O‟quvchilarning ko‟nikmalarini shakillantirishda tajribalarning
ahamiyati
Ma`lumki, namoyish qilish usuli bilan o`quvchilarni bilimga qiziqtirishni so`ndirib, o`qishda charchatib, zada qilib qo`ymaslik uchun o`quv mavzularini tajriba qilib ko`rsatish va fizik asboblar bilan tanishtirish juda yaxshi natija beradi. O`quvchilar o`quv jarayonida sinfda zaruriy bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`lmay turibham bu tajriba mazmunini tushuntirib bera olmaydi. Shuning uchun o`qituvchi mavzuni qiziqarli qilib tajriba o`tkazish lozim.
Masalan, umumta`lim maktablari uchun yaratilgan fizika ta`limi dasturida
―Jismlarning muvozanati, oddiy mexanizmlar‖ mavzulariga 8 soat vaqt ajratilgan. Bunda jismlarning massa markazi va uni aniqlash, muvozanat turlari, kuch momenti, richag, oddiy mexanizmlar (blok, qiya tekislik, vint, pona va chig`iriq) va ularda bajariladigan ishlar, ularning foydali ish koeffitsenti, mexanikaning oltin qoidasi bilan tanishish va demonstratsion namoyishlarni kuzatish o`quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarilishiga yordam beradi.
O`quvchilarga bunday mavzular tushintirilayotganda dastlab buyuk ajdodlarimiz, Ibn Sino, Beruniylarning ilmiy merosidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o`quvchilarning ajdodlarimizga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Ibn Sino Arximedning ―Menga yerning tayanch nuqtasini topib bering, men esa buni siljitib quyaman‖ – degan juratli gapini o`ziga shior qilib olib, o`z asarlarida tishli uzatmasdan foydalanib, biror yukni ko`tarish qurilmasi yoki bu qurilmalarning richag yordamida ishlash bloklardan foydalanishning har xil usullari, sxemalari keltirilgan. Bunday qurilmalardan yukni yuqoriga chiqarishda foydalanilmoqda va h.z.
Shu maqsadda ushbu maqolada ―Richagning muvozanatda bo`lish shartini o`rganish‖ deb nomlangan laboratoriya ishida yuqorida takidlangan fikrlar haqida ba`zi mulohazalarimizni bildiramiz.
Kerakli asboblar: chizg`ichli richak, turlicha suyuqliklar solingan ikkita jism, muftali shtatib.
Ishning maqsadi: chiziqli richag yordamida noma`lum suyuqlik zichligini aniqlash orqali o`quvchilarni modda zichligi, kuch, kuch momenti, jismlarning muvozanat shartlari kabi tushunchalarni amaliy va nazariy tahlil qilishga o`rgatish.
Ishni bajarish tartibi: 1) chiziqli richakni muftali shativga richagli tarozi ko`rinishida o`rnatiladi;
richagning ikkala tamoniga ikkita bir xil yuk (massalari va hajmlari bir xil) osiladi. Yuklar bir xil bo`lganligi sababli richag muvozanatda bo`lgan paytda yelkalar (l) ham bir xil bo`lib, uning uzunligi o`lchab olinadi (rasm);
yuklarning biri suyuqlik solingan idishlardan biriga botiriladi. Natijada richagning muvozanati qayta tiklash uchun suyuqlikka botirilgan yuk tomonga yelkani o`zgarmas saqlagan holda suyuqlikka botirilmagan yukni surish orqali mos yelka tanlanadi. Bu yelkani l1 orqali belgilab, uning uzunligi ham o`lchab olinadi (2-rasm). Yuk suyuqlikka botirilganda muvozanat buzilganligiga sabab, suyuqlik tomonidan jismga Arximed kuchi ta`sir qiladi. Bu kuch yuqoriga yo`nalgan bo`lganligi uchun yuk biroz yengillashadi. Jism birinchi suyuqlikka botirilgan paytda richagning muvozanati uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:
mgl=mgl (1)
(mg-FA)l=mgl1 (2)
Bu yerda mg – og`irlik kuchi, FA – Arximed kuchi, l va l1 yelkalar esa mg - FA va mg kuchlarning yelkalidir.
Bu yerda Arximed kuchi Ft=ρ1gV (3) va m= ρV (4) ekanligini etiborga olib, birinchi suyuqlik zichiligi uchun
l l
1
1 (5) ifodaga ega bo`lamiz.
l
jismni ikkinchi suyuqlik solingan idishga botirilganda richagning muvozanat holati uchun quyidagi ifodani yozish mumkin (3- rasm).
(mg-FA)l=mgl2 (6)
Ikkinchi suyuqlik tomonidan jismga ta`sir qiluvchi Arximed kuchi, l2=mg
kuchning jism uchun suyuqlikka solingandagi yelkasi. Arximed kuchi F2=ρ2gV (7)
va (5) ni e`tiborga olib, ikkinchi suyuqlik zichligi uchun formulani yozamiz.
l l
2
2
l
(9)
l l
(4) va (9) formulani o`zaro bo`lsak,
1 1
(10) natija kelib chiqadi.
2
2
l l
Ushbu formula laboratoriya ishi uchun ishchi formula hisoblanadi.
Agar suyuqliklardan biri suv 1000 kg
bo`lsa, ikkinchi suyuqlikning
1 3
m
noma`lumligini hisoblash topish mumkin.
Bu tajribani aniqligini oshirish uchun uni kamida 3 marta takrorlab, olingan natijalarning qiymatini qidirilayotgan kattalikning qiymati sifatida qabul qilinadi.
Ushbu metodni o`quvchialrga mustaqil bjarish uchun laboratoriya ishi yoki eksprimental ishi ko`rinishida tavsiya qilish mumkin. O`quvchilarning tajribadan keyingi nazariy va amaliy kabi ko`nikmalarni nazorat qilish hamda baholash uchun ularga quyidagi savollarni berish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
Zichlik deb nimaga aytiladi va qanday ifodalanadi?
Arximed kuchi qanday kuch?
kuch momenti deb nimaga aytiladi? Kuch momenti vektorining yo`nalishi qanday topiladi?
Kuch yelkasi deb niomaga aytiladi?
jismning qo`zg`almas aylanish o`qiga nisbatan muvozanat shartini ifodalang? Jismlarning muvozanat shartini umumiy holda ta`riflang?
Noma`lum suyuqlikning zichligini aniqlashga doir yana qanday metodlarni bilasiz?
Demak, o`qituvchi fizika kursining har bir mavzusiga oid asosiy qonun- qoidalar haqida talab natijasidagi bilim bilan bir qatorda tajribalar ko`rsatishi va
o`quvchini amaliy masalalar yechishga o`rgatish o`quvchilarning o`rgatilayotgan hodisani ko`z oldilariga keltira olishlariga va mustaqil tafakkur faoliyatini rivojlantirishga katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, fizikadan eksprimental masalalar o`quv jarayonida o`quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash dan birgalikda, ularni amaliyotga tadbiq qila olish ko`nikmalarini shakllantirishda muhim rol o`ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |