21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
384-modda. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi Oldingi tahrirga qarang. Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi
kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonunchilikdan, shartnoma yoki ish muomalasi
odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa.
(384-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad
javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada
belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob
olmaganidan keyin, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim
etishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: sud amaliyoti. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 353, 354 , 357 , 364 , 366, 367 , 370 , 377 , 382, 383 , 385-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining 29.08.1998-yildagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy- huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 2 , 10 — 16 , 36-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining 9-bandi , Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi .