O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar mazmun-mohiyati



Yüklə 25,07 Kb.
tarix16.02.2023
ölçüsü25,07 Kb.
#84490
6azJY7iSlpRhvx7CZVMr4FrlO2KYxIFeysQA0x6S (2)


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar mazmun-mohiyati
Hozirgi kunda pedagoglarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, ularga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, taʼlim sohasiga oid qabul qilingan maʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish asosiy masalalardan bir hisoblanadi. Shu sababli ular normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va kasbiy faoliyatida foydalana olish koʻnikmalariga ega boʻlishlari lozim.
Normativ-huquqiy hujjat nima?
Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat “Normativ-huquqiy hujjat” hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari egadir.
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Soʻnggi yillarda taʼlim sifatini oshirish maqsadida bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjatlar bilan birinchi navbatda oʻqituvchilar vazifasiga kirmaydigan ishlardan ozod qilindi. Oʻz ustida ishlaydigan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish uchun ularga imkoniyatlar berildi. Chet tili oʻqituvchisi uchun qoʻshimcha ustama, olis hududlardagi maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga ish stajiga koʻra ustama, taʼlim sifati yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun maxsus ustama, olis hududlarga borib ishlaydiganlar uchun uy-joylarni ijaraga olganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari, S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat uchun toʻlovlar shular jumlasidan.
Hususan, 2020-yil 23-sentyabrda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Yangi tahridagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat boʻlib, unda taʼlimning maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari taʼlim turlari koʻrsatib oʻtilgan. Qonunda, shuningdek, har bir taʼlim turining tarkibiy qismlari va bosqichlari atroflicha tasniflangan.
Aslini olganda ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar juda ham ko‘p. O‘qituvchi ularning barini bilib olishga jismoniy imkoniyati yetmasligi mumkin. Lekin, ular o‘zlari ko‘p bora to‘qnash keladigan va kasbiy faoliyatlariga doir normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishlari talab etiladi. Demak, ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 187-sonli qarori. Mazkur qaror bilan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3907-sonli qarori. Aynan mana shu qaror bilan xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish, xalq taʼlimi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna boʻlishini tashkil etish hamda oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qat’tiyan taqiqlandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5538-sonli Farmoni. Farmonda 2019-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari reytingini joriy qilish, maktablarda kuzatuv kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, umumta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish davriyligi ularning reytingda egallab turgan o‘rniga bog‘liq bo‘lishi belgilash va boshqa o‘zgarishlar haqida aniq ko‘rsatmalar berilgan.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3931-sonli qarori. Ushbu qaror bilan 2018-yil 1-noyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilgan. Shuningdek, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va ko‘chmas mulkini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlash, o‘qituvchilarning o‘z kasb faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsh to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 997-sonli qarori. Ushbu qaror bilan ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish va xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Bunda PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.
6.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori 352-sonli qarori. Mazkur qaror pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qoʻyish, taʼlim jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Qaror bilan maktablarni tekshirishga vakolatli organlar va taraflarning huquq va majburiyatlari aniq mezonlar bilan belgilab berilgan.
7.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 823-sonli qarori. Ushbu qaror pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularga qo‘shimcha ustamalar to‘lash va ularni mukofotlash maqsadida qabul qilingan bo‘lib, unda pedagog xodimlarni rag‘batlantirish yo‘nalishlari aniq mezonlar bilan belgilab berilgan.
8.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 558-sonli qarori. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish, oʻquvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik, zamonamiz qahramonlari - yoshlarga ibrat timsoli, maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash kabi 5 ta yoʻnalishlar belgilandi.
9. 1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44-sessiyasida qabul qilgan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya. Mazkur Konvensiya 54 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda bolalarning huquqlari. Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar 18 yoshga etmagan bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o‘ziga xos huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo‘yicha. Ta’lim to‘g‘risida (7-modda), zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida (19-modda), tenglik, fikr va so‘z erkinligi to‘g‘risida (13-modda), dam olish va hordiq chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash (24-modda), davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar.
10. 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son qonun. Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunda bola (bolalar), bolaning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik, yetim bola, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar kabi tushunchalarga to‘liq ta’rif berib o‘tilgan.
Konventsiyada birinchi marta bola Konventsiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar “hurmat qilish va kafolatlash” talab qilinadigan huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatning juda himoyasiz a’zosi ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini ko‘rsatadi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o‘ziga xos huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo‘yicha.
Ta’lim to‘g‘risida (7-modda), zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida (19-modda), tenglik, fikr va so‘z erkinligi to‘g‘risida (13-modda), dam olish va hordiq chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash (24-modda), davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi.
O‘zbekistonda bola huquqlari quyidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinishi bilan «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 22 apreldagi PQ-4296-sonli qaroriga binoan Ombudsman hozirda o‘z o‘rinbosariga – bolalar huquqlari bo‘yicha vakilga ega.
Yüklə 25,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin