O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
fuqarolik

yolg‘iz ota yoki ona
— bolani tarbiyalayotgan ota (ona), basharti bolaning tug‘ilganligi 
to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa yoxud 
bunday ma’lumotlar tarbiyalayotgan otaning (onaning) so‘zlariga asosan kiritilgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
identifikatsiyalovchi ID-kartasi 
(bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb 
yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va 
fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir 
biografik va biometrik ma’lumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladigan 
hujjat; 
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuniga 
asosan 
oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-
son)


tirikchilikning qonuniy manbai
— ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, tadbirkorlik 
faoliyatidan yoki mulkdan olingan foyda, pensiya, stipendiya, alimentlar, ijtimoiy nafaqalar
moliyaviy jamg‘armalar yoki oila a’zolari va boshqa shaxslarning moliyaviy yordami, shuningdek 
boshqa qonuniy daromadlar; 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs
— O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga 
doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs;
fuqarolikning o‘zgarishi
— O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish yoki tugatish; 
chet davlat fuqarosi
— O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa 
davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan 
shaxs; 

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin