O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. Ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan bolaning



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
fuqarolik

15-modda. Ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan bolaning 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash
O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) u tug‘ilgan 
paytda chet davlat fuqarolari bo‘lgan yoxud ota-onasidan biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini 
olmaydi.


 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son qarori bilan 
tasdiqlangan 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning Milliy 
strategiyasining 
2-bobi
. (1. Ro‘yxatga olishlar sohasida statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash) 
16-modda. Bola farzandlikka olinganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat 
fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini oladi. 
Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-
xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. 
Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lgan er-xotin 
tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 
bo‘lgan bola farzandlikka oluvchilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini oladi. 
17-modda. Bola farzandlikka olingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini 
saqlab qolishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida farzandlikka 
olingan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bolaga 
farzandlikka olganlarning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga 
ruxsat berilishi mumkin.

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin