O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
fuqarolik

9-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi
46-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari 
komissiyasini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
masalalarini hal etishga doir konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh yil 
muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi (bundan 
buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. 
Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi 
organdir. Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Komissiya rais, rais o‘rinbosari, kotib va Komissiyaning boshqa a’zolaridan tarkib topadi. 
Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida 
ishtirok etadi.
Komissiya majlisida rais yo‘q bo‘lgan taqdirda uning vazifalari rais o‘rinbosarining 
zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining 
reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida” 
2021-yil 10-martdagi PF-6185-son 
Farmoni

47-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari 
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqish, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan takliflar kiritish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik masalalariga oid 
qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchiligi ijrosini tahlil qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur yo‘nalishda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga 
qaratilgan takliflar kiritish; 
(47-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
fuqarolik masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyotni va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin