O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish



Yüklə 69,67 Kb.
səhifə6/6
tarix02.01.2022
ölçüsü69,67 Kb.
#45763
1   2   3   4   5   6
O‘RQ-561 02.09.2019 (1)

tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan xoli bo‘lish huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi;

himoya orderi — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat.

4-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;

maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;

ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;

sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;

xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta’minlash.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tuzilmalarni tashkil etadi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]

8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Ichki ishlar organlari:

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;



(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘radi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan va ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi;

tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi;

himoya orderini beradi;

zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mehnat organlari:

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;



(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan o‘zaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mulk shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining hamda ta’lim muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;



(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi;

ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ta’lim muassasalarida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

11-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari:

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;



(11-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni sog‘liqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to‘g‘risida xabardor qiladi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

12-modda. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi:

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;



(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;

zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o‘z joniga qasd etishning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazadi;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazganligi va zo‘ravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;

nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]

13-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashishi;

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;



xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;

(13-modda birinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilariO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi.

14-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi

Vakolatli organlar va tashkilotlar xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:

aniqlangan tazyiq va zo‘ravonlik faktlari to‘g‘risida o‘zaro bir-birini xabardor qilish;

tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga munosabat bildirish choralarini kelishish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish;

tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish va tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;

tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va ularning qo‘llanilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.



(14-moddaning oltinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

15-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

tazyiq va zo‘ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo‘lgan omillarni tahlil qilish, o‘rganish va baholash;

aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot olib borish;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;

fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

tazyiq va zo‘ravonlik sodir etish xavfi bo‘lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;

aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]

16-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va hisoboti

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek zo‘ravonlik sodir etgan yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

17-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini xabardor qilish

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini ijtimoiy hamda huquqiy himoya qilish mexanizmlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganga ko‘rsatiladigan yordam turlari va xizmatlar to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtiradi.

Zarur bo‘lgan taqdirda vakolatli organlar va tashkilotlar sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik fakti munosabati bilan ariza berishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Jazoni ijro etish muassasalari tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganga unga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxs jazoni ijro etish joyidan ozod etilganligi, ozodlikdan mahrum qilish joyidan tashqariga qisqa muddatga chiqarilganligi yoki qochib ketganligi haqida zudlik bilan xabar beradi.

18-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ishonch telefoni

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi yordam ko‘rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish to‘g‘risida axborot olishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta’minlaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Telefon liniyasi tarmog‘i maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko‘rsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.



(18-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

19-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan yoki uni sodir etgan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir.

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar muayyan shaxsning, uning ijtimoiy muhitining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvori, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyilligi, shuningdek u sodir etgan tazyiq va zo‘ravonlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda qo‘llaniladi.

20-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo‘llash uchun asoslar

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo‘llash uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati;

jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;

tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlik faktlari aniqlangan taqdirda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishi shart.

Ichki ishlar organlari tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar ko‘rishi shart.

21-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

profilaktika suhbatini o‘tkazish;

himoya orderini berish;

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlarga joylashtirish;

zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish.

22-modda. Profilaktika suhbati

Muayyan shaxsni jamiyatda umum qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati o‘tkaziladi.

Tazyiq va zo‘ravonlik hollarini aniqlagan vakolatli organ vakili tomonidan profilaktika suhbati tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslar bilan qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

23-modda. Himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish

Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.

Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik oqibatlari va zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Shaxs himoya orderini olish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.

Tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini o‘ttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Agar xavf hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin.

Himoya orderini berish, uzaytirish yoki himoya orderini berishni yoxud uzaytirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat uni bergan ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.

Himoya orderining shakli va uni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish to‘g‘risida nizom.

24-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organi ularning nomidan himoya orderini berish hamda uni uzaytirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar himoya orderini olish to‘g‘risidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishga haqli.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning himoya orderini berish hamda uni uzaytirish to‘g‘risidagi arizasi ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida ko‘rib chiqiladi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi ularning qonuniy vakiliga yoki vasiylik va homiylik organiga beriladi.

Himoya orderi berilganligi va uzaytirilganligi to‘g‘risidagi axborot vasiylik va homiylik organiga, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 24 soat ichida yuboriladi.

25-modda. Himoya orderining mazmuni

Himoya orderida quyidagilar ko‘rsatiladi:

u rasmiylashtirilgan sana va joy;

uni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar;

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi;

ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning ro‘yxati.

Himoya orderida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi to‘g‘risidagi, tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarligi haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi.

26-modda. Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar

Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:

tazyiq o‘tkazishni va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash;

tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yo‘l qo‘yiladi);

tazyiq o‘tkazilgan va zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning bir xonada birga bo‘lishini taqiqlash;

tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash, shuningdek ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish;

tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.

Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablardan tashqari, unga tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi to‘g‘risidagi shart majburiy tartibda kiritiladi.

Agar himoya orderini berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.

27-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar

Tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar (bundan buyon matnda maxsus markazlar deb yuritiladi) tashkil etishi mumkin.

28-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni maxsus markazlarga joylashtirish

Zo‘ravonlik fakti mavjud bo‘lgan taqdirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish to‘g‘risidagi talabi bo‘yicha tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning maxsus markazlarga joylashtirilishini ta’minlaydi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini maxsus markazga joylashtirish uning xohishiga ko‘ra o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lgan taqdirda bu muddat maxsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi. Maxsus markazga joylashtirish muddati tugagach, agar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan xavf mavjud bo‘lsa, maxsus markaz ma’muriyati bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi saqlab qolinadi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazda bo‘lish vaqti uni ta’lim muassasasidan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborganligi munosabati bilan chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar tazyiq o‘tkazganlikda va zo‘ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsdan undirilishi mumkin.

29-modda. Zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar

Zo‘ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsning zo‘ravonlikka moyil xulq-atvorini o‘zgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi.

Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risida nizom.

[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Fuqarolar haqida axborot (shaxsiy ma’lumotlar)]

30-modda. Ma’lumotlarning maxfiyligi

Oldingi tahrirga qarang.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatgan shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan barcha shaxsga doir ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan qo‘riqlanadi.



(30-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu ma’lumotlar o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, ushbu ma’lumotlarni oshkor etishga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.

31-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish

Oldingi tahrirga qarang.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.



(31-moddaning matniO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

32-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik



Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

(32-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

33-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.



34-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

(34-moddaning nomiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

35-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 2-sentabr,

O‘RQ-561-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019-y., 03/19/561/3680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 69,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin