Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

192-modda. Foydani taqsimlash usuli 
(1-q.)
Foydani taqsimlash usuli nazorat qilinadigan bitimning taraflari oʻrtasida ushbu 
bitimning barcha taraflari tomonidan olingan jami foydaning amalda taqsimlanishini foydani 
taqqoslanadigan bitimlar taraflari oʻrtasida taqsimlash bilan taqqoslashdan iboratdir. 
(2-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar 
guruhining) taraflari bir vaqtning oʻzida ular bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar ishtirokidagi 
bir turdagi bitimlarning taraflari boʻlsa, ushbu bir turdagi bitimlarning natijalari nazorat 
qilinadigan bitim natijalari bilan birgalikda baholanadi. Bunda soliq solish maqsadida nazorat 


qilinadigan bitim va mazkur bir turdagi bitimlar boʻyicha jami foyda nazorat qilinadigan bitim 
boʻyicha foydani taqsimlash tartibiga oʻxshash tartibda taqsimlanishi lozim. 
(3-q.)
Agar jami foydasi ushbu moddaning qoidalarini hisobga olgan holda taqsimlanishi 
lozim boʻlgan yuridik shaxslar buxgalteriya hisobiga qoʻyiladigan turli talablar asosida 
buxgalteriya hisobini yuritsa, foydani taqsimlash usulini qoʻllash maqsadida bunday moliyaviy 
hisobot yagona hisobga olish talablariga moslashtirilishi kerak. 
(4-q.)
Foydani taqsimlash usulidan, chunonchi, quyidagi hollarda foydalanish mumkin: 
1) ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1-4-bandlarida nazarda tutilgan usullardan 
foydalanish mumkin boʻlmaganda va nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir 
turdagi bitimlar guruhining) taraflari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning sezilarli oʻzaro 
bogʻliqligi mavjud boʻlganda; 
2) nazorat qilinadigan bitim taraflarining mulkida (foydalanishida) rentabellik darajasiga 
sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi nomoddiy aktivlar obyektlariga doir huquqlar mavjud boʻlganda 
(nomoddiy aktivlar obyektlarining predmeti boʻlgan, mustaqil shaxslar tomonidan amalga 
oshirilgan bir turdagi bitimlar mavjud boʻlmaganda). 
(5-q.)
Nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foyda 
(zarar) summasini taqsimlash ushbu Kodeks 176-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari 
qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Foydani taqsimlash prinsiplarini tanlash nazorat qilinadigan bitimning (nazorat 
qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) holatlariga bogʻliq boʻladi va nazorat qilinadigan bitim 
boʻyicha foydani taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda shunga oʻxshash faoliyatni 
amalga oshirayotgan mustaqil shaxslar oʻrtasida foydani taqsimlashga muvofiq tarzda 
taqsimlashga olib kelishi kerak. 
(7-q.)
Nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) 
taraflari oʻrtasida foydani taqsimlash foydani taqsimlash usuliga muvofiq holda nazorat 
qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) boʻyicha olinadigan jami 
foydaga nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari 
qoʻshgan hissani baholash asosida quyidagi mezonlarga yoki ularning aralashmalariga muvofiq 
amalga oshiriladi: 
1) nazorat qilinadigan bitim boʻyicha jami foydaga nazorat qilinadigan bitim taraflari 
tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalarga, ular tomonidan foydalaniladigan aktivlarga va 
qabul qilinadigan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklarni qabul qilishiga mutanosib ravishda; 
2) nazorat qilinadigan bitimda foydalanilgan kiritilgan sarmoyadan olingan daromadni 
nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida mutanosib ravishda taqsimlashda; 
3) taqqoslanadigan bitim taraflari oʻrtasida foydani taqsimlashga mutanosib ravishda. 
(8-q.)
Nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida foydani taqsimlash usuli qoʻllanilganida 
jami foyda yoxud bunday bitim barcha taraflarining qoldiq foydasi taqsimlanadi. 
(9-q.)
Ushbu moddaning maqsadida nazorat qilinadigan bitim barcha taraflarining tahlil 
qilinayotgan davr uchun operatsion foydasining summasi tahlil qilinayotgan bitim barcha 
taraflarining jami foydasi deb eʼtirof etiladi. 
(10-q.)
Ushbu moddaning maqsadida qoldiq foyda (zarar) quyidagi tartibda aniqlanadi: 
dastlab ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1-4-bandlarida koʻrsatilgan usullar 
asosida, nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) har bir 
tarafi uchun bozor narxlari oraligʻi asosida ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan foyda (zarar) 


aniqlanadi. Bunda bitimning har bir tarafi uchun ushbu taraf amalga oshiradigan vazifalar, u 
foydalanayotgan aktivlar, qabul qilinayotgan iqtisodiy va tijorat tavakkalchiliklari inobatga 
olinadi; 
soʻngra nazorat qilinadigan bitim boʻyicha jami foyda (zarar) va nazorat qilinadigan 
bitimning barcha taraflari uchun sotishdan olinadigan jami hisoblangan foyda (zarar) summasi 
oʻrtasidagi ijobiy farq nazorat qilinadigan bitim boʻyicha qoldiq foyda deb, salbiy farq esa ushbu 
nazorat qilinadigan bitim boʻyicha qoldiq zarar deb eʼtirof etiladi. 
(11-q.)
Foydani taqsimlash usuli qoʻllanilishi natijasida nazorat qilinadigan bitimning har 
bir ishtirokchisi foydasining (zararining) yakuniy miqdori soliqqa tortish maqsadidagi, hisob-kitob 
qilingan foydaga (zararga) va qoldiq foydaga (zararga) mos keladigan summaga teng deb qabul 
qilinadi. 
(12-q.)
Jami yoxud qoldiq foydani (zararni) nazorat qilinadigan bitimning taraflari oʻrtasida 
taqsimlash uchun quyidagi koʻrsatkichlar hisobga olinadi: 
1) nazorat qilinadigan bitim tarafi tomonidan nomoddiy aktivlarni yaratishga sarflangan 
xarajatlarning miqdori; 
2) nazorat qilinadigan bitim tarafda band boʻlgan xodimlarning tavsiflari, shu jumladan 
ularning soni va malakasi (xodimlar tomonidan sarflangan vaqt, mehnatga haq toʻlash 
xarajatlarining miqdori); 
3) nazorat qilinadigan bitim tarafining foydalanishida (tasarrufida) boʻlgan aktivlarning 
bozor qiymati; 
4) amalga oshirilayotgan vazifalar, foydalanilayotgan aktivlar va qabul qilinayotgan 
iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari hamda nazorat qilinadigan bitim boʻyicha sotishlardan amalda 
olingan foyda (zarar) miqdori oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiruvchi boshqa koʻrsatkichlar. 
(13-q.)
Ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar, basharti ular 
nazorat qilinadigan bitim boʻyicha haqiqatda olingan foyda (zarar) miqdoriga taʼsir qilsa, eʼtiborga 
olinadi va ularning taʼsir koʻrsatish darajasiga koʻra eʼtiborga olinadi. 
(14-q.)
Nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari 
oʻrtasida foydani ushbu modda yettinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan mezon boʻyicha 
taqsimlash mustaqil shaxslar oʻrtasida amalga oshirilgan taqqoslanadigan bir turdagi bitimlar 
boʻyicha sotishdan olingan foyda (zarar) summasini taqsimlash haqidagi axborot mavjud 
boʻlgandagina amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foydani (zararni) 
taqsimlashning mazkur tartibidan foydalanishga quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya 
qilinganda yoʻl qoʻyiladi: 
1) nazorat qilinadigan bitim taraflarining buxgalteriya hisobi maʼlumotlari taqqoslanadigan 
bitimlar taraflarining buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslanadigan boʻlishi yoxud zarur 
tuzatishlar vositasida taqqoslanadigan turga mos keltirilgan boʻlishi kerak; 
2) nazorat qilinadigan bitim taraflari aktivlarining jami rentabelligi taqqoslanadigan bitimlar 
taraflarining jami rentabelligidan sezilarli tarzda farq qilmasligi yoxud zarur tuzatishlar vositasida 
taqqoslanadigan turga mos keltirilishi kerak. 
(15-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli 
bilan hisob-kitob qilingan foydadan koʻp yoki unga teng boʻlsa yoxud agar ushbu taraf tomonidan 
koʻrilgan zarar bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarardan kam yoki unga teng boʻlsa, ushbu 
tarafda soliq solish maqsadida tegishincha haqiqatda olingan foyda yoxud haqiqatda koʻrilgan 
zarar qabul qilinadi. 


(16-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli 
bilan hisob-kitob qilingan foydadan kam boʻlsa, soliq solish maqsadida uning uchun bunday usul 
bilan hisob-kitob qilingan foyda qabul qilinadi. 
(17-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy zarari foydani taqsimlash usuli 
bilan ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan zarardan koʻp boʻlsa, soliqqa tortish maqsadida uning 
uchun bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarar qabul qilinadi. 
(18-q.)
Ushbu moddaning oʻn oltinchi va oʻn yettinchi qismlariga muvofiq soliqqa tortish 
maqsadida hisobga olingan foydani (zararni) soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan foyda 
(zarar) bilan taqqoslash asosida, foyda soligʻi soliq toʻlovchining foydasiga (zarariga) tuzatish 
amalga oshiriladi. 
(19-q.)
Soliqqa tortish maqsadida foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan 
foydani (zararni) ushbu moddaning oʻn beshinchi - oʻn sakkizinchi qismlari asosida qoʻllash, agar 
bu ushbu holat budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq 
toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin