O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o'tishning huquqiy asoslarining yaratilishi


Narxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmasini yaratish



Yüklə 272,5 Kb.
səhifə4/5
tarix04.04.2023
ölçüsü272,5 Kb.
#93162
1   2   3   4   5
O\'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o\'tishning huqu

Narxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmasini yaratish
Yodingizda bo`lsa, bozor iqtisodiyotining tamoyillarini ko`rib chiqqanimizda narx-navo erkinligi uning eng muhim belgisi va tamoyili ekanini ko`rsatib o`tgan edik. Darhaqiqat, narx-navo erkinligisiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib bo`lmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan har qanday davlat oldida talab va taklif asosida vujudga keluvchi erkin bozor narxlarini amal qilishi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratish vazifasi paydo bo`ladi.
Bu vazifani hal etish yo`llari turlicha bo`lib, har bir mamlakat uni o`zining real sharoitlari, xalqning mentalitetlari va qadriyatlari, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi va h.k.lardan kelib chiqib hal qiladi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, narx-navo erkinligiga erishishning asosan ikkita usuli mavjud bo`lib, uning birinchisida baholar birdaniga qo`yib yuboriladi, ya`ni ularni hech kim, hech qanday davlat organi yuqoridan belgilamaydi. Ikkinchi usulida esa, narx-navo erkinligiga bosqichma-bosqich erishiladi, ya`ni islohotlarning ilk bosqichida narx-navolarning bir qismini davlat belgilaydi, qolgan qismi talab va taklif asosida shakllanadi.
Narxlarni birdaniga erkinlashtirish nafaqat xalqni, balki davlatning o`zini ham esankiratib qo`yishini endilikda jahon tajribasi to`la tasdiqladi, desak xato bo`lmaydi. Tovarlar va xizmatlarning hamma turlari narxini birdaniga erkin qo`yib yuborish natijasida iste`mol narxlari, masalan, Polьshada 9 baravar, Yugoslaviyada 13 baravar va Rossiyada 26 baravar oshdi.
Narxlarning bunday erkinlashuvidan xalqning qanday aziyat chekkanini va davlatning qanday ahvolga tushib qolganini o`zingiz bir tasavvur qilib ko`ring.
O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tar ekan, narx-navoni erkinlashtirishning o`ziga xos bo`lgan va o`zbekona deb aytilishi mumkin bo`lgan ikkinchi usulini tanladi. Balkim "tanladi" degan so`z bu erda mutlaqo to`g`ri ishlatilmagandir. Chunki mamlakatimizda respublika Prezidenti I.Karimovning shaxsiy rahbarligi va tashabbusi bilan narxlarni erkinlashtirishning o`ziga xos yondashuvlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Mazkur yondashuvlar narxlarni erkinlashtirishning "esankiratuvchi" usulini qat`iyan rad etgan holda, ularni asta-sekin erkinlashtirishni nazarda tutadi va bu bilan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni bozor sharoitiga moslashtirib boradi.
1992 yilning yanvaridan boshlab aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli choralarni avvaldan belgilab olgan holda narxlarni erkinlashtirish boshlandi. Chegaralangan doiradagi o ziq-ovqat va sanoat mahsulotlari narxlarining chegarasi davlat tomonidan belgilab qo`yildi. 1993 yildan boshlab mazkur tovarlar va xizmatlarning ro`yxati anchagina qisqartirildi va ulgurji baholarni davlat tomonidan tartibga solish batamom to`xtatildi.
1994 yilga kelib, deyarli hamma turdagi xomashyo va tovarlarga erkin baho o`rnatishga o`tildi va iste`mol narxlari ustidan davlat nazorati to`xtatildi. Shu narsani aytib o`tish joizki, narx-navoni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz sodir bo`ldi. Buning uchun arzonlashtirilgan davlat narxlari qo`llandi, aholining pul daromadlari oshirildi, eng kam ish haqi, nafaqalar va stipendiyalarning miqdori muntazam ravishda oshirib borildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahalla qo`mitalari orqali moddiy yordam ko`rsatish tizimi va imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo erkinligiga yo`l ochib berish iqtisodiyotda raqobatchilik muhiti yaratishni taqozo etadi. Zero, bozor munosabatlarining to`laqonli amal qilishi uchun, avvalambor, tovar va xizmatlarning narxini belgilashdagi yakkahokimlik (monopoliya)ga qarshi kurash choralarini amalga oshirish va bozor infratuzilmasini yaratish vazifalarini hal etish zarur edi.
Shu munosabat bilan respublika Moliya vazirligi tizimida monopoliyaga qarshi kurash siyosatini olib borish vakolatiga ega bo`lgan boshqarma tuzildi. Uning asosiy vazifasi etib yakkahokimlik mavqeiga ega bo`lgan korxonalarning mahsuloti bo`yicha narxlarni tartibga solib turish belgilandi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarining samarali amal qilishini ta`minlovchi tegishli infratuzilma bo`linmalari va sohalarini yaratishga kirishildi. Chunki respublikamiz Prezidenti I.Karimov ta`kidlaganidek, "bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz – tovar, pul bozorida va mehnat resurslari bozorida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`rtasida o`zaro aloqani ta`minlashi kerak bo`lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib bo`lmaydi".1)
Bozor infratuzilmasi deganda, bozor munosabatlarini samarali amal qilishini ta`minlovchi savdo-vositachilik bo`linmalari, moliya-bank tizimi, sug`urta, auditorlik va konsalting firmalari, transport, aloqa, axborot tarmoqlari kabi tuzilmalarni tushunmoq kerak.
Bozor infratuzilmasini shakllantirish uchun, avvalambor, korxonalarni fondlashtirilgan resurslar bilan ta`minlash tartibi mahsulotlarni erkin (kelishilgan) narxlar asosida xarid qilish bilan asta-sekin almashtirildi. Bunday sharoitda korxona va firmalarning o`zaro shartnomaviy aloqalarini o`rnatish muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur aloqalarni o`rnatish maqsadida respublika tovar-xomashyo birjasi tashkil etildi. Bu hol o`z navbatida brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari hamda vositachilik firmalarining paydo bo`lishiga olib keldi.
1994 yildan boshlab mamlakatimizda kredit resurslari bozori shakllanib, bozor munosabatlarining faollashuviga ko`maklasha boshladi. Kreditlarning tanlov asosida taqsimlanishi natijasi o`laroq moliya bozori shakllandi.
Moliya bozorining paydo bo`lishi va rivojlanishi o`z navbatida bozor munosabatlariga mos bo`lgan bank-kredit tizimini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo`ydi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda rejali iqtisodiyot hukmronligi davrida shakllangan bank tizimi qayta ko`rib chiqildi va mutlaqo yangi bir tizim shakllantirildi. Bank va bank muassasalari majmuasidan iborat bo`lgan mazkur tizimning jahon mamlakatlari xo`jalik amaliyotida ikki turi mavjud bo`lib, ular bir bo`g`inli va ikki bo`g`inli tizimlardir.
O`zbekistonda ana shu tizimlarning ikkinchisi, ya`ni ikki bo`g`inli bank tizimi yaratildi. Bunday tizim sharoitida Markaziy bank mamlakatda pul muomalasini tashkil qiluvchi va uning ustidan nazorat olib boruvchi asosiy bo`g`in vazifasini bajaradi. Mustaqil, biroq markaziy bank nazorati ostida faoliyat ko`rsatuvchi ixtisoslashgan (paxtabank, g`allabank, uy-joy jamg`arma banki va hokazo) va tijorat banklari ushbu tizimning ikkinchi bo`g`ini hisoblanadi.
O`tgan yillar tajribasi mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar munosabati bilan yaratilgan bank tizimining oqilona va samarali ekanini to`la tasdiqladi. Ixtisoslashgan va tijorat banklari mamlakatimizda bozorning faol ishtirokchilari sifatida pul orqali bozor ishtirokchilarining faoliyatiga daxldor vazifalarni hal qilishda qatnashmoqdalar va bozor munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqdalar.
Moliya bozorining to`laqonli amal qilishi uchun sug`urta tizimini qayta qurish va uni bozor munosabatlariga moslashtirish talab qilinar edi. Shuning uchun respublikaning davlat sug`urtasi qaytadan tashkil etildi va uning yangi sharoitdagi vazifalari belgilab berildi. Vaqt o`tishi bilan sug`urta tizimi ham takomillasha bordi va endilikda mamlakatimizda davlatga qarashli bo`lmagan 40 dan ortiq sug`urta kompaniyalari faoliyat ko`rsatmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida ishsizlik muammosi birmuncha keskinlashdi. Buning sababi ommaviy xususiylashtirishni amalga oshirish munosabati bilan nafaqat malakasiz kishilarni, balki muayyan mutaxassislikka ega bo`lgan xodimlarni ham vaqtincha ishsizlar toifasiga o`tib qolishidir. Mazkur holat mamlakatimizda ishsizlik muammosini engillashtirishga ko`maklashuvchi mehnat birjalarini paydo bo`lishiga olib keldi. Hozirgi kunda yirik korxonalarda o`nlab va har bir tumanda bittadan mehnat birjalari faoliyat ko`rsatib, ular ishsizlarni ishga joylashtirish va ularning sonini ko`payishiga yo`l qo`ymaslik choralarini amalga oshirmoqdalar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor infratuzilmasini yaratish - bu bir kunlik yoki bir yillik vazifa emas. O`tgan davr ichida mamlakatimizda bu tuzilma asosan shakllanib bo`lgani bilan uni islohotlarning yangi bosqichlarida muntazam tarzda rivojlantirib va takomillashtirib borish talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yüklə 272,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin