7-variant
O’zbekiston Respublikasida valyuta tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
2017-yilda O‘zbekistonda keng miqyosli moliyaviy islohotlar amalga oshirilishi kutilmoqda. 2016-yil noyabrida “Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaror Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uchun chop etildi. Hujjat mamlakatda valyuta siyosatini keng miqyosda liberallashtirilishini nazarda tutadi. Mazkur hujjat va u nazarda tutadigan islohotlar jahon matbuotida ham aks sado bermoqda. Jumladan, Qozog‘istonning “365info.kz” sayti moliya va iqtisodiyot sohasi ekspertlarining bu boradagi fikrlarini o‘rganib chiqdi.
“Hujjatning asosiy jihati — milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan kursini faqat bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash”, — deb ta’kidlanadi materialda.
“Bugun bank operatsiyalari va so‘mni chet el valyutasidagi o‘tkazish masalalari biznes uchun katta muammolar tug‘dirmoqda, bundan turistlar hamda mamlakatning oddiy fuqarolari qiynalmoqda. Chet el kompaniyalari daromadni konvertatsiyalab, olib chiqib bo‘lmagani uchun tavakkal qilgisi kelmaydi. Shuning uchun, aytaylik, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 800 ta firma va tashkilot ishlamoqda, qo‘shni Qozog‘istonda esa ularning soni 20 mingta”, — so‘zida davom etadi material muallifi.
Valyuta siyosatining liberallashuvi qanday kechadi?
Endilikda mamlakatdan 10 ming dollargacha olib chiqish mumkin, 2 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni esa deklaratsiyaga kiritish shart emas. Shuningdek, plastik kartalar yordamida valyutada tovar sotib olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Biznes uchun valyuta ayirboshlash va chet elliklar bilan savdo munosabatlari o‘rnatishdagi taqiqlar olib tashlanadi. Qonun yakka tartibdagi tadbirkorlarga tovar va xizmatlar importi uchun to‘lovni yuridik shaxs yaratmasdan amalga oshirishga ruxsat beradi.
Eksportchilar va importchilar ichki bozorda valyuta xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi. Chet el firmalari uchun ham katta imkoniyatlar ochiladi — O‘zbekiston norezidentlari mamlakat banklarida hisob ocha oladi.
Asosiysi — valyuta tushumi majburiy sotilishi bekor qilinadi.
“Ammo bu chora birdaniga amalga kiritilmaydi — valyuta tushumining majburiy sotilishi saqlanib qoladigan ayrim tovar va xizmatlar ro‘yxati bo‘ladi. Davlat bu ro‘yxatni ‘butunlay bekor qilinguniga qadar’ qisqartirib boradi. Boj va yig‘imlar oldingiday so‘mda to‘lanadi. Divident va daromadni esa xorijiy valyutada to‘lashga ruxsat etiladi”, — deyiladi maqolada.
So‘mni devalvatsiya kutyaptimi?
Materialda ta’kidlanishicha, ekspertlar yuqoridagi qonunchilik tashabbusi hamda u nazarda tutgan islohotlarga turlicha baho bermoqda — pessimistlar ham, optimistlar ham bor.
Navro‘z Xurramov, moliyaviy tahlilchi:
“Nazariy nuqtai nazardan, loyihada ta’riflangan barcha choralarning amalga oshirilishi va tatbiq etilishi o‘rta istiqbolda O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojiga jiddiy turtki berishi, bu esa iqtisodiyotdagi qator muammolarni hal qilishi mumkin. Qisqa istiqbolda esa, o‘ylaymanki, valyuta siyosatining bunday liberallashuvi hamda iqtisodiyotda valyuta nazoratining samarador bozor mexanizmiga o‘tilishi og‘riqsiz kechmaydi. Odatda bunday o‘tish valyuta kursi vaqti-vaqti bilan keskin o‘ynashiga, shuningdek, bank va birja konversion operatsiyalarida vaqtinchalik uzilishlar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Lekin tan olish kerakki, mavjud valyuta siyosatining liberallashuvidan keladigan ijobiy ta’sir vaqt jihatdan ham, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi miqdoriy ko‘rsatkichlarda ham cheklangan bo‘ladi, negaki bu qadam iqtisodiyotdagi jiddiy muammolarning bittasi hal etilishiga olib keladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston iqtisodiyoti uzoq istiqbolda barqaror rivojlanishga turtki olishi uchun boshqa struktur o‘zgarishlarga ham muhtoj”.
Yuliy Yusupov, iqtisodiyot bo‘yicha mustaqil ekspert:
“Aftidan, nihoyat milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etiladi.
So‘mning rasmiy kursi devalvatsiya qilinadi. Muvozanatga solingan kurs dollarga 5–7 ming so‘m bo‘ladi (Markaziy bank va hukumatning boshqa harakatlari bilan bog‘liq ravishda). Valyuta kreditlari bor bank va korxonalar, rasmiy konvertatsiya ruxsatini olgan ayrim importchilar jabr ko‘radi.
Qolgan hamma va umuman iqtisodiyot yutadi”.
Mikrokredit tashkilotlari va ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
O'zbekiston Respublikasida nobank kredittashkilotlarining, shu jumladan, mikrokredit tashkilotlarinifaoliyat yuritishi va tegishli xizmatlami ko'rsatishi uchunyetarli darajadagi tashkiliy-huquqiy baza yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mikrokredittashkilotlari o'z faoliyatlarini yolga qo'yishlari va olibborishlariga asos bolib hisoblanadi. Mikrokredit tashkilotiatamasi “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida quyidagicha izohlanadi:
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasidaxizmatlar ko'rsatish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchiva ushbu qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkilotlari tijorat tashkiloti sifatida tijoratbanklarida hisob raqamlarini ochish orqali faoliyatiniamalga oshiradi. Hisobvaraqlami ochish, yopish, boshqabanklarga ko‘chirish Markaziy bankning tegishliу о ri-qno malari asosida amalga oshiriladi.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug'urta, savdo-vositachilik kabi faoliyatlar bilan bevosita shug4illanishgahaqli emas. Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagimikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
- mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
- qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
- mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtiroketadigan mikrolizing (moliya ijarasi) berish;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagimikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan iste’molkreditlari berish kabilar shular jumlasidandir.
Shu ofrnda mikrolizing, mikrokredit va mikroqarzga O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalashto‘g‘risida”gi qonunida berilgan ta’rifni keltirib o’tamiz.
Mikrokredit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatiniamalga oshirish uchun eng kam ish haqining mingbaravari miqdoridan oshmaydigan summada tolovlilik,muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pulmablaglaridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablaglarinishartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatishshartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.
Mikroqarz - mikrokredit tashkilotlari tomonidanjismoniy shaxs bolgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summadamuddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomadanazarda tutilgan hollarda esa tolovlilik sharti asosida hamberiladigan pul mablaglaridir.
Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchitashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig'iga binoanuchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda unga egalik qilishva foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomadabelgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazardatutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatiniamalga oshirish uchun lizing to'g'risidagi qonunhujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki mingbaravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.
Mamlakatimizda keyingi paytlarda aholiga mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar berish borasida banklarbilan bir qatorda mikrokredit tashkilotlari ham o'zxizmatlarini kengaytirib bormoqdalar.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar,mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlarko'rsatish bilan bogliq maslahat va axborot xizmatlariko'rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti:
- qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik vajismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;
- jismoniy shaxslardan qarz mablaglarini jalb qilishga,bundan o'z muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari)mustasno;
- o'z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlari-ning) majburiyatlari bo'yicha kafil bolishga yoki kafolatberuvchi bolishga, shuningdek, ularga o'z majburiyatlaribajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdimetishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunhujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
- mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kammiqdorini belgilaydi;
- moliyaviy va kassa operatsiyalarini amalga oshirish,buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini,shuningdek, iqtisodiy normativlami belgilaydi;
- kо ‘rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchunfoizlami hisoblash tartibini tasdiqlaydi;
- mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi vaulaming faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlarito‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarinibartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bolganko'rsatmalar beradi;
- mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdanotkazishga doir talablami belgilaydi;
- mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbariningmalakasiga doir talablami belgilaydi;
- mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredittashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari vabelgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, ustavfondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigachajarima undiradi;
- mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviyoperatsiyalar olkazishni uch oygacha bolgan muddatgacheklaydi;
- mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishinito'xtatib turadi yoki tugatadi.
Depozitlar jalb qilish bo‘yicha passiv operatsiyalar.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini bankka jalb qilish bilan bogʻliq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarning 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari oʻzlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bogʻliq boʻlib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini taʻminlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim.
Depozit operatsiyalarni subyektlari boʻlib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:
davlat korxona va tashkilotlari;
moliya, sugʻurta, investitsion va trast kompaniyalar;
xususiy korxona va tashkilotlar;
aksioner kompaniyalar;
banklar va boshqa kredit muassasalari;
qoʻshma korxonalar, kooperativlar;
jamoa tashkilotlari va fondlar;
alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari ishtirok etadilar.
Depozit operatsiyalarining obyekti ehtiyojdan ortiqcha pul mablagʻlari (qoʻyilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi boʻlib, balans likvidliligi, mijozlar moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarini depozit siyosatini amalga oshirish orqali taʻminlanadi, yaʻni:
depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak;
bank balansi likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak;
depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qoʻyilmalarga eʻtibor qaratish lozim;
depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bogʻliq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini koʻrish zarur va b.
Pul qoʻyuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga boʻlinadi:
1. Yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qoʻyilmalari;
2. Jismoniy shaxslar qoʻyilmalari.
Mablagʻlarni olish shakliga koʻra depozitlar quyidagilarga boʻlinadi:
muddatli depozit mablagʻlari;
talab qilib olingunga qadar depozit mablagʻlari;
aholining jamgʻarma qoʻyilmalari.
Oʻz navbatida, bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablagʻlari ularning muddatidan kelib chiqib:
3 oy muddatgacha depozitlar;
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
12 oydan yuqori boʻlgan depozit mablagʻlariga tasniflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar hamda depozit hisobvaraqlarining boshqa turlarini ochish huquqiga egalar.