O'zbekiston Respublikasining " Ta'lim to'g'risidagi qonuni" va uning mohiyati
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
2-modda.Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
4- modda Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
3- modda davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etish
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul qilingan bo`lib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob bermay qolgan edi. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat bo`lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta`lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta`limning turlari, shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, ta`lim-tarbiya ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ta`minlashdan iboratdir
5- modda.Ta’lim olish huquqi Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Ta’lim olish huquqi: ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish; ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish; ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish
8- modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
9- modda.Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
10- modda.Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi: boshlang‘ich professional ta’lim; o‘rta professional ta’lim; o‘rta maxsus professional ta’lim.
11-modda. Oliy ta’lim Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Qonunning asosiy jihatlaridan yana biri shuki, mamlakatimizda ta`limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta`lim va tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi. Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiyiqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
Oliy ta’lim o‘zi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy o‘rta, o‘rta hunar texnika, o‘rta maxsus ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun saralash va o‘qishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi.