Xalq banki xodimlari doimo o'zlariga yangi g’oyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilaydilar. Hozirgi paytda ular mijozlarga xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga o’tishini, respublikada eng yirik bank raqobat o'rniga erishishini, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar bozorining ko'rsatkichlari bir qator investitsiya jozibadorligini va yetakchi o'rinlarda kirishishini ta'minlanishiga harakat qilmoqdalar.
Bank Tarixi.
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda.
355 ta 24/7/365 — rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ faoliyat yuritmoqda.
Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun bankomatlar sonini oshirish va ularning doimiy ishchi holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo‘yicha joylarda 1 289 ta bankomatlar faoliyat yuritmoqda.