sog’lig’i majburiy sug’urta qilinishi kerak. Qutqaruvchilarning hayoti va sog’lig’ini
majburiy sug’urta qilish tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat
shartnomasi (kontrakt) bilan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog’ida
jabrlangan qutqaruvchilari ish beruvchilarning mablag’lari hisobidan bepul tibbiy
xizmat ko’rsatilish va sanatoriy-kurortda davolanish huquqiga ega.
Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hamda
qutqaruvchi bo’lmagan fuqarolarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini
bajarishi munosabati bilan sog’lig’iga zarar yetkazilgan yoki ular vafot etgan taqdirda,
tegishincha shu shaxslarga yoki vafot etgan shaxsning oilasiga zararning o’rni qoplanadi
hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda bir yo’la beriladigan
nafaqa to’lanadi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat
shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlovchilar jumlasidan bo’lgan qutqaruvchilari
umumiy belgilangan yosh o’n yilga kamaytirilgan holda imtiyozli pensiya olish
huquqiga ega.
Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida qutqaruv xizmatlari va professional
qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga tegishli ratsion va normalar bo’yicha
davolash-profilaktika oziq-ovqati beriladi.
Qutqaruvchilarning mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolarining boquvchisini
yo’qotganlik uchun pensiya ta’minoti qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlari va tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari
qarorlariga binoan qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining
qutqaruvchilarini, shuningdek bu xizmatlar va tuzilmalarning tarkibiga kirmaydigan
qutqaruvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishning ushbu Qonunga zid bo’lmagan
qo’shimcha kafolatlari belgilanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: