Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

78-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish 
(1-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi yoki 
soliq agenti soliq solish maqsadlarida hisobni hisoblash usuli boʻyicha milliy valyutada yuritadi. 
(2-q.)
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta soligʻini toʻlovchi boʻlgan chet 
el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq hisobini soliq solish maqsadida hisoblash usuli 
boʻyicha AQSH dollarida yuritishga haqli. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan qism) 
79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar 
(1-q.)
Hisob hujjatlari qogʻozda va (yoki) elektron shakllarda tuziladi hamda ushbu 
Kodeksning 88-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo muddati tugagunga qadar 
saqlanadi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan shaxsning hisob 
hujjatlarini saqlash majburiyati uning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) yuklatiladi. 
(3-q.)
Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonunchilikda 
belgilangan tartibda topshiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
80-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari 


(1-q.)
Ushbu Kodeksda soliq solishning turlicha tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini bir 
vaqtda amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan 
bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart. 
(2-q.)
Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida 
hisobi soliq toʻlovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida yuritiladi. 
(3-q.)
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob 
hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. 
(4-q.)
Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida 
hisobi mutanosib usul yoki toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli yordamida yuritilishi mumkin. 
(5-q.)
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning 
boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan 
tushumning umumiy summasida faoliyatning muayyan turlari boʻyicha, qoʻshilgan qiymat soligʻi 
va aksiz soligʻini hisobga olmagan holda realizatsiya qilishdan olingan tushum ulushiga mutanosib 
tarzda shu muayyan faoliyat turlariga kiritiladi. 
(6-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli qoʻllanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq 
solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar faoliyatning qaysi turi 
amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa, shu turiga kiritiladi. Bunda faoliyatning faqat bitta aniq 
turiga kiritish mumkin boʻlmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari 
yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning 
amalga oshirilayotgan barcha turlariga kiritiladi. 
(7-q.)
Maqsadli mablagʻlar oluvchi soliq toʻlovchilar ushbu maqsadli mablagʻlardan 
foydalanish doirasida olingan daromadlarning (qilingan xarajatlarning) alohida-alohida hisobini 
yuritishi shart. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchilar, bundan budjet tashkilotlari mustasno, soliq davri tugaganidan keyin 
oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organlariga olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik 
toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi 
hisobotning shakli va uni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin