Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli
uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va
vazifalardan kelib chiqadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi barcha o‘quv fanlarga taaluli bo‘lgan
pedagogik oidalarni, biologik o‘quv materialiga tadbi yetishga yo‘nalgan. Shu
bilan bir atorda biologiya o‘qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik,
pedagogik bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanining o‘qitish maqsadini,
mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinstipini belgilab beradi.
Biologiya o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi o‘quvchilarning
o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo‘lgan biologik
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganiklari bilan belgilanadi. Ular esa o‘z
navbatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiodi, tabiat,
jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning
rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va amaliy jihatdan takomillashtirishga
bo‘lgan extiyoji bilan ifodalanadi.
Biologiya o‘qitishning maqsadi yuorida qayd qilingan omillardan kelib
chiqadi. Biologiya o‘qitishning maqsadlarini bilish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini
boshqarish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: