bajarish muddatini tegishli oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organning qarori
bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Yer uchastkalar, binolar va inshootlar soliq toʻlovlarini
toʻlashni kechiktirish muddati davrida realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan taqdirda, ushbu
Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-2-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra kechiktirish
summasi bir oy ichida toʻliq miqdorda undiriladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni
tahriridagi qism)
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliqni toʻlash boʻyicha
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi muddatidan oldin tugatilganda manfaatdor
shaxs tegishli qarorni olganidan keyin bir oy ichida soliq qarzining toʻlanmagan summasini,
shuningdek soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish
toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan boshlab ushbu summa toʻlangan
kungacha boʻlgan har bir kalendar kun uchun penya toʻlashi kerak. Bunda soliq qarzining
qoplanmasdan qolgan summasi kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish
toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan soliq qarzi summasi toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash)
amal qilgan davrda kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) haqidagi qarorga muvofiq hisoblangan
foizlar summasiga oshirilgan summa bilan haqiqatda toʻlangan summalar hamda foizlar
oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
(5-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish
toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingani toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu qarorni qabul qilgan vakolatli
organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida ushbu Kodeksda nazarda
tutilgan tartibda manfaatdor shaxsga yuboriladi. Bunday qarorning koʻchirma nusxasi ayni shu
muddatda manfaatdor shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi.
(6-q.)
Vakolatli organning soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib
toʻlashning amal qilishini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxs
qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism)
(7-q.)
Ushbu bobda nazarda tutilgan va manfaatdor shaxs tomonidan toʻlanishi lozim
boʻlgan foizlar ularni toʻlash muddati buzilgan taqdirda hamda ularni toʻlash toʻgʻrisidagi
talabnomani bajarish muddati oʻtganidan keyin ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan
tartibda va muddatlarda undiriladi.
Dostları ilə paylaş: