Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi hizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi
Davlat va jamiyat
Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishni kafillari
Uzluksiz ta’lim
Malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat va ta'lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi
Fan
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg'or pedagogik axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi
Ishlab chiqarish
Kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek ularni tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayoninig qatnashchisi
Ta'lim yo'nalishida murojaatnomada belgilangan vazifalar quyidagicha bo'ldi:
Maktab bitiruvchilarining oliy ta'limga qamrovi 25 foizdan 50-60 foizga etkaziladi;
OTM davlat granti asosida qabul ikki barobar oshiriladi, shuningdek, qizlar uchun alohida davlat grantlari joriy etiladi;O'qishga kirish soddalashtiriladi;
Ona tili bo'yicha bilimlarni baholashning milliy test tizimi paydo bo'ladi; Mutaxassislikka aloqasi bo'lmagan fanlar soni ikki baravarga kamayadi;
Oliy ta'lim o'quv jarayonida kredit-modul tizimi joriy etiladi; Pedagogik ta'limning 6ta yo'nalishi bo'yicha o'qish muddati 3 yil etib belgilanadi;
10ta OTM o'zini-o'zi moliyalash tizimiga o'tib, kamida 5ta OTM transformasiya qilinadi
Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni bog'chalarga qamrab olish ko'rsatkichini 60 foizga etkazish ko'zlanmoqda. Shu bilan birga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish davom ettiriladi. Shu maqsadda 130 mlrd so'm mablag'ajratiladi. 2020 yilda 36ta yangi maktab qurilib, 216tasi kapital ta'mirdan chiqariladi. Ushbu ishlarga esa 1,7 trln so'm mablag'sarflanishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda 55ta xususiy maktab tashkil etilishi, ularning respublikadagi umumiy soni 141taga etkazilishi bildirildi. Yuqori malakali o'qituvchilar maoshini yanada oshirish masalasi davom etadi. Professional kasb-hunar ta'limda yangi tizim yo'lga qo'yiladi: 340ta kasb-hunar maktabi, 147ta kollej va 143ta texnikum tashkil etiladi. Milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi, natijada 9000ga yaqin kasblar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.