Ozbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurish mohiyati



Yüklə 140 Kb.
səhifə3/4
tarix04.02.2023
ölçüsü140 Kb.
#82797
1   2   3   4
Kadrlar tayyorlash milliy modeli

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», milliy dasturning maqsadi va vazifasi, kadrlar tayyorlash milliy modeli, kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari, tarbiyachi - pedagoglar oldiga qо‘yilgan talablar.
Mustaqil Rospublikamiz uchun yosh avlodni har tomonlama
yetuk inson qilib tarbiyalash xayotiy muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy farovonligi fuqarolarning aqliy va axloqiy salohiyati hamda ularning ma’naviy darajada yuksak rivojlanishiga bogliq.
Darhaqiqat, jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qо‘shilishini ta’minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni yetuk va malakali kadrlarsiz hal etib bо‘lmaydi. Shu bois Respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va vazifasi inson va uning har tomonlama usib ulg‘ayishi, kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini rо‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ularning ijtimoiy xulq atvorning andozalarini о‘zgartirishga qaratiladi.
Shuningdek, xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar, iqtisodiyot yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish masalasiga xam keng e’tibor qaratilmokda. Ayniqsa, О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning о‘ziga xos yо‘lini tanladi va kadrlar tayyorlash masalasiga aloxida ahamiyat karatildi. Bu borada xam qator chora - tadbirlar kо‘rildi va amalda qо‘llanildi.
Ma’lumki, 1992 yil iyul oyida Mustaqil О‘zbekistonning ilk «Talim tо‘grisidagi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta’lim tizimi uning asosiy yunalishlari, maqsad vazifalari, ta’lim boskichlari va ularning mohiyati kabi masalalar о‘z ifodasini topdi.
1997 yil yanvar oyiga kelib, «Ta’lim» tо‘grisidagi qonun va unda ilgari surilgan goyalarning amaliyotga tatbiqi, mavjud ahvol, yutuq va kamchiliklar о‘rganildi va tahlil etildi.
О‘tkazilgan tahlil natijalariga kо‘ra ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar aksariyat о‘rinlarda chuqur ilmiy asosga ega bо‘lmaganligi ma’lum bо‘ldi. Shu bois О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoniga asosan О‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim tо‘g‘rigida»gi qonunning yangi tahriri hamda «Kadrlar tayyorlash» milliy dasturini ishlab chikuvchi maxsus komissiya tarkibi tayinlandi. 1997 yilning iyul oyida xar ikki meyoriy hujjat mazmuni о‘rganib chiqildi va umumxalq e’tiboriga havola etildi.
Umumxalq muhokamasidan о‘tgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Rospublikasi qonuni talablariga muvofiq holda tayyorlangan bо‘lib, milliy tarbiyani, ta’lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy siyosiy hayotga mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘tri ola bilish qobiliyatiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir bо‘lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yо‘naltirilgandir.
Mazkur dastur kadrlar tayerlash milliy modelini ruyobga chiqarish, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy siyosiy, huquqiy, psixologik - pedagogik va boshqa sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Talim muassasalari xalh xо‘jaligining turli sohalari uchun tayyorlayotgan kadrlarning kasbiy mahorati, aqliy salohiyati, ijodiy qobiliyati hamda ma’naviy barqarorligiga qarab mustaqil О‘zbekistonni kelajagini kо‘rish mumkin degan g‘oya «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning yaratilishi uchun asos bо‘ldi. Shu bois mazkur xujjat respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini ochib beradi. Unda ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligini ta’minlash muhim ekanligi aloxida qayd etib о‘tildi.
1992 yilda О‘.zbekiston Respublikasining «Ta’lim tug‘risida » gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng о‘tgan davr mobaynida yangi о‘quv rejalari dasturlari darslik va qо‘llanmalar yaratildi, zamonaviy didaktik talablar asosida ta’limni tashkil etish yо‘llari, metod va vositalarini aniqlash va о‘quv muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish va akkreditatsiyalash ishlari amalga oshirildi, Respublika mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasb -hunar ta’limi qayta tashkil etildi.
Maktabgacha tarbiya sohasida yangi tashkil etilgan bolalar
bog‘chalari hamda «Bolalar bogchasi - maktab majmui», «Xususiy
bog‘chalar», «Internat bogchalar» tarmog‘i rivojlanib bormoqda.
Bolalarga chet tilini, xoreografiya, tasviriy va musiqa sanati,
kompyuter savodxonligi asoslarini va turli sport turlarini
о‘rgatuvchi 1000 dan ortiq guruhlar ochilgan.
Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. «Soglom avlod uchun», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari amalga oshirilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq о‘qituvchi mehnat qilmoqda, ularning 73% i oliy malumotli O`zbekiston oliy maktabi tizimi 50 dan ziyod oliy о‘kuv yurtini, shu jumdadan 16 universitet va 42 institutni о‘z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda. 16 universitetning 12 tasi О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng universitet maqomini oldi. Oliy ta’lim istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllashtirishga yunaltirilgan.
Ushbu maqsadni rо‘yobga chiqarish quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi;

  • birinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini respublikada amalga oshirilayotgan uzgarishlar va yangilanish jarayonlariga moslash;

  • ikkinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini oshirish.

  • uchinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish va akkreditatsiya qilish.

  • Tо‘rtinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorldsh sohasida о‘zaro
    hamkorlikii rivojlantirish.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari bosqichma - bosqich amalga oshirilib boriladi. Har bir bosqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. 1-bosqich (1997 – 2001) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubi», moliyaviy - moddiy shart - sharoitlar yaratish. 2 - bosqich (2001 -2005) - milliy dasturni tо‘lik rо‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlani va real ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda о‘ta aniqliklar kiritish. 3-bosqich (2005 va undan keyingi yillar) tо‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Milliy dastur asosini O`zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahondagi ilg‘or mamlakatlar darajasiga kо‘tarishga hissa qо‘shuvchi, dadil, mustaqil fikrli, bilimli malakali mutaxassis, ayni paytda ijobiy insoniy sifatlarga ega bо‘lgan kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonini tashkil etadi.
Komil inson hamda yetuk malakali mutaxassis milliy model mohiyatini ifoda etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiyadangina iborat bо‘lib qolmay balki, bir-biriga bog‘liq bо‘lgan kо‘pgina hayotiy bosqichlarni ham о‘z ichiga oladi. Milliy model bu shaxs davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chikarishning о‘zaro uzviy birligi va hamkorligi, ularning bir -biriga aloqasini aks ettiradi.
Ayniksa, uzluksiz ta’lim tiziminiig faoliyat olib
borishi davlat ta’lim standartlari ososida turli
darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi. Chunki uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bо‘lib, ta’limning barcha turlarini davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kо‘rsatish muhitini о‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror
topishi uchun eng qulay davr hisoblanadi. Mazkur davrda shaxs
fan asoslari hamda kasb - hunar ma’lumotlarini о‘zlashtiradi, komil inson va yetuk malakali mutaxassis qiyofasida aks etishi lozim bо‘lgai sifatlarga ega bо‘lib boradi. Demak uzluksiz talim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biridir. Uzluksiz ta’lim quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

  • Maktabgacha ta’lim.

  • Umumiy о‘rta ta’lim.

  • О‘rta maxsus kasb - hunar ta’limi.

  • Oliy ta’lim.

  • Oliy о‘huv yurtidan keyingi ta’lim.

  • Kadrlar malakasini oshirish va qayta tay yorlash.

  • Maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim turli yoshdagi bolalarni maktabga tayerlash bilan birga, ularni soglom, xar tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy psihologik, pedagogik shart- sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota - onalarga yordam beradi, unda о‘qitishga intilish hissini uygotadi
Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bо‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha bolalar ta’lim - tarbiyasiga qо‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq soglom va yetuk, maktabda о‘qishga tayyor tarzda shakllantirish maqsadini kо‘zlaydi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari:

  • bolalarni xalqning boy milliy madaniy – tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy
    axloqiy jihatdan tarbiyalash,

  • Bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik xislarini shakllantirish

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish ehtiyojini, о‘qishga intilishini shakllantirish, ularni muntazam musgaqil va erkin ifodalash malakalarini igakllantirish.

  • Bolalarning jismoniy na ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash.


Maktabgacha ta’lim muassasalari xududlarning demografik, ijtimoiy - iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etgish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yо‘nalishlariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi.
-bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi, (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifagida);
-bog‘cha maktab majmuasi;
-tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yunalishlarda rivojlantiradigan (til о‘rganish, badiiy-estetik, sport va boshqa yо‘nalishlar bо‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustivor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;
Sanitariya-gigiyena, profilaktika va soglomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi bolalar bogchasi;
Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasi (aralash turdagi muassasa tarkibiga soglomlashtiruvchi guruhlar turlicha mikdorda bо‘lishi mumkin).
Maktabgacha ta’limning turlari ota-onalar (ularning о‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlanadi.
Xulosa qilib aytganda, О‘zbekistonning о‘ziga xos bо‘lgan, takrorlanmas, buyuk urf - odat va an’analarimizga asoslangan eng asosiysi davr talablariga javob bera oladigan Kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.
Kadrlar tayyorlash buyicha milliy model о‘z ilmiy salohiyati va ahamiyati chuqur falsafiy - ma’naviy asosga ega ekanlgi bilan xalqaro mikyosda tan olindi va о‘z e’tiborini topdi.
"Ta`lim tugpisida"gi Qоnun 1997 yil 29 avgustdagi O`zbеkistоn Rеspublikasi Оliy Majlisining tukkizinchi sеssiyasida qabul kilingan.
Qоnun bеsh bоbdan va 34 ta mоddadan ibоpat. Bipinchi bоbda "Umumiy qоidalap" kupib chikilgan bulib, u 8 mоddadan tashkil tоpgan. 1-mоddada ushbu Qоnunning maqsadi kupsatilgan - ushbu Qоnun fukarоlarga ta`lim, tarbiya bеrish, kasb-хunar urgatishning huquqiy asоslarini bеlgilaydi хamda har kimning bilim оlishdan ibоrat kоnstituttsiyaviy huquqini taхminlashga karatilgan.
2-mоdda - "Ta`lim to`g`risidagi qоnun hujjatlari" da ta`lim to`g`risidagi qоnun hujjatlari ushbu Qоnundan хamda bоshqa qоnun hujjatlardan ibоratligi kupsatilgan. Agar O`zbеkistоn Rеspublikasining хalqarо shartnоmasida ta`lim to`g`risidagi qоnun hujjatlaridagidan o`zgacha qоidalar bеlgilangan bulsa, хalqarо shartnоma qоidalari qo`llaniladi.
3-mоddada "Ta`lim sохasidagi davlat siеsatning asоsiy printsiplari" kеltipilgan. Ta`lim O`zbеkistоn Rеspublikasi ijtimоiy tarakkiеti sохasida ustuvоr dеb eхlоn kilingan. Ta`lim sохasidagi davlat siеsatining asоsiy printsiplari kuyidagilardan ibоrat:
ta`lim va tarbiyaning insоnparvar, dеmоkratik haraktеrda ekanligi;
ta`limning o`zluksizligi va izchilligi;
umumiy o`rta, shuningdеk o`rta maхsus, kasb-хunar ta`limining majburiyligi;
o`rta maхsus, kasb-хunar ta`limining yo`nalishini: akadеmik litsеyda va kasb-хunar kоllеjida o`qishni tanlashning iхtiеriyligi;
ta`lim tizimining dunеviy haraktеrda ekanligi;
davlat ta`lim standartlari dоirasida ta`lim оlishning хamma uchun оchikligi;
ta`lim dasturlarini tanlashga yagоna va tabakalashtirilgan еndashuv;
bilimli bo`lishni va istехdоdni ragbatlantirish;
ta`lim tizimida davlat va jamоat bоshqaruvini uygunlashtirish.

Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin