142-modda. Ishonchnomaning bekor bo‘lganligi haqida shaxslarga xabar berish Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor bo‘lganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni,
shuningdek ishonchnoma qaratilgan o‘ziga ma’lum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi
shart. Ishonchnoma ushbu Kodeks 141-moddasi birinchi qismining
4-7-bandlarida
nazarda
tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingan hollarda ishonchnoma bergan shaxsning huquqiy
vorislari zimmasiga ham shunday vazifa yuklatiladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 50 , 101 , 105 , 134 , 135 , 141 , 143-moddalari . 143-modda. Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilguncha yoki bilishi
lozim bo‘lgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari
uchun uchinchi shaxslarga nisbatan o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim
bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va
majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Agar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi
lozim bo‘lgan bo‘lsa, ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 50 , 101 , 105 , 134, 135 , 141, 142-moddalari . 144-modda. Ishonchnomani qaytarish majburiyati Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki
uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 50 , 101 , 105 , 134, 135 , 141 — 143-moddalari .