21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
32-modda. Vasiylik va homiylik Oldingi tahrirga qarang. Vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan
fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga
vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va homiylarning
bunga tegishli huquq va burchlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Vasiylar va homiylar o‘z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday
shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.
Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari
bo‘lmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda,
shuningdek bunday fuqarolar boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona himoyasidan mahrum bo‘lib
qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya
qilishdan bo‘yin tovlagan hollarda belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 34 , 1174-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 302 , 306-moddalari , 310-moddasi birinchi qismi , 313-moddasi , 324-moddasi ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 11 , 51 , 52 , 67-moddalari , 72-moddasi ikkinchi qismi , 81- moddasi beshinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi , 11-moddasi ikkinchi , oltinchi qismlari , 13-moddasi ikkinchi qismi .