(4-q.)
Ushbu Kodeksning 282-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan chet el yuridik
shaxslari realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi
xizmatlarni koʻrsatgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining
yuridik shaxslariga yoki
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik
shaxslariga topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga oʻxshash
shartnomalar asosida
elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq
agentlari deb eʼtirof etiladi.
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir
har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu boʻlimning qoidalari hisobga olingan
holda alohida aniqlanadi.
(6-q.)
Ushbu moddaga muvofiq soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar tegishli soliq
summasini
hisoblab chiqarishi, soliq toʻlovchidan, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq
toʻlovchi emasligidan qatʼi nazar, uni ushlab qolishi va budjetga oʻtkazishi shart.
(7-q.)
Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet
ellik shaxslar tomonidan
soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar boʻyicha soliq
bazasi soliq agentlari
tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan
aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi
va budjetga oʻtkazishi shart.
(8-q.)
Ushbu moddaning qoidalari mazkur Kodeksning 243-245-moddalarida koʻrsatilgan
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻllanilmaydi.
(9-q.)
Ushbu moddaga muvofiq soliqning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati ushbu
Kodeksning 37-bobiga muvofiq toʻlangan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: