Davlat xizmati davlat organlari tomonidan boshqaruvning qadrlar funksiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi shaxslarning faoliyatidir. Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.
Biz yangicha mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, xalol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq qadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratish ustida jiddiy ishlaymiz.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda davlat xizmatchilari o‘rtasida sansalorlik va mas’uliyatsizlik holatlariga butunlay barham berish uchun biz qat’iy ko‘rash olib boramiz.
Rahbarlar faoliyatiga, ularga bo‘lgan ishonch va aholini uylantirayotgan muammolarni samarali xal etish darajasidan kelib chiqqan holda, xalqning o‘zi baho beradi.
Fikrimizcha, davlat xizmatining umumiy jihatlarini tartibga solish uchun «O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunda davlat xizmatini o‘tash haqidagi bob kiritilib, alohida moddalar bo‘yicha davlat xizmatiga kirish tartibi, davlat xizmatchilarining attestatsiyasi, ularni rag‘batlantirish, davlat xizmatchilarining javobgarligi masalalari belgilab qo‘yilishi lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev lavozimga kirishish tantanali majlisidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Oldimizga qo‘ygan maqsad-muddaolarga etish uchun qadrlarning amaliy zahirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim masalalarini o‘z ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb o‘ylayman.
Asosiy vazifa bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o‘ylangan, har tomonlama to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat.
Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali qadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur»[5].
Shunday qilib, Harakatlar strategiyasida davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish davlat xizmati faoliyatining to‘g‘ri va samarali faoliyat yuritishida katta ahamiyatga ega ekani ta’kidlab o‘tiladi.
Demokratik yangilanishlar jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini xal etishga qaratilgan 250 dan ziyod qonunlar, yuzlab farmonlar va hukumat qarorlari qabul qilindi. Ushbu keng ko‘lamli huquqiy baza bu tashkilotlarning davlat organlari bilan teng muloqot olib borishi, huquqiy munosabatlarda kafolatli ishtirok etishining zamini bo‘ldi.
Davlat bilan xususiy sektor tuzilmalari hamkorligining markazida inson va fuqaroning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohadagi manfaatlarini ta’minlash masalasi turadi.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari fuqarolarning ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, ijtimoiy ta’minot tizimidan foydalanish, buzilgan huquqlarini tiklash kabi qator sohalarda huquq va erkinliklarini ta’minlashda davlat organlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda vositachi va ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda.
Bu yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy negizlarini yanada mustahkamlash maqsadida 2014 yilda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi, shuningdek, gumanitar muammolarini xal etish, aholi turli qatlamlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tuzilmalarining davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralarini belgilash bo‘yicha huquqiy mexanizmlarini yaratadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish. Davlat boshqaruvi idoralarining aholi bilan aloqalarini kuchaytirish, hamkorlik mexanizmlarini yaratish muhim. Bir tomondan, aholini davlat boshqaruv organlari faoliyatidan muntazam ravishda xabardor qilib turish, ikkinchi tomondan, mahalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga (qarorlar loyihasining muhokamasiga, mahalliy referendumlarga) keng jalb etishni yo‘lga qo‘yish davr talabi. Shuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ boshqaruvni yaqinlashtirish, ular nisbatining oqilona mezonlarini belgilashda muhim o‘rin tutadi.
Inson va fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlarini kafolatlashning tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasiga binoan: «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir»[6].
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari ular faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda amalga oshirilishi bugungi kunga kelib eng maqbul yo‘l sifatida baholanmoqda. Amalda mavjud bo‘lgan davlat xizmatlarini fuqarolarga, yuridik shaxslarga va davlat organlarining o‘ziga ko‘rsatishning yangicha tizimini amalga oshirish har qanday zamonaviy demokratik davlatning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
2014 yil 5 mayda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini, ular faoliyati haqidagi axborotlardan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholining (axborotdan foydalanuvchilarning) keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
Qonunning asosiy vazifalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlash; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati haqidagi axborotlarni olishga bo‘lgan huquqni kafolatlash; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati haqidagi axborotlarning tarqatilishi tartibini belgilashdan iborat. Shunday qilib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini erkinlashtirish, ularni xalq extiyojlari va manfaatlariga yaqinlashtirish, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorligini rivojlantirish, hech shubxasiz, pirovardida davlat apparati faoliyati samaradorligini oshirishga, davlatning jamiyat manfaatlariga yanada ko‘proq xizmat qiluvchi institutga aylantirishga qulay imkoniyat yaratadi.
Xozirgi davrda xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlatnotijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.[7] O‘zbekiston Respublikasida mazkur soha taraqqiyoti uchun qator tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bugungi kunga kelib kariyb ellikka yaknn qonun va qonunosti hujjatlari davlat va xususiy sektor faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va ulardan foydalanishni tartibga solib kelmoqda.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz rivoji va islohotlarning muvaffaqiyatli kechishi ko‘p jihatdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqka sifatli va tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatishi, bu borada uz faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va o‘z navbatida bu jarayonlardan keng aholining xabardorligi, ularga daxldorligida namoyon bo‘ladi.
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Reslublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiya qilish va barcha sohalarni erkinlashtirishdan iborat ekani haqidagi fikrlari o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Davlat boshqaruviga elektron hukumat tizimini yanada kengroq joriy etish lozim. Bu tizim vositasida davlat miqyosida idoralararo va boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi, avtomatlashtirilgan axborot-malumot tizimi, Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish servisi hamda axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish amalga oshiriladi. Natijada davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy tartib-tamoyillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron shaklda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi. Elektron hukumat quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yuritadi: davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat xizmatlarining hammabopligi, axborotning muhofazalanganligi, ma’muriy axborotning elektron tahlil etilishi, davlat organlariiing o‘zaro kelishilgan tarzda harakatlanishi, davlat organlari faoliyatining sifat jihatidan muttasil yaxshilanishi va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni, avvalo, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur»[8], deb ta’kidlagan edi,
«Elektron hukumat» tizimi Prezidentimizning yuqoridagi fikrlarini amaliyotga samarali tadbiq etishda muhim o‘rin egallamoqda. Xususan, u davlat boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini fuqarolik jamiyati sub’ektlariga tez va samarali, asosiysi qulay etkazishga xizmat qiladi.
Elektron hukumatning yaratilishi:
hukumatning qaror qabul qilishda ochiq-oydinligi va hisobdorligini ta’minlaydi hamda shu orqali korrupsiya xavfini pasaytiradi;
axborot olish erkinligini oshiradi (qonunlar va boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlar, statistiq va boshqa axborotlar);
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hayotidagi keng ishtirokini ta’minlaydi;
kichik va o‘rta biznesning turli chiqimlari (vaqt, yo‘l va boshqa harajatlar)ni kamaytiradi;
xalqning davlat boshqaruv organlariga murojaatlarini osonlashtiradi hamda ushbu murojaatlarning ko‘rib chiqilishini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;
murojaat jarayonida taqdim etiladigan hujjatlarning maksimal qisqarishi orqali turli byurokratik to‘siqlarga barham beriladi;
davlat xizmatlaridan foydalanishda eskirgan ko‘p bosqichlilik tizimidan emas samarali va tezkorlikka asoslangan mexanizmdan foydalaniladi;
elektron ko‘rinishda murojaat qiluvchi shaxsga o‘ziga qulay bo‘lgan joydan murojaat qilishdek qulayliklar yaratadi.