Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

13-BOB. SOLIQ MAJBURIYATINING 
BAJARILISHINI TAʼMINLASH 
106-modda. Soliq majburiyatining 
bajarilishini taʼminlash usullari 
107-modda. Mol-mulk garovi 
108-modda. Kafillik 
109-modda. Bank kafolati 
110-modda. Penya 
111-modda. Banklardagi hisobvaraqlar 
boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish 
112-modda. Soliq toʻlovchining (soliq agentining 
banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni 
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish tartibi 
113-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni 
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorlarning banklar 
tomonidan bajarilishi tartibi 
114-modda. Mol-mulkni xatlash 
106-modda. Soliq majburiyatining bajarilishini 
taʼminlash usullari 
(1-q.)
Soliq majburiyatining bajarilishi mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati, penyalar, 
bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatilishi va soliq toʻlovchining mol-mulkini 
xatlash bilan taʼminlanishi mumkin. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchining soliq majburiyatini bajarish boʻyicha taʼminlash chorasi sifatida 
mol-mulkni xatlash uning arizasiga koʻra: 
1) qimmatli qogʻozlar uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarning 
garovi yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan boshqa 
mol-mulk garovi bilan; 
2) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi 
shaxsning kafilligi bilan almashtirilishi mumkin; 
3) ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan bank 
kafolati bilan. 


(3-q.)
Ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan 
amaldagi bank kafolati berilgan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchiga ushbu bandda nazarda 
tutilgan taʼminlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas. 
(4-q.)
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash usullari, ularni qoʻllash tartibi va 
shartlari ushbu bobda belgilanadi. 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish 
munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
belgilangan tartibda va shartlarda soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlashning boshqa 
choralari ham qoʻllanilishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin