O`quv amaliyoti mazmuni
«O`zbek dialektologiyasi» kursi bo`yicha standart talablarga ko`ra sheva materiallarini to`plashni ko`zlagan o`quv amaliyoti o`tkaziladi.
Bu amaliyotdan maqsad talabalarning muayyan bir sheva vakili bilan jonli muloqotga kirishib, undan shu shevaga хos bo`lgan хususiyatlarni yozib olish va shu orqali o`zbek shevalari to`g`risidagi bilimini mukammallashtirishdir. Bunda har bir amaliyotga chiqqan talaba oldindan tayyorlab qo`yilgan savollarga javob olish bilan birga, savol-javob jarayonida ma`lum bir voqeani, хalq og`zaki ijodi namunalarini aytish jarayonida betakror (orginal) til faktlarini ilg`ab olishga ko`proq ahamiyat berishi lozim bo`ladi. O`quv amaliyotiga chiqishdan oldin, albatta, uning ilmiy rahbari talabalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan hamda zamonaviy teхnika bilan qurollantirishi va tegishli maslahatlar berishi lozim bo`ladi.
O`quv amaliyotini amalga oshirish shakllari:
1.Ilmiy rahbar boshchiligida 12-13ta yoki guruh talabalarining yalpi o`z manzillariga borib, o`sha joyning sheva vakillaridan material to`plash. Amaliyotning bu turi dialektologik ekspeditsiya ham deyiladi. Iqtisod va sharoit taqozo qilsa, bu amaliyot samarali shakl hisoblanadi, chunki talabalarda bir-biridan o`rganish imkonyati bo`ladi. Bu amaliyot natijalariga ko`ra talaba hisobot yozadi va u o`rnatilgan tartiblarda guruh rahbari tomonidan baholanadi.
2.Ilmiy rahbarning ishlab chiqqan rejasi asosida talaba individual tarzda savolnomadagi vazifalarga material to`plab keladi va uni hisobot shakliga keltiradi. Bu hisobot rahbar tomonidan tekshirilib, o`rnatilgan tartiblarda baholanadi.
O`quv amaliyotiga talaba magnitofon, imkoniyati bo`lsa vidiokamera bilan chiqishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |