(5-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni
toʻxtatib turish va toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi soliq organining qarorlarini bankka
elektron shaklda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga
qarang)
(6-q.)
Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari
boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish muddati yoki bunday
qarorni bankka yuborish muddati buzilgan taqdirda toʻxtatib turish rejimi amal qilgan pul
mablagʻlari summasiga foizlar hisoblanadi, bu foizlar soliq organi tomonidan soliq toʻlovchiga
(soliq agentiga) muddat buzilgan har bir kalendar kun uchun toʻlanishi lozim.
(7-q.)
Agar soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida noqonuniy qaror chiqargan boʻlsa, toʻxtatib turish rejimi
amal qilgan pul mablagʻlari summasiga nisbatan bank soliq toʻlovchining (soliq agentining)
bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan
kundan eʼtiboran to uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgunga qadar har bir kalendar kun uchun
ushbu soliq toʻlovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar hisoblanadi.
(8-q.)
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda, foiz stavkasi
soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar noqonuniy
toʻxtatib turilgan, soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari
boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish yoki soliq toʻlovchining
(soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish
toʻgʻrisidagi qarorni bankka yuborish muddatini buzgan kunlarda amal qilgan Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: