O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


-modda.  O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.  II bob. Xalq hokimiyatchiligi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
constitution oz

6-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. 
II bob. Xalq hokimiyatchiligi 
7-modda.
Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat 
bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyada 
nazarda 
tutilmagan tartibda davlat 
hokimiyati vakolatlarini 
o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi 
va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan 
javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
159-moddasiga 
qarang. 
8-modda. 
O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
tashkil etadi. 
9-modda. 
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, 
umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi 
qonun 
bilan belgilanadi. 
10-modda. 
O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish 
olib borishi mumkin. 
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki 
alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas. 
11-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. 
12-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning 
xilma-xilligi asosida rivojlanadi. 
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas. 
13-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga 
ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy 
qadriyat hisoblanadi. 
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. 
14-modda. 
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va 
qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin