44
о‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash
muhim
vazifalardan biri etib belgilangan. Shuni nazarda tutgan holda, biologiyani
о‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish yо‘llari
ishlab
chiqilishi zarur.
2.
Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta’lim qonuniyati shaxsning tahsil olish
jarayoni, bilim, faoliyat usullarini о‘zlashtirishi uning rivojlanishiga va shaxsiy
sifatlarining shakllanishiga asoslanadi. Ushbu qonuniyat har tomonlama kamol
topgan insonni shakllantirishga imkon beradi. Kadrlar
tayyorlashning milliy
modelida shaxs muhim о‘rin tutadi va uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol shaxs, fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi. О‘qituvchi biologiyani
о‘qitishda ta’lim - tarbiyaning uzviyligini ta’minlashi, о‘rganilayotgan mavzu
mazmuniga bog‘liq holda о‘quvchilarning ma’naviy
- axloqiy, vatanparvarlik,
ekologik, estetik, iqtisodiy, huquqiy,
jismoniy, jinsiy, mehnat va baynalminal
tarbiyasini amalga oshirishi lozim.
3.
Dostları ilə paylaş: