ekanligini e’tirof etdilar. A.N.Beketov о‘quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy
tafakkurini rivojlanishida tabiiyotshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd
qiladi. U tabiiyotshu
noslikni о‘qitishda kо‘rgazma qurollardan keng foydalanish,
tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. A.N.Beketovning
о‘qitish sohasidagi fikrlari kо‘p jihatdan nemis tabiiyotshunos
pedagogi Avgust
Lyuben (1804-1873) qarashlarini eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag‘ishlangan
uning darsligida bu fanning tarbiyaviy ahamiyat
i, xususan, о‘quvchilar olib
boradigan mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar
о‘tkazish
kо‘nikmalarini hosil etish lozimligi ta’kidlanadi. A.Lyuben metodi bо‘yicha
о‘quvchilar avvalo organik olamning alohida vakillari bilan mahalliy obektlar
misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji
boricha
tabiiy о‘simliklar, xayvonlar bilan
boshqa holatlarda esa ularning yaxshi ishlangan tasvirlari bilan mashg‘ulot olib
borish lozimligi uqtiriladi. О‘quvchilar о‘qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil
о‘quv materiallarini о‘rganishlari bunda oddiydan murakkab, ma’lumdan
no’malum tomon yо‘nalish ya’ni induktiv metod asosiy о‘rin egallashi kerak.
Biroq maktablarda kо‘rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg‘or metodik
kо‘rsatmalarini joriy yetishga tо‘sqinlik qildi.
Bundan tasharqi A.Lyub
en darsligida diqqat e’tibor faqat о‘simliklar
morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki pedagogik jamoatchilikni
qanoatlantirmas edi. Bu esa о‘z navbatida tabiiyotshunoslikning
mazmuniga mos
bо‘lgan yangi pedagogik muammolarni hal etish zarurligini kо‘rsatardi.
Tabiiyotshunos pedagog A.Y.Gerdning (1841-1888) faoliyati ana shu
muammolarni hal etishga qaratildi. A.Y.Gerd fikricha
Lyuben
tabiiyotshunosligining eng katta kamchiligi uning
mazmunini zamon talablariga
mos emasligidir. A.Y.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti
sanaladi. Uning qayd etishicha maktab tabiiyotshunoslikining
asosiy maqsadi
о‘quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan hamda bilim olishdagi ularning
mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir.
A.Y.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar
о‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish muhim о‘rin tutadi. Olimning qayd
12
etishicha, tabiiyotshu
noslikni о‘qitishdan kо‘zlangan
vazifa organizmlarning
xilma-xilligi bilan tanishtirish, ularning hayoti yorug‘lik, xarorat, namlik, havo va
va boshqa organizmlarga bog‘liqligini tushuntirish, tabiatdagi
sabab bilan
oqibatning о‘zaro bog‘liqligini idrok etishdan iborat bо‘lmog‘i kerak. A.Y.Gerd
Darvin tomonidan asoslangan evolyus
ion nazariya ta’sirida bо‘lgan va о‘z
darsliklariga evolyusion prinsipini joriy etgan. U maktab tabiiyotshunoslik kursi:
1. Anorganik d
unyo; 2.О‘simliklar dunyosi; 3. «Xayvonot dunyosi», «Odam»,
«Yer
tarixi» kabi о‘quv fanlaridan tuzilgan bо‘lishi kerak deb ta’kidlqaydi.
A.Y.Gerd faoliyati
tufayli tabiiyotshu
noslikni о‘qitish metodikasi pedagogika
fanining alohida ilmiy shaxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi.
3.XX asrda biologiya о‘qitish metodikasining xolati. XX asrdagi biologiya
о‘qitish metodikasiga V.V.Polovstov katta xissa qо‘shdi. U 1907 yili
Dostları ilə paylaş: