Oʻzbekiston respublikasida din va diniy tashkilotlar reja Kiris-fayllar.org
OʻZBEKISTONDA DAVLAT VA DINIY TASHKILOTLAR OʻRTASIDAGI MUNOSABATLAR. Inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy tashkilotlarning muhim o‘rni bor. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarda sub’ekt sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat va uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi.O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. SHu sababli davlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qo‘llab quvvatlaydi, jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida diniy tashkilotlar ko‘magiga tayanadi, ya’ni O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo‘lsada, jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.Bugungi kunda din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi fuqarolar va davlatning o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy tashkilotlar haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish vijdon erkinligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga xizmat qiladi.O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi».Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (cherkovlar, diniy jamiyatlar, eparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari, nashriyotlar) dir» deya ta’rif berilgan.Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida»gi federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi.Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli tashkilot hisoblanadi.Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etishlariga ko‘maklashishni maqsad qiladi.Qonunchilikda diniy tashkilotlarning bir necha turlari e’tirof etiladi. Unga ko‘ra, diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqa tashkilotlarga diniy tashkilot maqomi beriladi.Diniy tashkilot huquqiy jihatdan e’tirof etilishi uchun, avvalo, u qonuniy asoslarga ega bo‘lishi lozim. Respublikamizda tuziladigan diniy tashkilotlar ustav (nizom)i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning joylardagi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin.Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonuni va «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori asosida diniy tashkilot tuzish uchun to‘rtta muhim shartga amal qilish kerak. Unga ko‘ra diniy tashkilot tuzish uchun tashabbuskorlar:
-18 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim. Bu holat deyarli barcha davlatlarning qonunchiligida mustahkamlangan qoida bo‘lib, shaxs 18 yoshga to‘lgach o‘z xatti-harakatining mazmun-mohiyatini to‘liq anglab etadi va sudda da’vogar va javobgar bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.
+O‘zbekistonda muqim yashayotgan bo‘lishlari lozim. Diniy tashkilotda o‘tkaziladigan ibodat va rasm-rusmlar asosan shu hududda muqim yashovchi insonlarga mo‘ljallanadi. Bundan tashqari xorijda yashovchi insonning boshqa mamlakatda tashkil etiladigan diniy tashkilotni tuzishdan ko‘zlangan maqsadi har doim ham ezgu bo‘lavermaydi. Bunga yaqin o‘tmishimizda ayrim diniy ekstremistik oqimlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar misolida ham ko‘rish mumkin.
-O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishlari kerak.Bu esa, mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar shaxsning millati, dinidan qat’i nazar faqat O‘zbekiston xalqi tomonidan tuzilishi mumkin ekanini anglatadi. Lekin diniy tashkilotga a’zo bo‘lishda shaxsning biror davlatning fuqarosi bo‘lish-bo‘lmasligining unchalik ahamiyati yo‘q. CHunki, diniy tashkilotga a’zo bo‘lish vijdon erkinligining tarkibiy qismi bo‘lib, har bir shaxs bu huquqdan foydalanishga haqlidir.
-Son jihatdan 100 nafardan kam bo‘lmasliklari shart qilinadi.Respublikamizning dastlabki tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunining 13-moddasida diniy tashkilot kamida o‘n kishidan iborat o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi qayd etilgan edi. Diniy tashkilotlar jamoat birlashmalaridan ayrim jihatlarda farq qiladi va mas’uliyati ham kattaroq. SHu bilan birga qonunchilikda belgilangan qoidalar jamiyat rivoji va zamon talabi bilan o‘zgarishi muqarrar.Dunyo davlatlarining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchiligiga e’tibor qaratilsa, diniy tashkilot tuzish uchun zarur bo‘lgan tashabbuskorlarga qo‘yilgan minimal miqdor turlicha ekanini ko‘rish mumkin. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda 10 nafar, Polsha, Litvada 15, Latviyada 25, Vengriyada 100, Armaniston va Qirg‘izistonda 200, CHexiyada 300, Turkmanistonda 500 nafardan iborat fuqarolar tashabbusi bilangina diniy tashkilot tuziladi. Bu esa, diniy tashkilot tuzish borasidagi qoidalar har bir davlatning o‘z shart-sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishini ko‘rsatadi.Diniy tashkilot tuzilib, ustav (nizom)i qabul qilingach, u bir oylik muddatda Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Qaror asosida diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni adliya organlariga taqdim etadilar. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar tuzilgan diniy tashkilotning qonuniyligini o‘rganishga xizmat qiladi.Adliya organlari bir oylik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadi va tashkilot ustavini ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish yoki arizani inobatsiz qoldirish haqidagi qarorni qabul qiladi.«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi mumkin.Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta’sis yig‘ilishi tomonidan tuziladi.YUqorida aytib o‘tilganidek, Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish, diniy ta’lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat dasturlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat.