summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri
ichida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq
majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
(OʻzR
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan koʻproqni
tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar
mustasno) - har oyning 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi
miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni
tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar,
shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan
- har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir
qismi miqdorida toʻlanadi.
(4-q.)
Soliq davri davomida moʻljallanayotgan soliq bazasi oʻzgarganda, soliq toʻlovchi
soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq
davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgargan summasiga teng ulushlarda
tuzatish kiritiladi.
(5-q.)
Soliq davri uchun boʻnak toʻlovlar hisobga olingan holda soliqni toʻlash soliq
toʻlovchilar tomonidan, bundan dehqon xoʻjaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv
isteʼmoli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(6-q.)
Soliq davri uchun boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga
toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan
taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya
hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi.
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq yettinchi qismi yettinchi va
sakkizinchi qismlar bilan almashtirilgan (Oldingi tahririga qarang)
(7-q.)
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni toʻlash quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
1-oktyabrga qadar - soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
15-dekabrga qadar - soliqning qolgan summasi.
(8-q.)
Dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik
faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas
mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlash yilda bir marta, soliq
davridan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: