Qozog'iston Respublikasi bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar
Qozogʻiston Oʻzbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning yarmi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Shunga qaramasdan, ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar koʻpdir.
Qozogʻiston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni taʼminlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. 2005-yilgacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 166 hujjat imzolangan. 2004-yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 425,9 mln. AQSh dollarini, jumladan, eksport 184,7 mln. AQSh dollarini, import 241,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
1991-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Qozogʻistonga 25 ta tashrifi amalga oshirilgan va Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekistonga 7 marotaba tashrif buyurgan.
Turkmaniston Respublikasi bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar
Mustaqillik yillarida O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi strategik hamkorlikning huquqiy asosi sifatida qator tarixiy hujjatlar imzolandi. Do'stona munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish, o'zaro yordamni ayamaslik mazmunidagi 1996 yil 16 yanvar, 2004 yil 19 noyabr va 2007 yil 18 oktyabrdagi kelishuv hujjatlari – shartnomalar shular jumlasidan.
Bugun O'zbekistonning yaqin strategik hamkorlaridan biri – Turkmaniston bilan amalga oshirilayotgan va tobora yangi bosqichga ko'tarilayotgan o'zaro do'stlik aloqalari haqida so'z yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ikki do'st davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish, hamkorlikning yangi yo'nalishlari va istiqbollarini belgilagan holda o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida tarixiy ishlar amalga oshirildi. Birgina 2017 yilda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 177 million dollarni tashkil qilib, bu o'tgan davrdagiga nisbatan 3 barobar ko'p demakdir