(1-q.)
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar (bundan
buyon ushbu
boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi
foydalanishni yoki suvni isteʼmol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalari
orqali amalga oshirayotgan
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar;
suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan,
yashash uchun
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar;
(OʻzR 30.12.2022-
y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Aholi punktlarining suv taʼminoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxslar faqat oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni toʻlovchilar deb
eʼtirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: