2
Kirish.
Mavzuning
dolzarbligi.
O’zbekiston respublikasining mustaqilligi
sharoitida demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish yo’lida amalga oshirilayotgan
ijtimoiy harakat mustaqil fikrlash layoqatiga ega, aqliy, ma’naviy, axloqiy va
jismoniy jihatdan etuk barkamol avlodni tarbiyalash zaruratini kun tartibiga olib
chiqdi.Zero sog’lom avlod va uning ijtimoiy faolligi milliy umuminsoniy
qadriyatlar ustvorligi ta’minlangan huquqiy jamiyatni barpo etish imkoniyatini
beradi.O’zbekiston Respublikasi ―Ta’lim to’g’risida‖gi qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi hamda Sog’lom avlod dasturi mazmunida o’z aksini
topgan g’oyalar insonni intelektual ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, bo’lajak
tarbiyachilardan bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligini rivojlantiruvchi eng
maqbul yo’l ekanligini ifoda etadi.O’sib kelayotgan yosh avlodni maktab ta’limiga
tayyorlashning takomillashtirilgan yo’llari va usullarini ishlab chiqish, bolalarni
maktab ta’limiga tayyorgarliklari standartlarini ishlab chiqish, bolalarni maktab
ta’limiga tayyorgarliklarining turli darajalarini aniqlash pedagogika nazariyasi va
amaliyotida keng ko’lamda tatbiq etilishi lozim bo’lgan muhim muammolardandir.
Jamiyatimizda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish o’sib kelayotgan yoshlarni ma’nan
yetuk qilib tarbiyalash, barcha davrlarda bo’lgani kabi bugungi kunda ham
davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.Bu xususida
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch‖ asarida ―
…inson o’z umri davomida oladigan informatsiyaning 70% 5 yoshgacha bo’lgan
davrda olar ekan..‖ deya ta’kidlab yoshlarga ta’lim berish tizimini uning samarali
shakl va metodlarini ishlab chiqish eng dolzarb muammo ekanligini qayd etgan
holda 2010- yilni ―Barkamol avlod‖ yili deb e’lon qildilar. Maktabgacha ta'lim
bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda
o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi.
3
Maktabgacha ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat
maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat
va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.Hozirgi kunda
bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga qo’yilayotgan jiddiy talablar bu
borada zaruriy nazariy, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqazo etmoqda.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish
lozim bo'ladi:
—malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
—maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash
va joriy etish;
—bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy
jihatdan ta'minlash;
—zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va
o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
—maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun
shart-sharoitlar yaratish;
—maktabgacha tarbiya muassasalarining har xil turlari uchun turli
variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari
bo'yicha malakali konsultatsiya xizmati ko'rsatish imkoniyatini yaratish;
—maktabgacha tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini
qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: