DIPERSONALIZATSIYALASH (lot. bo‘lmoq, shaxs, yo‘l qilmoq) - shaxsning
bo‘linishi, unda shaxsiy "men" hissining yo‘l bo‘lishi.
DIQQAT — inson psixik faoliyatining ahamiyatga ega bo‘lgan biror-bir buyum va
hodisaga yo‘naltirilishi va unda to‘xtashi.
DETERMINIZM (lot. aniqlamoq)
_
barcha hodisalarning vujudga kelishi va mavjud
bo‘lishidagi umumiy qonuniyatlar bog‘liqligi haqidagi ta‘limot.
DETSEREBRATSIYA (lot. olib tashlamoq, miya) — bu shunday metodki, unda
bosh miyaning o‘zakka oid qismining kesilishi natijasida oraliq miya va markaziy
nerv sistemasining yuqori qismlari pastki qismlaridan ajralib turadi. Detserebratsiya
qilingan hayvonlar muvozanatni ta‘minlab turuvchi reflekslarni yo‘lotadilar.
Detserebratsiyadan so‘ng egiluvchi burinlar qisqaradi va natijada detserebratsion
regidlik vujudga keladi.
DIDAKTIKA (grek, o‘rganuvchi) — pedagogika fanidagi ta‘limning qonun va
metodlarini o‘rganuvchi bo‘lim.
DINAMIK (lot. h.arakatchan) STEREOTIP (lot. qat‘iy) -shartli reflekslarning deyarli
qat‘iy sistemasi. Dinamik stereotip kishida muayyan malaka va odatlarni tarkib
topishini ta‘minlaydi.
DETSENTRATSIYA (lot. qo‘shimcha, rad qilish, bir erga yig‘ish) — genetik
epistomologiyaning asosiy tushunchalaridan biri. U egotsentrizimni rad qilib, yangi
obraz, tushuncha va fikrlarni boshqa kishilar fikriga qo‘shilgan holda yangitdan
kashf qilishni anglatadi.
YoSh — individning ma‘lum, aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqiyotining
bosqichi. Ushbu bosqichlarda uning shaxe sifa-tidagi fiziologik va psixologik
o‘zgarishlari ko‘zatiladi.
YoSh DAVRI INQIROZLARI ( grekcha - burilish payti) -bir yosh davridan ikkinchi
yosh davriga o‘tishdagi to‘qnashuvli vaziyat.