Kundalik daftari: a) O‘z vaqtida va imlo xatolarisiz to‘ldirilishi;
b) Kundalik daftarni talaba o‘z qo‘li bilan yozishi kerak;
c) Amaliyot yakunida amaliyot raxbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Kundaligi bo‘lmagan yoki to‘ldirmagan amaliyotchi talaba himoyaga qo‘yilmaydi.
Har bir talabada amaliyot bo‘yicha kundalik daftar hamda amaliyotni o‘tash joyidan tavsifnoma bo‘lishi shart.
Yuqorida bayon etilgan uslubiy ko‘rsatmalar asosida rasmiylashtirilmagan amaliyot yakunlari haqidagi hisobotni kafedraga taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. MALAKAVIY AMALIYOT MOBAYNIDA AMALIYOT RAHBARI VA TALABANING AMAL QILISHI LOZIM BO‘LGAN QOIDALAR.
Amaliyot davrida - amaliyot rahbari quyidagi vazifalarni bajarishi hamda qoidalarga rioya qilishi lozim: - talabalar amaliyot Obyektiga borishidan oldin yaʼni zururiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amaliyot Obyektlari masʼul xodimlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
- talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tadbirlarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish yuzasidan xavfsizlik qoidasi haqida ko‘rsatmalar berish va h.k.)ni o‘tkazishni taʼminlash;
- talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- amaliyot obyektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari meʼyordagidek taʼminlanganligini nazorat qilish;
- talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish;
- talaba amaliyotda ishtirok etmayotgan vaqtda darhol kafedra mudiriga yoki rahbariyatga bu haqda maʼlum qilish;
- talabalarning amaliyoti bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish, ularning ishi haqida tavsiyanoma berish;
- talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etish;
- amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalarning amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etish lozim.