O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Ekskursiyaning turlari. 
Biologik ekskursiyalar har xil turda bо‘ladi; vaqtiga qarab, bir soatlik, bir 
kunlik va kо‘p kunlik. Bir soatlik ekskursiya – maktab xovlisida yoki о‘quv tajriba 
uchastkasida о‘tkaziladi. Ekskursiya rejasini – metod birlashmasining raisi 
tasdiqlaydi. (Gulli о‘simlik va uning organlari degan mavzudagi ekskursiya). Bir 
kunlik ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xо‘jaliklariga, 
xayvonot yoki botanika bog‘iga, baliqchilik xо‘jaligiga yoki parrandachilik 
xо‘jaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bо‘lim mudiri 
tomonidan tasdiqlanadi. Kо‘p kunlik ekskursiya – о‘quv yilining oxirida kompleks 
ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiyot, badan-tarbiya yoki harbiy 


141 
о‘qituvchilari bilan birgalikda о‘tkaziladi. Kо‘p kunlik ekskursiya – rejasini 
pedagogik kengashda tasdiqlanadi. 
Ekskursiyaga tayyorgarlik. 
Ekskursiyaning samaradorligi kо‘p jihatdan uni puhta tayyorlanishiga bog‘liq. 
Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta tayyorgarlik 
va aniq reja asosida о‘tkazishni talab qiladi. 
Tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oishiriladi: 
Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda о‘quvchilar 
о‘zlashtirishi mо‘ljallangan о‘quv materialining mazmuni aniqlanadi. О‘qituvchi 
ekskursiyaga borishdan bir necha kun oldin о‘zi о‘sha ekskursiya joyi va 
marshrutini kо‘rib keladi, (ya’ni taxminiy ekskursiya qilib keladi). Bunda 
о‘rganiladigan obektlar va qulay marshrut tanlanadi, qayerda, qanday material 
yig‘ish va qayerda tushuntirish hamda suhbatlar о‘tkazish mumkinligi belgilanadi, 
ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiya uchun zarur 
bо‘lgan jihoz va materiallar oldindan tayyorlab qо‘yiladi (kompas, lupa, belkurak, 
boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun papkalar, bankachalar).О‘qituvchi 
taxminiy ekskursiya о‘tkazish va о‘rganiladigan о‘quv materialining mazmunini 
aniqlash asosida haqiqiy ekskursiya rejasini tuzadi. Reja ekskursiyaning borish 
izchilligi va о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning ish metodlari (tushuntirish, suhbat va 
mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obektni topib olish, materialni yig‘ish, kabilar).
 
О‘tkaziladigan ekskursiya haqida о‘quvchilar bir necha kun oldin 
ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon jо‘nalishi va qancha vaqt davom 
etishi о‘quvchilarga 
aytiladi. 
О‘qituvchi ekskursiyadan oldingi darsda 
о‘quvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya mavzusiga oid nimalarni 
о‘qib takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi. 
 
Qishloq xо‘jaligi, ishlab chiqarish, muzey va milliy tadqiqot muassasi kabi 
joylarda о‘tkaziladigan ekskursiyalar alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda 
avvalo ekskursiya va uning vaqti tо‘g‘risida xо‘jalik yoki muassasa boshliqlari 
bilan kelishib olish kerak bо‘ladi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin