qishni bilish;
o‘lchov asboblarni tanlashni va detallarni o‘lchashni bilish;
mobil telefondagi kamchiliklarni bartaraf qilishni bilish.
30-§. Naqqosh
67. Naqqosh kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga do‘kon, naqqoshlik asboblari, naqshlar to‘plami, naqsh bilan bajariladigan kichik o‘lchamdagi suvenirlar, naqsh bilan bajarilgan kichik o‘lchamdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari, naqsh bilan bajarilgan dekorativ kompozitsiyalar, naqsh bilan bajarilgan buyumlar, naqqoshlik san’atida ishlatiladigan asbob-uskunalar, naqqoshlik buyumlarini bezash usullari, naqqoshlikda ishlatiladigan bo‘yoqlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga naqqoshlik san’atida ishlatiladigan xomashyolar va asbob-uskunalardan mustaqil foydalanish, badiiy bezalgan buyumlarni sifatlarga ajratish, naqqoshlik buyumlarini turli usullarda bo‘yash, yasalgan buyumlar ko‘rgazmasini tashkil etish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
68. Naqqosh kasbining ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
naqqoshlik mahsulotlari, naqsh gullari turlarini, kompozitsiya asoslarini bilish;
naqshni karton qog‘ozga tushirish usullarini bilish;
ranglar uyg‘unligini va ularni to‘g‘ri tanlashni bilish;
naqqoshlik ustalari faoliyati va ularning ish uslublarini qo‘llay olishni bilish;
naqqoshlik san’ati tarixini bilish;
naqqoshlik san’atida ishlatiladigan asbob-uskunalar turlari va vazifalarini bilishi, ulardan foydalana olishni bilish;
naqqoshlik buyumlarini bezash usullarini bilish;
naqqoshlik mahsuloti turiga mos kompozitsiyasini yaratishni bilish;
buyumga kompozitsiyani to‘g‘ri joylashtirishni bilish;
naqqoshlik gullari tarxini tayyorlashni, ularni qirqish va joylashtirishni bilish;
naqqoshlik usullari turlarini, ulardan naqqoshlik mahsulotiga mosini tanlashni va qo‘llashni bilish;
buyurtmaga muvofiq talab darajasida naqqoshlik mahsulotlarini tayyorlashni bilish;
naqqoshlik mahsuloti sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
31-§. Novvoy
69. Novvoy kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga novvoychilik jihozlari, un elash, xamir qorish, tarozida tortish, xamirni bo‘laklarga bo‘lish, zuvala tugish, xamirni tindirish, shakl berish, xomashyo uchun moslamalar, xamirni pishirish uchun moslamalar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga ish o‘rnini rejalash, jihozlarni tartiblash, un va xomashyolarni qo‘lda tayyorlash, xamir qorish, tayyor xamirni bo‘laklarga bo‘lish, qo‘lda zuvala tugish, tindirish va yasash, pishirishga tayyorlash hamda pishirish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
70. Novvoy kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi hamda sanitariya-gigiyena qoidalarini, ish o‘rnini tashkil qilishni bilish;
mexanik va issiqlik jihozlarini ish holatiga tushirish va to‘xtatish tartibini bilish;
texnologik asbob-uskunalar, nazorat-o‘lchov asboblari, jihozlarining turlari va ulardan foydalanish yo‘llarini bilish;
xamir tayyorlash uchun xomashyoni miqdor va sifatiga qarab tayyorlashni bilish;
xomashyo va mahsulotlariga dastlabki ishlov berish, yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash tartibini bilish;
un, kraxmal, shakar, asal, patokaga ishlov berishni bilish;
tuxum va tuxum mahsulotlari, sut va sut mahsulotlariga ishlov berishni bilish;
sariyog‘, margarin va masalliqlarni qovurish uchun ishlatiladigan yog‘larni texnologik jarayon uchun tayyorlashni bilish;
xamir ko‘pirtirgichga ishlov berishni bilish;
undan tayyorlanadigan non mahsulotlari uchun ishlov berishni bilish;
non mahsulotlarning ichiga solinadigan masalliqlarni tayyorlashni bilish;
xamir turlari va uni ko‘pirtirish usullarini bilish;
tayyorlanishi murakkab bo‘lmagan novvoychilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyalarini va tayyorlash bosqichlarini bilish;
novvoychilik mahsulotlarini tayyorlash uchun mexanik va issiqlik (elektr, gaz, olov va elektron) jihozlarni, shuningdek, nazorat-o‘lchov asboblarini ishlata olishni bilish;
ish joyini tashkil qilish va texnika xavfsizligi, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilishni bilish;
asosiy va qo‘shimcha xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarini miqdor va sifatiga qarab tayyorlashni bilish;
texnik, elektr va elektron tarozilardan foydalanishni bilish;
xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga dastlabki ishlov berish va yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashni bilish;
undan tayyorlanadigan non mahsulotlari uchun yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashni bilish;
xamir ko‘pirtirgichlarni texnologik jarayon uchun tayyorlashni, xamirni ko‘pirtirish usullarini bilish;
xamir turlari va uni ko‘pirtirish usullarini bilish;
novvoychilik yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlashni bilish.
32-§. Ofitsiant
71. Ofitsiant kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga restoran, kafe, bar, oshxona anjomlari, yordamchi anjomlar, restoran, kafe, bar, oshxona idish-tovoqlari, salfetka-dasturxonlari, restoran, kafe, bar, oshxona mebellari va jihozlari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga mijozlar bilan muomala qilish, stollarni bezatish, menyu ishlab chiqish va taqdim etish, taom va ichimliklar xususiyatlarini bilish, buyurtmalar qabul qilish, stolga taom va ichimliklar tortish, mijozlar bilan hisob-kitob qilish kiradi.
72. Ofitsiant kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
amaliy faoliyatida mijozlar bilan muomala qilishni bilish;
salfetka va dasturxonlar bilan ishlashni bilish;
idishlar bilan ishlash texnikalarini bilish;
taom va ichimliklar xususiyatlarini bilish;
mijozlar bilan muomala madaniyatini va kasb etikasini bilish;
stollarni bezatishni bilish;
menyu ishlab chiqish va taqdim etishni bilish;
buyurtmalar qabul qilishni bilish;
stolga taom va ichimliklar tortishni bilish;
mijozlar bilan hisob-kitob qilishni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini bilish.
33-§. Parda tikuvchi
73. Parda tikuvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga tikuv mashinalari, tikuv mashinasi qismlari, dazmol, bichish stoli, dazmollash stoli, yo‘rmalash mashinasi va o‘lchash asboblari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga jihozlarning turlarini bilish, rasm va eskizlarni tayyorlashda ishlatiladigan anjomlarni ishlatish, andoza turlari, andozaga qo‘shilgan qo‘shimchalarni bilish, andozalarda tegishli yozuv, chiziq, teshikcha hamda kertiklarni belgilash, gazlama sifat va sonini aniqlash, texnologik tushuntirish kartasini o‘qish, detalga ishlov berish usuli ketma-ketligini bilish, tikuvchilik dastgohlarda tikishni bilish, qo‘llaniladigan uskuna va kichik moslamalarni ishlata olish, namlab issiqlik orqali ishlov berish turlari, jihozlari, uskuna va moslamalarida ishlash kiradi.
74. Parda tikuvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
parda tikish mahsulotlariga mos mato turlarini, ip turlarini, naqsh gullari turlarini bilish;
kompozitsiya asoslarini, naqshni karton qog‘ozga tushirish, qirqish va matoga qavish usullarini bilish;
ranglar uyg‘unligini va ularni to‘g‘ri tanlashni bilish;
tikish anjomlari turlari va vazifalarini, tikish usullarini bilish;
parda tikish mahsuloti turiga mos kompozitsiyasini yaratishni bilish;
parda tikish mahsulotining loyihasini chizishni bilish;
matoga kompozitsiyani to‘g‘ri joylashtirishni bilish;
parda tikish usullari turlarini, buyurtmaga muvofiq talab darajasida tikishni bilish;
tikish jarayonida usullarni to‘g‘ri tanlashni bilish;
parda tikish sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
34-§. Parrandachi
75. Parrandachi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga parrandalar, inkubatorlar, xar xil turdagi maxsus kataklar, maxsus kiyimlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga parrandalarni boqish, parvarishlash, inkubatorni ishlatish kiradi.
76. Parrandachi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
parrandalarning turiga qarab, galalab va kataklarda boqishni bilish;
inkubatorni ishlatishni bilish;
boqiladigan parranda turiga qarab inkubatorlarni tanlashni bilish;
parrandalar kasalliklarini oldini olish maqsadida veterinariya chora-tadbirlarini o‘tkazishni bilish.
35-§. Pillachi
77. Pillachi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga qurt boqish xonasi, stilyaj, pilla qurti, tut bargi, xonani isitish vositalari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga pilla yetishtirish uchun xona tanlash va jihozlash, pilla qurti uchun ozuqa bazasini tayyorlash, pilla qurtini qabul qilish, pilla yetishtirish agrotexnikasiga rioya qilgan xolda qurtlarni boqish, pilla qurti rivojini nazorat qilib borish, pilla qurti kasalliklarini vaqtida aniqlash va zarur choralarni ko‘rish, pilla yetilganligini aniqlash, pillani sifatli terish va topshirish kiradi.
78. Pillachi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
ipak qurti ozuqa bazasini tashkil qilishni bilish;
urug‘ zotlarini tanlashni bilish;
qurt urug‘ini jonlantirishni bilish;
qurt boqish xonalarini va jihozlarni tayyorlashni bilish;
qurt boqish agrotexnikasini bilish,
pilla terish muddatini aniqlashni bilish;
pilla terish, navlarga ajratish va qabul punktlariga topshirishni bilish;
pillani qabul qilish, saralash, saqlash me’yorlarini bilish;
zararkunandalarga qarshi kurashni bilish.
36-§. Poyabzal ta’mirlovchi
79. Poyabzal ta’mirlovchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga poyabzal ta’mirlash ishchi stoli, poyabzal ta’mirlash asbob-uskunalari, poyabzal ta’mirlash xomashyolari, charmlar, yelimlar, iplar, tagliklar, pardozlash materiallari, qoliplar jamlanmasi kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga poyabzalni tikish, poshnalarni ta’mirlash, poyabzal patagini almashtirish, tanovar astarligini yangilash kiradi.
80. Poyabzal ta’mirlovchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
poyabzal ta’mirlash ishchi o‘rinlarini tashkil qilishni, poyabzal ta’mirlashda ishlatiladigan asosiy va yordamchi asboblarni bilish;
poyabzal ta’mirlashda ishlatiladigan ustki va taglik materiallarni bilish;
poyabzal tanovari va poyabzalni yig‘ish texnologik jarayonlarini bilish;
poyabzalni detal va bog‘lamlarga ajratishni, poyabzal tanovarini taglik bilan biriktirish usullarini, poyabzalni ta’mirlash uchun ishlatiladigan chok turlarini bilish;
poyabzal tanovarini yuza va astar qismlarini, poyabzal tagligini, poshnali va baland poshnali poyabzallar poshnasini ta’mirlashni bilish;
poyabzalni tayyorlash va ta’mirlashda ishlatiladigan isitish vositalaridan foydalanishni bilish;
charm-attorlik buyumlarini ta’mirlashni bilish;
tikib ta’mirlangan poyabzalni pardozlashni bilish;
mehnatni tashkil qilishni va bajariladigan ishni rejalashtirishni bilish;
charm rezina va poliuretan tagliklarini, molniyali taqilmani ta’mirlashni bilishi, shuningdek poyabzalni bog‘lamlarga ajratishni bilish;
sumka va portfellarni, kamarlarni, sport anjomlarini ta’mirlashni bilish;
ta’mirlangan poyabzal sifatini baholashni, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
37-§. Polizchi
81. Polizchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga sug‘oriladigan va lalmikor poliz ekin turlari, ularning urug‘lari, polizchilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, polizchilikda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga poliz ekinlari ekish uchun yer tayyorlash va o‘g‘itlash, yerga ishlov berish va ekishga tayyorlash, poliz ekinlarini ekish, poliz ekinlarini parvarishlash faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda mahsulotlari bilan qatnashish kiradi.
82. Polizchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
poliz ekinlarining botanik tasnifi va navlarini, poliz ekinlarining morfologik va biologik xususiyatlarini, polizchilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni, sug‘oriladigan yerlarda poliz ekinlari yetishtirish texnologiyasini, lalimikor yerlarda polizchilik xususiyatlarini, hosilni yig‘ish, tashish va saqlash usullarini bilish;
poliz ekinlari navlari va ularning urug‘larini saralashni bilish;
ekish uchun yer tanlashni, tayyorlashni va o‘g‘itlashni bilish;
erga ishlov berish va ekishga tayyorlashni bilish;
poliz ekinlarini ekishni va parvarishlashni bilish;
kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni bilish;
hosilni yig‘ish va saqlashni bilish.
38-§. Santexnik
83. Santexnik kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga ichki suv ta’minoti, ichki kanalizatsiya tizimlari, sanitar-texnik asboblar, metallni kesishda ishlatiladigan mexanizmlar va moslamalar, santexnika jihozlari, moslamalar, turli materiallardan tayyorlangan konstruksiya va uzellar, detallar, o‘lchash asboblari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlari — loyiha chizmalari va texnologik hujjatlar bilan ishlash, santexnika qurilmalari va jihozlari texnik talablarini bajarish, santexnika jihozlarini o‘rnatish, santexnika jihozlarini ta’mirlash ishlari kiradi.
84. Santexnik kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
Suv aylanish va suv bilan isitish tizimlarini, santexnika jihozlarini bilishi;
turli materiallardan tayyorlangan konstruksiya va uzellar, detallarni, o‘lchash asboblarini bilish;
yong‘in, elektr va texnika xavfsizligi qoidalarini, sanitariya va gigiyena qoidalarini bilish;
texnik, texnologik va me’yoriy hujjatlarni bilish;
amaliy faoliyatida murakkab bo‘lmagan chizmalarni o‘qishni hamda chizmalar yordamida ishni bajarishni bilish;
santexnika jihozlari, moslamalarini o‘rnatish va ta’mirlash ishlarini mustaqil bajarishni bilish.
39-§. Sotuvchi-kassir
85. Sotuvchi-kassir kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga tovarlar, savdo tarozilari, o‘lchash asboblari, kassa apparatlari, qadoqlash vositalari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Sotuvchi-kassir kasbiga muvofiq kasbiy faoliyat turlariga savdo zallarini, deraza vitrinalarini jihozlash, tovarlarni saqlash muddati va vaqtini nazorat qilish, savdo texnologik jihoz va inventarni qabul qilish va ishlatish, mahsulotlarni savdoga tayyorlash, savdo mahsulotlari turini ajratish va mahsulotlarga buyurtma berish, birlamchi hisob hujjatlarini rasmiylashtirish, yong‘in signalizatsiyasidan va yong‘in o‘chirish birinchi vositalaridan foydalanish, qo‘riqlash vositalaridan foydalanish va do‘konni qorovulga topshirish, mahsulotlarni xaridorlarga ko‘rsatish va sotish kiradi.
86. Sotuvchi-kassir kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
savdo-texnologik jarayonlarni, tovarlar va ularning assortimentini, tovarlarning iste’mol xususiyatlarini bilish;
savdo bo‘limlari va ularning faoliyatini bilish;
elektron jihozlar bilan ishlashni bilish;
xaridorlar bilan muomala madaniyatini va kasb etikasini bilish;
tovarlarni savdo zaliga joylashtirish qoidalarini bilish;
elektron jihozlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi, elektr va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish;
turli xil tarozilarda ishlashni, shu jumladan elektron nazorat tarozilar va ularning turlarini bilish;
elektron printerli tarozilarda chek rulonlarini joylashtirishni bilish;
savdo inventarlaridan foydalanishni bilish;
tovarlarni savdo zaliga tayyorlashni hamda qadoqlovchi jihozlar bilan ishlashni bilish.
40-§. Suvoqchi
87. Suvoqchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga suvoqchilik jihozlari, suvash uchun ishlatiladigan materiallar, suvash uchun turli qorishmalar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga suvoqchilik ishlarini bajarish, suvoqchilik jihozlarini ishlatish, suvash uchun yuzalarni tayyorlab ishlov berish, suvash uchun turli qorishmalarni tayyorlash va ularni ishlatish, suvalgan joylarni oddiy va sifatli pardozlash, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rik va tadbirlarda qatnashish kiradi.
88. Suvoqchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
suvoqchilik jihozlarini ishlatishni, suvash uchun yuzalarni tayyorlashni, suvash uchun turli qorishmalarni tayyorlash va ulardan foydalanishni, suvalgan joylarni oddiy va sifatli pardozlash usullarini bilish;
suvoqchilik mahsuloti yuzalarga ishlov berishiga qarab tanlashni bilish;
suvoqchilik ishlar sifatini baholashni bilish;
aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilishi.
41-§. Sut sog‘uvchi
89. Sut sog‘uvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga sog‘in chorva turlari, sut sog‘ish apparatlari, sut solinadigan idishlar, maxsus kiyimlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga sut sog‘ish, sutlarni idishlarga joylash kiradi.
90. Sut sog‘uvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
sog‘in chorva turlarini sog‘ish vaqtlarini bilish;
qo‘lda yoki sut sog‘ish apparatlarida sigir va echkilarni sog‘ishni bilish;
sut sog‘ish apparatlarini ishlatishni bilish;
sog‘iladigan chorva turiga qarab sog‘ish apparatlarini tanlashni bilish;
sog‘ish davrida sog‘iladigan chorvani elinlarida turli yara yoki shunga o‘xshash veterinar xizmatiga muhtojlik bor-yo‘qligini aniqlashni bilish;
sut sog‘ish apparatlarini yuvish va saqlashga qo‘yishni bilish.
42-§. Tikuvchi
91. Tikuvchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga tikuv ishlab chiqarish korxonalari, tikuvchilik sexlari, oilaviy va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, buyurtma asosida tikish kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlari, jihozlarning turlarini bilish, rasm va eskizlarni tayyorlashda ishlatiladigan anjomlarni ishlatish, andoza turlari, andozaga qo‘shilgan qo‘shimchalarni bilish, andozalarda tegishli yozuv, chiziq, teshikcha hamda kertiklarni belgilash, gazlama sifat va sonini aniqlash, texnologik tushuntirish kartasini o‘qish, kiyimga ishlov berish usuli ketma-ketligini bilish, tikuvchilik dastgohlarida tikishni bilish, qo‘llaniladigan uskuna va kichik moslamalarni ishlata olish, namlab issiqlik orqali ishlov berish turlari, jihozlari, uskuna va moslamalarida ishlash kiradi.
92. Tikuvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
jihozlarning turlarini, maxsus kompyuter dasturlarini bilish;
rasm va eskizlarni tayyorlashda ishlatiladigan anjomlarni ishlatishni bilish;
andoza turlari, andozaga qo‘shilgan qo‘shimchalarni, andozalarda tegishli yozuv, chiziq, teshikcha hamda kertiklarni belgilashni bilish;
kiyimga ishlov berish usuli ketma-ketligini bilish;
tikish anjomlari turlari va vazifalarini bilish;
gazlama sifat va sonini aniqlashni bilish;
qo‘l choklari turlari va atamalarini bilish;
mashina choklari turlari va atamalarini bilish;
texnologik tushuntirish kartasini o‘qishni bilish;
tikuvchilik dastgohlarda tikishni bilish;
kiyimga ishlov berish usuli ketma-ketligini bilish;
gazlama sifatini aniqlashni bilish;
andozalarda tegishli yozuv, chiziq, teshikcha hamda kertiklarni belgilashni bilish;
buyurtmaga muvofiq talab darajasida tikishni bilish;
namlab issiqlik orqali ishlov berish uskuna va moslamalarida ishlashni bilish.
43-§. Tokar
93. Tokar kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga tokarlik dastgohlari, konstruktorlik, texnik, texnologik va me’yoriy hujjatlar, ishlov berishda qo‘llaniladigan moslamalar, ishlov berish va nazorat-o‘lchov asboblari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlari-metallarga va turli materiallarga ishlov berishda tokarlik vint-qirqish dastgohlarini sozlash va rostlash, turli tipdagi tokarlik vint-qirqish dastgohlarida detallarga ishlov berish, metallarga va turli materiallarga ishlov berishda ishlov berish va nazorat-o‘lchov asboblarini tanlashni bilishi kiradi.
94. Tokar kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
metallarga ishlov berish dastgohlarining tuzilishini, universal va maxsus moslamalarni qo‘llash qoidalarini bilish;
o‘lchov-nazorat asboblari tuzilishini, kesish asboblarining geometrik vazifalarini bilish;
elektr xavfsizlik talablarini; metallarga ishlov berish dastgohlarida ishlov berishda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;
tokarlik dastgohlarida turli kesish asboblari va universal moslamalar yordamida detallarga ishlov berishni bilish;
tashqi silindrik yuzalarga, toretslarga, konus yuzalarga ishlov berishni bilish;
ichki silindrik va konus yuzalarni parmalashni va yo‘nib kengaytirishni bilish;
plashka va metchik yordamida tashqi va ichki rezbalar qirqishni bilish;
tokarlik dastgohlarida rezba qirquvchi rezets bilan tashqi va ichki rezbalar qirqishni bilish;
xizmat ko‘rsatayotgan dastgohlarini sozlashni bilish.
44-§. Fotograf
95. Fotograf kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga raqamli foto-video kameralar, kompyuter, grafik dasturlar, rangli printyerlar, skaner, sun’iy yoritish qurilmalari, fotomateriallar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga raqamli foto-video kameralarda suratga olish, kompyuter texnikalaridan foydalanish, grafik dasturlarda suratlarni tahrirlash, rangli printyerlarda chop etish, skaner yordamida suratni kompyuter xotirasiga kiritish, esdalik uchun suratga olish, manzaralarni, marosimlarni, me’moriy yodgorliklarni suratga olish, suratlarga ishlov berish, eski suratlarni qayta tiklash, hujjatlar uchun suratlar tayyorlash, kompyuterning suratlarga ishlov berish dasturlarida ishlashi kerak.
96. Fotograf kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
rasmlarga ishlov berishda kompyuter dasturlaridan foydalanishda mehnat muhofazasi, texnika va axborot xavfsizligi qoidalarini bilish;
raqamli fotoapparatlardan foydalanishni bilish;
turli janrlarda suratga olishni bilish;
sun’iy yoritish moslamalaridan foydalanishni bilish;
turli xildagi fotoprintyerlardan foydalanishni bilish;
hujjatlar uchun surat tayyorlashni bilish;
eski suratlarni qayta tiklashni bilish;
grafik dasturlarda amaliy ishlarni bajarishni bilish.
45-§. Chilangar
97. Chilangar kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga chilangarlik jihozlari, yig‘ish uchun moslamalar, turli materiallardan tayyorlangan konstruksiya va uzellar, detallar va o‘lchash asboblari, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga metallarni rejalash, metallarni qo‘l asboblari bilan kesish va qirqish, metallarni ko‘l asboblari bilan to‘g‘rilash va egish, metallarni egovlash, metallarni parmalash, tashqi va ichki rezbalarni ko‘l asboblari yordamida kesish, metallarni bir-biriga biriktirish (kavsharlash, yelimlash va parchinlash) hamda turli birikmalar yig‘ish kiradi.
98. Chilangar kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
o‘lchov asboblarining turi va ularning tuzilishini bilish;
metallarni rejalashni, metallarni kesish usullarini bilish;
rezbalar turini va ularni kesish usullarini bilish;
kavsharlar va yelimlar turlarini bilish;
chilangarlik ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi talablarini bilish;
amaliy faoliyatda murakkab bo‘lmagan chizmalarni o‘qishni bilish;
o‘lchov asboblarni tanlash va detallarni o‘lchashni bilish;
metallarni ishlov berish uchun rejalashni bilish;
metallarni qo‘l asboblari bilan kesish va qirqishni bilish;
metallarni mexanizatsiyalashmagan uskunalar bilan to‘g‘rilash va egishni bilish;
metallarni egovlash, metallarni parmalash, tashqi va ichki rezbalarni metchik va plashka yordamida kesishni bilish;
metallarni bir-biriga biriktirish (kavsharlash, yelimlash va parchinlash), uy-ro‘zg‘or buyumlarni (ilgak, zulfin, kurakcha, xomut va h.k) tayyorlashni bilish.
46-§. Chorvador
99. Chorvador kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga qoramol, qo‘y, yilqi, cho‘chqa, tuya, echki kabi hayvonlar turlari, chorvachilik asboblari va jihozlari, chorvachilik hayvonlari uchun yuritiladigan jurnallar va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlari, hayvon turiga qarab ozuqa mahsulotlarini qish va kuzgi mavsumga tayyorlash, ozuqa ratsionini tuzish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, saqlash, asrash, ko‘paytirish, chorva zotlarini yaxshilash kiradi.
100. Chorvador kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
chorva binolaridagi xavfsizlik texnika qoidalari, zoogegenik talablarni bilish;
qoramol, qo‘y, yilqi, cho‘chqa, tuya, echki zotlarini bilish;
hayvon turiga qarab tuzilgan ratsion asosida oziqlantirishni bilish;
chorva parvarishlanadigan binolarda ishlatiladigan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan uskunalarni vazifasiga ko‘ra ajratishni bilish;
chorva hayvonlarini turiga qarab urchish va tug‘ish mavsumlarini, hayvonlarni bo‘g‘ozlik davri kalendarini yuritishni bilish;
chorvachilik fermalari turlarini farqlashni bilish;
fermalarda texnika, elektr va yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni bilish;
shikastlanishdan saqlanishni bilish;
birinchi yong‘in o‘chirish uskunalaridan foydalanishni bilish;
sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilishni bilish;
ish joyida maxsus kiyimdan foydalanish talablariga rioya qilishni bilish.
47-§. Shina montajchi
101. Shina montajchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlari shina montajchi uchun zarur jihozlar va moslamalar, shinalar va o‘lchash asboblari, ko‘targich, texnik va me’yoriy hujjatlar, shina montajchining ish jarayonidagi maxsus ish kiyimi kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga shina montaj qilish, shina va g‘ildiraklarni ta’mirlash, shina demontaj qilish kiradi.
102. Shina montajchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
avtomobillarning yurish qismiga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan texnologik jihozlarni bilish;
avtomobillarni ta’mirlash jarayonida mehnat xavfsizligi va sanoat sanitariyasi talablarini bilish;
yong‘in xavfsizligi qoidalarini va atrof-muhitni muhofazalash choralarining mazmuni va mohiyatini bilish;
g‘ildiraklarning tuzilishini, shinalarning g‘ildirakka mahkamlash usullarini, diskasiz g‘ildirak tuzilishining o‘ziga xosligini bilish;
shinalarning vazifalari va turlarini bilish;
kamerali va kamerasiz shinalarning tuzilishini bilish;
shina o‘lchovlarining belgilanishi, shina holati va konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sirini, shinalarning g‘ildirakka mahkamlash usullarini bilish;
avtoshinalarning naqshli qoplamalarining nosozliklarini ta’mirlash turlarini bilish;
shinalarni ta’mirlashga qabul qilish uchun texnik shartlarni, shinalardagi havo bosimi me’yorlarini bilish;
mahalliy shikastlarni ta’mirlash texnologik jarayoni, tozalash va yuvish, tozalash ishlari, protektorni yelimlash va quritishni bilish;
shinalarni ta’mirlash texnologik jarayoni, protektorni tekshirish va ta’mirlash usulini belgilash, protektorga yelim surtish, quritish, protektor rezinani tayyorlash, vulkanizatsiya usulida pishirish, tozalov ishlovini bilish;
yakka va qo‘shaloq g‘ildirakni gupchakka mahkamlashni bilish;
kamerali va kamerasiz shinalarni o‘rnatishni bilish;
shinalardagi havo bosimi me’yorlarini aniqlashni bilish;
zaxiradagi g‘ildirakni ushlagichga o‘rnatish va mahkamlashni bilish.
48-§. Qandolatchi
103. Qandolatchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga qandolatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan texnik, texnologik va me’yoriy hujjatlar, ishlov berishda qo‘llaniladigan moslamalar, oziq-ovqat mahsulotlari, tarozi turlari, nazorat-o‘lchov asboblari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun ish o‘rnini tashkil etish va asbob-uskunalarini tanlash, jihozlarni foydalanishga tayyorlash, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun xomashyoni miqdor va sifatiga qarab ajratish, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni dastlabki ishlov berishga tayyorlash va dastlabki ishlov berish, undan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlari uchun yarim tayyor masalliqlarni tayyorlash, qiymalar va mahsulotlarning ichiga solinadigan masalliqlarni tayyorlash, qiyom, kuydirilgan shakar (jjenka) pomada, mevali masalliqlarni tayyorlash, xamir turlarini tayyorlash kiradi.
104. Qandolatchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
taom turlarini, taom tayyorlash uchun xomashyoni miqdor va sifati qo‘yilgan gigiyenik talablarni bilish;
xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi hamda sanitariya-gigiyena qoidalarini bilishi va rioya qilishni bilish;
mexanik va issiqlik jihozlarini ish holatiga tushirish va to‘xtatish tartibini bilish;
texnologik asbob-uskunalar, nazorat-o‘lchov asboblari, jihozlarining turlari va ulardan foydalanish yo‘llarini bilish;
taom tayyorlash uchun xomashyoni miqdor va sifatiga qarab tayyorlashni bilish;
xomashyo va mahsulotlarga dastlabki ishlov berish, yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash tartibini bilish;
yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash tartibini bilish;
un, kraxmal, shakar, asalga ishlov berishni bilish;
tuxum va tuxum mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlariga ishlov berishni bilish;
sariyog‘, margarin va masalliqlarni qovurish uchun ishlatiladigan yog‘larni texnologik jarayon uchun tayyorlashni bilish;
xamir ko‘pirtirgichlarga ishlov berishni bilish;
mazali tam va yoqimli hid beradigan moddalarni texnologik jarayon uchun tayyorlashni bilish;
undan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlari uchun yarimfabrikatlar ishlovini berishni bilish;
qiymalar va mahsulotlarning ichiga solinadigan masalliqlarni tayyorlashni bilish;
xamir turlari va uni ko‘pirtirish usullarini bilish;
tayyorlanishi murakkab bo‘lmagan qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyalarini va tayyorlash bosqichlarini bilish;
qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash uchun mexanik va issiqlik (elektr, gaz, olov va elektron) jihozlarni, shuningdek, nazorat-o‘lchov asboblarini ishga tayyorlay olishni bilish;
elektron tarozilardan foydalanishni bilish;
tayyorlanishi murakkab bo‘lmagan, undan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlari uchun yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashni bilish;
xamir ko‘pirtirgichlarni texnologik jarayon uchun tayyorlashni bilish;
qandolatchilik yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlashni bilish.
49-§. G‘isht teruvchi
105. G‘isht teruvchi kasbining faoliyat obyektlariga g‘isht, sement, qum, tuproq, g‘isht teruvchilik asboblari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga g‘isht-tosh teruvchilarning ish o‘rinlarini tashkil etish, bino va inshootlar devorlarini pishiq yoki xom g‘ishtdan terish, devorni sun’iy va tabiiy toshdan tayyorlangan materiallar bilan qoplash kiradi.
106. G‘isht teruvchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
bino va inshootlar devorlarini pishiq g‘ishtdan qulf-kalit qilib terish qoidalarini bilish;
sopol plitka, devor qoplashda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xususiyatlarini bilish;
g‘isht-tosh teruvchilarning ish o‘rinlarini tashkil etishni bilish;
devordagi tutun va ventilatsiya kanallari, arka va gumbazlar terishni bilish;
qish sharoitida g‘isht-tosh terishni bilish;
g‘isht-tosh terish ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizligini bilish;
devor, ustun, oraliq devorlarini terishni bilish;
g‘isht-tosh terishning sifatini tekshirishni bilish;
g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini ta’mirlash ishlarini bilish;
g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini gidroizolatsiyalash ishlarini sifatini baholashni bilish;
aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni bilish.
50-§. O‘rmonchi
107. O‘rmonchi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga o‘rmonlar, o‘rmon o‘simliklari va hayvonlari, o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi biolaboratoriyasi, texnik va me’yoriy hujjatlar kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga o‘rmonni brokanyerlardan va qonun buzuvchilardan himoya qilish va qo‘riqlash, o‘rmonni xar tomonlama rivojlantirish, o‘rmondan har tomonlama foydalanish va foyda keltirish, o‘rmoni sug‘orish va ko‘kalamzorlashtirish, zararkunandalardan va kasalliklardan himoya qilish kiradi.
108. O‘rmonchi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
o‘rmonchilik kasbidagi mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, qizil kitobga kiritilgan hayvon va o‘simliklarni, o‘rmon turlari, maydonlarini, o‘rmon manzarali daraxt va o‘simliklar oilalarini, dorivor o‘simliklar turlarini bilish;
o‘rmon o‘simliklari zararkunandalari va kasalliklarini nomini va farqini bilish;
daraxtlarga ishlov berish va parvarishlashni, o‘g‘it nomlarini bilish;
geodezik karta (plan)da yuzani aniqlash va hisoblashni bilish;
tuproq turlari va tarkibini aniqlashni, o‘rmon o‘simliklari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishni bilish;
manzarali va mevali daraxtlarga shakl berishni bilish;
mevali daraxtlarni payvandlash usullarini bilish;
mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlariga yer tayyorlash va ekish usullarini bilish;
daraxtlarda taksatsiya o‘tqazishni bilish.
51-§. Erkaklar sartaroshi
109. Erkaklar sartaroshi kasbining kasbiy faoliyat obyektlariga soch qirqish asbob-uskunalari, soch yuvish vositalari, soch qirqish usullari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari kiradi.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat turlariga soch qirqish bo‘yicha fasonlar yaratish, soch qirqish usullari: tushevka (taroqni ishlatmasdan, taroqni ishlatib), okantovka (oddiy va filirovka qaychida, ustarada) qilish, oddiy qaychi va ikki juft oddiy qaychi yordamida sochni qirqish usullari (“sessun”, “graduirovka”, “baxroma”; sirpanuvchi filirovka qilish), buralgan tutam sochlarni ustara yordamida filirovka qilish, faoliyat sohasiga tegishli ko‘rgazma va tadbirlarda qatnashish.
110. Erkaklar sartaroshi kasbiga o‘rgatish ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining kasbiy kompetensiyasiga quyidagilar kiradi:
erkaklar sartaroshi jihozlarini, asbob-uskunalarining turlarini bilish;
ish joyini tashkil qilish qoidalarini, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarini, sanitariya va gigiyena qoidalarini, elektr va yong‘in xavfsizligi talablarini bilish;
erkaklar sartaroshi ishlarining turlarini, soch kesish usullarini, soch bo‘yash usullari va texnologiyasini bilish;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni bilish.
3-bob. Yakuniy qoida
111. Mazkur Malaka talabalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U. TAShKENBAYEV
2018-yil 10-sentabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 10-sentabr
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablariga
ILOVA
O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘rgatiladigan kasblar bo‘yicha

Yüklə 162,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin