Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Ortiqcha undirilgan soliqni



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

105-modda. Ortiqcha undirilgan soliqni 
hisobga olish yoki qaytarish tartibi 
(1-q.)
Ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisida soliq 
organiga ariza soliq toʻlovchi tomonidan undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum 
boʻlgan kundan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran besh yil ichida berilishi 
mumkin. 
(2-q.)
Ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini 
hisobga olgan holda soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga muvofiq soliq organi tomonidan 
bunday ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, unga hisoblangan foizlar bilan 
birga qaytarilishi lozim.
(3-q.)
Ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar soliq toʻlovchi undan soliq ortiqcha 
undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan 
kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida murojaat etgan taqdirda hisoblanadi. Foizlar undirilgan kundan 
keyingi kundan eʼtiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi. 
Hisoblangan foizlar tegishli budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Foiz stavkasi Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining shu kunlardagi amal qilayotgan qayta moliyalashtirish 
stavkasiga teng etib qabul qilinadi. 
(4-q.)
Agar soliq ortiqcha undirilgani fakti aniqlangan boʻlsa, soliq organi ortiqcha 
undirilgan soliq summasini, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan 
tartibda ortiqcha undirilgan summaga hisoblangan foizlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish 
toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. 
(5-q.)
Ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish hisobiga 
yoki oʻsha soliq turi boʻyicha yoxud ushbu Kodeksning 103-moddasi ikkinchi qismida nazarda 
tutilgan boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olish soliq organlari 
tomonidan ushbu Kodeksning 104-moddasi birinchi - beshinchi qismlarida ortiqcha toʻlangan 
soliq summalarini hisobga olish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Ortiqcha undirilgan soliqni qaytarish tartibi ushbu Kodeksning 104-moddasida 
ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish uchun belgilangan tartibga aynan oʻxshashdir. 
(7-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida aniqlanadigan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ortiqcha toʻlangan (ushlab qolingan) summasi soliq 
toʻlovchi boʻlgan jismoniy shaxsga, uning soliq hisobida turgan joyidan qatʼi nazar, uning soliq 
organiga taqdim etgan arizasi asosida qaytariladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq yettinchi va sakkizinchi qismlari 
sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin 


(8-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha undirilgan 
foyda soligʻi summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu 
moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim. 
(9-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boʻyicha 
mavjud boʻlgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinishi lozim boʻlmagan va (yoki) hisobga 
olinmagan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining ortiqcha 
undirilgan summalari soliq toʻlovchilar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul 
ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsga uning yozma arizasi asosida hisobga olinishi yoki 
qaytarilishi lozim. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin