10.2. Korporativ boshqaruvning mexanizmlari. Aksiyadorlar huquqining asosiy elementlari. Aksiyadorlarning huquqlari bu – korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bо‘lib, manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tartibga soladi.
Korporativ huquqning belgilari:
- korporativ huquq meyorlardan, ya’ni umumiy xarakterga ega bо‘lgan о‘zaro munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;
- korporativ huquq о‘zi bilan tashkilot faoliyatining barcha tomonlarini tartibga soluvchi meyorlar tizimini tashkil qiladi;
- korporativ meyorlar tashkilotning har bir a’zosi, korxonaning har bir xodimi uchun majburiydir;
- korporativ meyorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni о‘rnatish shakli sifatida korporativ hujjatlar xizmat qiladi;
- korporativ meyorlar korxonada qabul qilinadi va alohida mustaqil birlashma jamoasining irodasini ifodalaydi;
- korporativ meyorlar buzilganda, majbur qilish yо‘li bilan ta’minlanadi.
Korporativ meyoriy hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi shart:
- obyektiv haqqoniylikni aks ettirishi;
- amaldagi qonunchilikka zid kelmasligi;
- kompaniyaning barcha a’zolari va xodimlari uchun tushunarli bо‘lishi;
- meyorlarning betartib tо‘plamini tashkil qilmasdan, balki ma’lum bir tuzilmaga ega bо‘lishi;
- barcha zarur rekvizitlarga ega bо‘lishi.
Korporativ boshqaruvning global andozalari:
- moliyaviy hisobotning halqaro andozalari (XX asr 90 - yillarining ikkinchi yarmi);
- Jahon Bankining korporativ boshqaruvning holatini yaxshilash global dasturi turli mamlakatlarda korporativ boshqaruvning va kompaniyalar faoliyati haqidagi axborotlarni oshkora qilish milliy tizimlarini sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgandir (1998);
- Birlashgan millatlar tashkilotining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Kengashi tomonidan 1999 yil may oyida qabul qilingan Korporativ boshqaruv tamoyillari.
Korporativ boshqaruv kodeksi – ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar va ichki meyorlar yig‘indisi bо‘lib, korporativ munosabatlarning tartibini о‘rnatadi va tartibga soladi. Kodeks korporatsiyadagi korporativ boshqaruvning barcha muhim elementlariga taaluqli bо‘lgan asosiy meyorlardan va tavsiyalardan tarkib topishi kerak. Emitentlarning Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi qimmatli qog‘ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga intilishidir.
Korporativ huquq bu – korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bо‘lib, manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tartibga soladi.
Korporativ huquqning belgilari:
- korporativ huquq meyorlardan, ya’ni umumiy xarakterga ega bо‘lgan о‘zaro munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;
- korporativ huquq о‘zi bilan tashkilot faoliyatining barcha tomonlarini tartibga soluvchi meyorlar tizimini tashkil qiladi;
- korporativ meyorlar tashkilotning har bir a’zosi, korxonaning har bir xodimi uchun majburiydir;
- korporativ meyorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni о‘rnatish shakli sifatida korporativ hujjatlar xizmat qiladi;
Korporativ boshqaruvning andozalari:
- Kedberi kodeksi, 1991 yilda Buyuk Britaniyada Adrian Kedberi rahbarligidagi Qо‘mita tomonidan tayyorlangan. Qо‘mita Moliyaviy axborotlar kengashi, London fond birjasi va hisobxona xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan tuzilgan;
- 2000 yil yanvarida Germaniya korporativ boshqaruv bо‘yicha guruh tomonidan eng ilg‘or amaliyotdagi nemis korporativ boshqaruv kodeksi yaratilgan;
- Fransiya xususiy korxonalar uyushmasi milliy kengashi va Fransiya korxonalari harakati tomonidan tashkil etilgan guruh, M.Vyeno raislik qilgan Korporativ boshqaruv bо‘yicha qо‘mitaning tavsiyalari (1995 va 1999 y.);
- Gretsiya korporativ boshqaruv tamoyillari 1999 yilda Moliyaviy bozorlar bо‘yicha qо‘mita tomonidan tayyorlangan;
- “Jeneral Motors” Direktorlar Kengashi tomonidan 1994 yilda tayyorlangan “AQShda korporativ boshqaruvning asosiy yо‘nalishlari va muammolari” tezislari;
- Dunyoda eng yirik nafaqa fondi va yetakchi institusional investorlardan biri bо‘lgan “Istefoga chiqqan fuqarolik xizmatchilar Kaliforniya nafaqa fondi” tomonidan 1998 yilda ishlab chiqilgan “AQShda korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va yо‘nalishlari”;
- Braziliya korporativ boshqaruv instituti tomonidan 1999 yilda tayyorlagan “Lozim darajadagi amaliyot kodeksi”;
- Hindiston sanoat konfederatsiyasi tomonidan 1998 yilda taqdim qilingan “Tavsiya qilinuvchi korporativ boshqaruv kodeksi”;
- Malayziya Oliy moliya qо‘mitasi tomonidan 1999 yilda taqdim etilgan “Korporativ boshqaruv kodeksi”;
- Gonkong fond birjasi tomonidan 1989 yilda (keyinchalik tо‘ldirilgan) taqdim etilgan “Eng afzal amaliyot kodeksi va umumjamoa kompaniyalarning direktorlari uchun tavsiyalari”;
- Meksika tadbirkorlik muvofiqlashtirish kengashining Korporativ boshqaruv bо‘yicha qо‘mitasi 1999 yilda taqdim qilgan “Eng afzal amaliyot kodeksi”;
- Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Tadbirkorlik palatasi va Yoxannesburg fond birjasi qо‘llab -quvvatlashida JAR Direktorlar instituti tomonidan 1994 yilda taqdim etilgan “Korporativ amaliyot va munosabatlar kodeksi”.
Korporativ boshqaruv (xulq) kodeksi quyidagilarga talab qо‘yishi kerak:
- emitent ustav hujjatlariga;
- emitent dividend siyosatiga;
- emitent aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini chaqirish va о‘tkazish tartibiga;
- ishonchnomalar bilan ovoz berish tartibiga;
- kuzatuv kengashini shakllantirish qoidalariga;
- kuzatuv kengashi faoliyatining qoidalariga;
- kuzatuv kengashi a’zolariga taqdirlashni belgilash tartibiga;
- mustaqil auditor faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibiga;
- insayderlik axborotlari ishlatilgan bitimlar va shuningdek manfaatdorlik mavjud bо‘lgan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan ichki nazorat qilish tartibiga;
- emitentning qayta tashkil qilinishi va tugatilishi bilan bog‘liq qarorlarning qabul qilinishi va muvofiq axborotlarni berish tartiblariga;
- qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va korporativ harakatlarni amalga oshirish (aktivlarni katta hajmda sotib olish va sotish, kompaniyalarning birlashishi, qо‘shib olinishi) bо‘yicha qarorlarning qabul qilinish tartibiga;
- emitentning davlat hokimiyat organlari va mahalliy о‘z - о‘zini boshqarish organlari bilan о‘zaro munosabatda bо‘lish tamoyillariga.
Yuqoridagi korporativ boshqaruv institutlari tomonidan korporativ munosabatlar kurib о‘tilganidan sо‘ng korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun takliflar tizimi ishlab chiqildi. Buni biz qо‘yidagi jadvlda kurishimiz mumkin: