Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-1-BOB. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə326/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

64-1-BOB. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB 
OLGANLIK UCHUN MAXSUS RENTA SOLIGʻINI 
HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH 
454-1-modda. Soliq toʻlovchilar 
454-2-modda. Soliq solish obyekti 
454-3-modda. Renta daromadi 
454-4-modda. Soliq bazasi 
454-5-modda. Soliq stavkalari 
454-6-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
454-7-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
454-1-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer 
elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, 
shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib 
olganlik uchun maxsus renta soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq 
toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeks 452-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali 
qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va 
radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu boʻlimda 
metallar deb yuritiladi) kiradi. 
(3-q.)
Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xomashyosi jumlasiga kiradi.
(4-q.)
Ushbu Kodeksning 69-bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar 
doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq toʻlovchi hisoblanmaydi. 


454-2-modda. Soliq solish obyekti 
Ushbu Kodeksning 454-3-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan 
(ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta 
daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻini (bundan buyon ushbu 
boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin