Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

101-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki 
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi 
(1-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish 
toʻgʻrisidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga beriladi. Tadbirkorlik 
subyektlari (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar, yer qaʼridan 
foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 
bir ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) binolar hamda inshootlarga 
boʻlgan mulkiy huquq olinganda ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 7 va 8-bandlarida 
koʻrsatilgan soliqlarni toʻlashni taqdim etilgan xabarnoma asosida xabardor qilgan holda va garov 
taʼminotisiz olti oy muddatga kechiktirish huquqiga ega. Bunda kechiktirilgan soliqlar summasi 
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkalarining, binolarning va inshootlarning qiymatidan va 
(yoki) maydonlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan soliqlar miqdorida belgilanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Manfaatdor shaxsning soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash 
imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
1) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining uning soliqlar, penyalar va jarimalar 
boʻyicha hisob-kitoblari holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi; 
2) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining mazkur shaxsga banklarda ochilgan 
barcha hisobvaraqlar roʻyxati koʻrsatilgan maʼlumotnomasi; 
3) ushbu shaxsning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha koʻrsatilgan ariza berilishidan 
oldingi olti oy davomida har oylik pul mablagʻlari aylanishi toʻgʻrisida, shuningdek uning haqi 
toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlarining tegishli kartotekasiga joylashtirilgan hisob-kitob hujjatlari 
mavjudligi toʻgʻrisida yoxud ushbu kartotekada ularning mavjud emasligi toʻgʻrisida banklar 
maʼlumotnomalari; 
4) ushbu shaxsning banklardagi barcha hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan pul 
mablagʻlarining qoldiqlari toʻgʻrisida banklar maʼlumotnomalari; 
5) ushbu shaxsning soliqni toʻlash muddati oʻzgartirilgan davrda soliqni toʻlashni 
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror qaysi shartlarga koʻra 
qabul qilingan boʻlsa, oʻsha shartlarga rioya etilishini nazarda tutuvchi majburiyati, shuningdek 
qarzdorlikni soʻndirishning taxminiy grafigi
6) soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish asoslari mavjudligini tasdiqlovchi ushbu moddaning 
uchinchi - sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar. 
(3-q.)
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha 
soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi 
manfaatdor shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: 
1) ushbu shaxsga nisbatan uning ariza bilan murojaat etishi uchun asos boʻlgan bartaraf etib 
boʻlmaydigan holatlar vujudga kelganligi fakti toʻgʻrisidagi xulosa; 
2) koʻrsatilgan holatlar natijasida ushbu shaxsga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi. 
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati 
organi yoki fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish 
sohasidagi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi organlari tomonidan tuziladi. 
(5-q.)
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha 
soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi 
manfaatdor shaxsning arizasiga bunday asos mavjudligini va budjetdan (davlat maqsadli 
jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish hisobiga ushbu shaxsga kelib tushmagan summani yoki ushbu 
shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasining, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat 


hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlarning 
haqi toʻlanmaganligini tasdiqlovchi moliya organining hujjati ilova qilinadi. 
(6-q.)
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asos 
mavjudligi manfaatdor shaxsning moliyaviy holatini tahlil qilish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki u vakolat bergan soliq organi tomonidan aniqlanadi. 
Bunday tahlil Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan uslubiyatga muvofiq 
oʻtkaziladi.
(7-q.)
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 4-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha 
soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi 
manfaatdor shaxsning arizasiga jismoniy shaxsning koʻchar va koʻchmas mulki (bundan 
qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno) toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlar ilova qilinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha 
soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi 
manfaatdor shaxsning arizasiga ushbu shaxs tomonidan tuzilgan, mazkur shaxsning umumiy 
daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan faoliyatdan olingan daromadlarining 
ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. 
(9-q.)
Mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan tarmoqlar va faoliyat turlarining roʻyxati 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(10-q.)
Ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-1-bandida koʻrsatilgan asoslar 
mavjud boʻlgan taqdirda, manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq soliqni boʻlib-boʻlib toʻlash 
imkoniyati beriladi. Bunda ushbu qismda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadigan soliq summasi 
oxirgi uch yil davomida toʻlangan soliqlar summasining ellik foizidan oshmasligi kerak. 
(OʻzR 
14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuniga muvofiq oʻninchi-yigirmanchi qismlari oʻn 
birinchi-yigirma birinchi qismlar deb hisoblansin 
(11-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish 
toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasida ushbu shaxs mazkur bobga muvofiq qarz summasiga 
hisoblangan foizlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 
(12-q.)
Vakolatli organning talabiga koʻra, manfaatdor shaxs garov predmeti boʻlishi 
mumkin boʻlgan mol-mulk toʻgʻrisidagi hujjatlarni, kafillik xatini yoki bank kafolatini taqdim 
etadi. 
(13-q.)
Vakolatli organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasi boʻyicha ushbu shaxs 
tomonidan qarz summasining toʻlanishini vaqtinchalik (ariza koʻrib chiqiladigan davrda) toʻxtatib 
turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bunday qarorning koʻchirma nusxasi manfaatdor 
shaxs tomonidan oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga qaror qabul qilingan kundan 
eʼtiboran besh kunlik muddatda taqdim etiladi. 
(14-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish 
yoxud uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaxsning 
arizasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi. 


(15-q.)
Soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish 
toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 
1) qarz summasi; 
2) kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan soliq; 
3) qarz summasini va hisoblangan foizlarni toʻlash tartibi hamda muddatlari. 
(16-q.)
Tegishli hollarda soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash 
imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda garov predmeti boʻlgan mol-mulk toʻgʻrisidagi hujjatlar, 
kafillik xati yoki bank kafolati koʻrsatilishi kerak. 
(17-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish 
toʻgʻrisidagi qaror ushbu qarorda belgilangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Bunda soliqni 
toʻlash uchun belgilangan kundan eʼtiboran ushbu qaror kuchga kiradigan kunga qadar boʻlgan 
butun vaqt uchun tegishli penyalar, agar toʻlovning koʻrsatilgan muddati ushbu qaror kuchga 
kiradigan kundan oldin boʻlsa, qarz summasiga kiritiladi. 
(18-q.)
Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mol-mulk garovi 
evaziga beriladigan boʻlsa, uni berish toʻgʻrisidagi qaror faqat ushbu Kodeksning 107-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda mol-mulk garovi toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan keyingina kuchga 
kiradi. 
(19-q.)
Soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad 
etish toʻgʻrisidagi qaror asoslantirilgan boʻlishi kerak. Agar soliq toʻlovchi tomonidan yuborilgan 
xabarnoma ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-2-bandida nazarda tutilgan asoslarga 
muvofiq boʻlmasa, soliq organi uch kundan kechiktirmay soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash 
boʻyicha kechiktirish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(20-q.)
Soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini 
berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan manfaatdor shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda 
shikoyat qilishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(21-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish 
toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi vakolatli organ tomonidan mazkur qaror qabul qilingan 
kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga 
yuboriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin