Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


II BOʻLIM.  SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOTLARI



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

II BOʻLIM. 
SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOTLARI 
7-bob. Soliq hisobi (76 - 80-moddalar) 
8-bob. Soliq hisoboti (81 - 84-moddalar) 
7-BOB. SOLIQ HISOBI 
76-modda. Soliq solish maqsadlarida 
hisobga olish va hisob hujjatlari 
77-modda. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosati 
78-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish 
79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar 
80-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari 


76-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobga olish 
va hisob hujjatlari 
(1-q.)
Soliq solish obyektlari va (yoki) soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi 
axborotni umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yigʻimlarni hisoblab 
chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadida ushbu Kodeks talablariga muvofiq soliq toʻlovchi 
yoki soliq agenti tomonidan hisob hujjatlarini yuritish soliq solish maqsadlarida hisobga olish deb 
eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni 
aniqlash, shuningdek soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish uchun asos boʻlgan boshlangʻich 
hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir. 
(3-q.)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, 
soliq solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga asoslanadi. 
Buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi 
qonunchilik bilan belgilanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq zimmasiga buxgalteriya 
hisobini yuritish majburiyati yuklatilmagan shaxslar soliq solish maqsadlarida hisobga olishni 
ushbu bobga muvofiq tashkil etadi va yuritadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(5-q.)
Soliq solish maqsadlarida hisobga olishga nisbatan soliq organlarining axborot 
tizimlaridan majburiy foydalanishga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan aniqlanadigan tartibda belgilanishi mumkin. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin