Davlat organi yoki boshqa yuridik shaxs umumiy mulk bo‘lgan uy-joy (xonadon)dagi o‘z
ulushini sotgan vaqtida uyning (xonadonning) tegishli qismida ijaraga oluvchilar sifatida
yashayotgan shaxslar ushbu modda qoidalari asosida imtiyozli
sotib olish huquqiga ega
bo‘ladilar, ular bu huquqdan voz kechsalar yoki uni amalga oshirmasalar — boshqa mulkdorlar
bu huquqqa ega bo‘ladilar.
Ushbu moddaning qoidalari ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha ulushni boshqa shaxsga
berish chog‘ida ham qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
164
,
168, 169
,
379
,
497-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik protsessual kodeksining II bo‘limi
2-kichik bo‘limi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 16.04.1993-
yildagi “Sudlar tomonidan mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikning
qo‘llanishi to‘g‘risida” 5-13-son qarori 13-bandining
beshinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 14-son qarorining
17-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini
tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 17-son qarorining
22, 23-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: