82
ta’minlashi, tajriba о‘tkazadigan о‘kuvchilarning
faoliyatini tashkil etish,
boshqarish va nazorat qilish, olingan natijalardan darsda о‘z о‘rnida foydalanishiga
bog‘liq. Biologiyani о‘qitishda amaliy metodlardan о‘simliklarni parvarish qilish,
hayvonlarni boqish va kо‘paytirishda keng foydalaniladi.
Bu metod о‘quvchilarning biologiyadan о‘zlashtirgan bilimlari, kuzatish va
jismoniy mehnat kо‘nikmalarini qamrab olib, о‘quvchilarni qishloq xо‘jaligi
mehnati asoslarini egallash va kasbga yо‘llash, ekologik
va iqtisodiy tarbiya
berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiyani о‘kitishda mahalliy iqtisodiy
sharoit va qishloq xо‘jaligi muassasalarining ixtisosligiga bog‘liq holda
о‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqish bо‘yicha amaliy ish mavzulari
xilma-xildir. Amaliy ishlar qaysi maqsadni kо‘zlashi va mazmuniga bog‘liq holda
biologiya о‘qituvchisi
uning rejasini puxta tuzishi, olib boriladigan ishlarning
mazmunini tо‘liq yoritishi, olinadigan natijalarni qanday rasmiylashtirish bо‘yicha
о‘quvchilarga aniq kо‘rsatma berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: