(1-q.)
Soliq qarzi mavjud boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilikni lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar
summasi undirilishi umidsiz summalar deb eʼtirof etiladi. Ushbu
jismoniy shaxsning soliqlar
boʻyicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros
qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxoʻri (merosxoʻrlari) tomonidan meros qilib
olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib
ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha
soliq qarzi meros qilib
olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq boʻlsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk
qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb eʼtirof etiladi. Mazkur norma merosxoʻr
(merosxoʻrlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati hujjatlar bilan
tasdiqlangan hollarda qoʻllaniladi.
(3-q.)
Merosxoʻr boʻlmaganda yoki merosxoʻr (merosxoʻrlar)
meros olish huquqidan voz
kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim.
(4-q.)
Soliq qarzi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, mazkur jismoniy shaxs
hisobga qoʻyilgan joydagi va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi
soliq organi vafot etgan
shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) toʻgʻrisida axborot olingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida
unga (ularga) soliq qarzi mavjudligi toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
(5-q.)
Vafot etgan jismoniy shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) mazkur jismoniy
shaxsning soliqlar boʻyicha qolgan qarzini meros qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir yildan
kechiktirmay uzishi shart.
(6-q.)
Soliq organining qaroriga binoan uzish muddati,
agar soliq qarzi mavjudligi
toʻgʻrisidagi xabarni merosxoʻr (merosxoʻrlar) toʻlash muddati oʻtishiga olti oydan kam vaqt
qolganida olgan boʻlsa, uzaytirilishi mumkin.
(7-q.)
Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va
ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha qarzi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
(8-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar fuqarolik qonunchiligida belgilangan
tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarziga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: