O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi


Darsda foydalaniladigan metodlar



Yüklə 219 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü219 Kb.
#41079
1   2   3
Matematika 1

Darsda foydalaniladigan metodlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

Kayfiyat, kirish suhbati.

Guruhlarga bo`lish

5 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni so‘rash, uy vazifasini tekshirish.

Do`stingga pand berma” , “Bizdan savol-sizdan javob” o`yinlari,

Kollaj” metodi



12 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni.

Darslik bilan iashlash



Ko`rgazmalilik, “Hamma bir-biriga o`rgatadi” metodi

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

“Charxpalak” metodi

6 daqiqa

5

Baholash va rag‘batlantirish.

Ballarni e`lon qilish. Taqdirlash.

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish.

Tushuntirish, topshiriq berish.

2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O`quvchilar diqqatini darsga jalb etish.

-Bolajonlar, kayfiyatingiz qanday? -A`lo

-Darsimiz nima? -Matematika

Matematik she`r aytiladi.

-Shiorimiz “A`lo baholarda o`qish va Vatanni sevib ardoqlash”

-Bugun kim navbatchi? Who is on duty today?

....


-Bolajonlar, siz matematika darsida nimalarni o`rganib kelyapsiz?

O`quvchilar javoblari to`ldirib boriladi.

O`quvchilarni guruhlarga ajratish

1-guruh -“Bilimdonlar", 2-guruh -“Zukkolar”, 3-guruh - “Donolar”

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga vazifa “Do`stingga pand berma” o`yini tarzida tekshirib olinadi. Bunda o`quvchilar yonlaridagi o`rtoqlari bilan daftarlarini almashtirib oladilar. Misol natijalari o`qituvchi yoki o`quvchilar tomonidan o`qiladi. Natijalar tekshirib boriladi. Xatolar aniqlanib “Do`stim mehga pand berdi” deb o`rtog`ining xatosini o`quvchi aytadi.

19+1= 20 18-1= 17 16-6= 10 10+9= 19

10+3= 13 13-3= 10 14-4= 10 10+5= 15

O`tgan darsdagi mavzuni takrorlash maqsadida


  1. Bizdan savol-sizdan javob” o`yini

Bunda o`quvchilar ekranda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.

(Topshiriqning elektron varianti videorolik ko`rinishida ilova qilinmoqda)

1) Oyim berdi 5 olma

O`zimda ham bor 3 ta

Sanab ko`rsang ayta qol

Menda nechta olma bor? (8 ta olma)

- Olma ingliz tilida qanday aytiladi ? -Apple.

2) Oyim boqar 5 sigir

Ovqat berar birma-bir

Sog`iladi 2 tasi

Sut bermaydi nechtasi? (3 ta)



Masala qaysi uy hayvoni haqida ekanligi, uning ham ingliz tilida aytilishi so`raladi. Cow uning foydali tomonlari aytiladi.

3) Menda 5 ta o`yinchoq bor edi. Opam bilan akam 2 ta o`yinchoq bergan edi. Menda nechta o`yinchoq bo`ldi? (7 ta)



O`yinchoq ingliz tilida doll deyilishi so`rab aniqlanadi.

2. Yana ekran orqali topshiriq beriladi. Rasmlarga qarab masala tuzing.

(Topshiriq savollari slayd ko`rinishida ilova qilinmoqda )

3. O`quvchilarga keying topshiriq beriladi. Mazkur topshiriq o`quvchilarni jamoa bo`lib ihlashlari uchun beriladi. Avval sinf doskasiga “Kollaj” uchun plakat ilinadi. Plakatda harakatdagi poyezd va tabiat manzarasi aks ettirilgan Tasvirdagi bulutchalar, oyna va gullarning o`rinlari bo`sh. Ularni to`ldirish uchun topshiriq beriladi.

1-guruh “Bilibdonlar” guruhiga konvert ichiga solingan holatda poyezd oynalariga yozilgan misollar berilgan.




10+1




10+7




10+9




12+5




18-8




17-7

2-guruh “Zukkolar” guruhiga bulutlar ichiga yozilgan misollar beriladi.




3 -guruh “Donolar” guruhiga gullar ichida yozilgan misollar beriladi.

19-9 10+4 10-3 7+1 12+6 13-3


Endi o‘quvchilar o‘zlari yechgan misollarni rasmlari bilan birgalikda o‘z o‘rnilariga qo‘yishlari kerak bo‘ladi. O`qituvchi guruhlar oralab, ularning ishlarini kuzatib boradi.

S hu o‘rinda ularga tabiatni sevish, unga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish lozimligi aytib o‘tiladi va poyezd oynalariga tosh otish yomon odat ekanligi uqtiriladi. (Slaydda ilova qilinmoqda)


Yüklə 219 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin