Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq davri. Hisobot davri



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

453-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
(1-q.)
Quyidagilar soliq davridir: 
yuridik shaxslar uchun - chorak;
jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil.
(2-q.)
Quyidagilar hisobot davridir: 
yuridik shaxslar uchun - bir oy;
jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. 
454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 451-1-moddalariga muvofiq 
aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda 
hisoblab chiqaradi. 
(2-q.)
Foydali qazilmalarning alohida turlari boʻyicha soliq summasi soliq bazasidan va 
belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam boʻlmagan stavkasidan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan 
keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari boʻyicha esa - qazib olish amalga 
oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 


yuridik shaxslar tomonidan - soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun 
bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay; 
jismoniy shaxslar tomonidan - yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan 
kechiktirmay. 
(4-q.)
Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: 
yuridik shaxslar tomonidan - har oyda keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay; 
jismoniy shaxslar tomonidan - soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay. 
XVIII-1 BOʻLIM. FOYDALI QAZILMALARNI 
QAZIB OLGANLIK UCHUN MAXSUS 
RENTA SOLIGʻI 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan boʻlim) 
64-1-bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta 
soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash (454-1 - 454-7-moddalar) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin