(1-q.)
Agar manfaatdor shaxsga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi
bajarilayotgan boʻlsa, soliqni toʻlash muddati oʻzgartirilishi mumkin emas:
1) agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha
jinoiy ish
qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
2) ushbu shaxs bunday oʻzgartirishdan soliq solinishi lozim boʻlgan oʻz pul mablagʻlarini
yoki boshqa mol-mulkini yashirish uchun foydalanishini yoki ushbu shaxs doimiy yashash uchun
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishini taxmin qilish
uchun yetarlicha asoslar
mavjud boʻlsa;
3) ushbu shaxs soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bergan kundan oldingi
uch yil mobaynida ushbu Kodeksning 99-moddasida koʻrsatilgan organ tomonidan soliq toʻlash
muddatini tegishli oʻzgartirish shartlari buzilganligi munosabati bilan ilgari berilgan kechiktirish
yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan
boʻlsa;
4) bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
5) shaxs ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-2-bandi boʻyicha
yuqori
darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan boʻlsa.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlar ushbu Kodeks 99-
moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda,
soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror
qabul qilinishi mumkin emas, qabul qilingan
qaror esa bekor qilinishi lozim.
(4-q.)
Qabul qilingan qaror bekor qilingani toʻgʻrisida manfaatdor
shaxs va ushbu shaxs
hisobda turgan joydagi soliq organi uch kunlik muddatda yozma shaklda xabardor qilinadi.
Manfaatdor shaxs bunday qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga
haqli.
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan
soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish amalga oshirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: