Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

114-modda. Mol-mulkni xatlash 
(1-q.)
Soliq organining soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning mol-mulkiga nisbatan 
mulk huquqini cheklashga doir harakati soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning bajarilishini 
taʼminlash usuli sifatida mol-mulkni xatlashdir. 
(2-q.)
Soliq qarzi boʻyicha soliq toʻlovchilarning mol-mulkini xatlash sud qaroriga koʻra 
amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzi tan olingan taqdirda, soliq organi qarori 
asosida soliq toʻlovchining soliq qarzi boʻyicha mol-mulkiga taqiq qoʻyishi mumkin. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchining soliq qarzi boʻyicha uning mol-mulkini xatlash soliq toʻlovchiga 
soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan kundan boshlab oʻn besh kalendar kun 
ichida u tomonidan toʻliq bajarilmagan taqdirda amalga oshiriladi.
(4-q.)
Mol-mulkni xatlash toʻliq yoki qisman boʻlishi mumkin. 
(5-q.)
Mol-mulkni toʻliq xatlash soliq toʻlovchining oʻz mol-mulkiga nisbatan huquqlarini 
shunday cheklashki, bunda u xatlangan mol-mulkni tasarruf etishga haqli emas, ushbu mol-mulkka 
egalik qilish va undan foydalanish esa soliq organining ruxsati bilan hamda uning nazorati ostida 
amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Mol-mulkni qisman xatlash soliq toʻlovchining oʻz mol-mulkiga nisbatan huquqlarini 
shunday cheklashki, bunda ushbu mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf 
etish soliq organining ruxsati bilan va uning nazorati ostida amalga oshiriladi. 
(7-q.)
Mol-mulkni xatlash soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlarida pul mablagʻlari 
yetarli boʻlmagan yoki yoʻq boʻlgan taqdirda faqat soliqni (penyani, jarimani) toʻlash majburiyati 
uning ana shu mol-mulki hisobidan bajarilishini taʼminlash uchun qoʻllanilishi mumkin. 
(8-q.)
Mol-mulkni xatlash ushbu Kodeksning 117-moddasiga muvofiq soliq organi 
tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yuborilgandan soʻng 
qoʻllanilishi mumkin. 
(9-q.)
Soliq toʻlovchining barcha mol-mulki xatlab qoʻyilishi mumkin. 
(10-q.)
Faqat soliq qarzini uzish uchun zarur va yetarli boʻlgan mol-mulk xatlab qoʻyilishi 
lozim. 


(11-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga 
oshirmaydigan chet el yuridik shaxsining koʻchmas mulki obyekti, mazkur koʻchmas mulki 
obyektining qiymati undiriladigan soliq qarzi summasidan ortiq boʻlganda, Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida ushbu chet el shaxsining undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan boshqa mol-
mulki boʻlmagan taqdirda xatlab qoʻyiladi. 
(12-q.)
Soliq toʻlovchining mol-mulkini xatlash toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari 
(rahbar oʻrinbosari) tomonidan tegishli qaror shaklida qabul qilinadi. 
(13-q.)
Soliq toʻlovchining mol-mulkini xatlash videotasvirga olingan holda, bunday 
imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa - xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. 
OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(14-q.)
Mol-mulkni xatlashni amalga oshiruvchi organ mol-mulkni xatlash chogʻida soliq 
toʻlovchining (uning qonuniy va (yoki) vakolatli vakilining) ishtirok etishini rad qilishga haqli 
emas. 
(15-q.)
Xatlashni amalga oshirishda xolislar, mutaxassislar sifatida ishtirok etuvchi 
shaxslarga, shuningdek soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) ularning huquqlari va majburiyatlari 
tushuntiriladi. 
(16-q.)
Mol-mulkni xatlash oldidan xatlashni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar soliq 
toʻlovchiga (uning vakiliga) xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni va oʻzlarining vakolatlarini 
tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishi shart. 
(17-q.)
Xatlashni amalga oshirishda mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. 
(18-q.)
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan 
roʻyxatda xatlanishi lozim boʻlgan mol-mulk sanab oʻtiladi va tavsiflanadi, ashyolarning nomi, 
miqdori va xususiy alomatlari, imkoni boʻlganda ularning qiymati koʻrsatiladi. 
(19-q.)
Xatlanishi lozim boʻlgan barcha ashyolar xolislarga va soliq toʻlovchiga (uning 
vakiliga) koʻrsatiladi. 
(20-q.)
Mol-mulkni xatlab qoʻyish toʻgʻrisida qaror chiqargan soliq organining rahbari 
(rahbar oʻrinbosari) xatlab qoʻyilgan mol-mulk turishi lozim boʻlgan joyni belgilaydi. 
(21-q.)
Xatlab qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga (bundan xatlashni qoʻllagan 
soliq organining nazorati ostida yoki ruxsati bilan amalga oshirilishi mustasno), rastrata qilishga 
yoki yashirishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
(22-q.)
Mol-mulkni xatlab qoʻyish toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan soliq 
toʻlovchining iltimosiga koʻra, soliq organi mol-mulkni xatlashni ushbu Kodeksning 107-
moddasiga muvofiq mol-mulk garoviga almashtirishga haqli. 
(23-q.)
Soliq qarzi uzilgan va (yoki) ushbu Kodeksning 107-moddasiga muvofiq mol-mulk 
garovi toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan taqdirda, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror soliq 
organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilinadi. 


(24-q.)
Soliq organi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingani toʻgʻrisida soliq 
toʻlovchini ushbu qaror qabul qilingan kundan keyin besh kun ichida xabardor qiladi. 
(25-q.)
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror mol-mulk xatlab qoʻyilgan paytdan to ushbu 
qaror uni chiqargan soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilingunga 
qadar yoxud ushbu qaror yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingunga qadar 
amal qiladi. 
(26-q.)
Ushbu moddada belgilangan qoidalar yuridik shaxs boʻlgan soliq agentining mol-
mulkini xatlashga nisbatan ham qoʻllaniladi. 
(27-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir 
soliq majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida ushbu moddaning qoidalari quyidagi 
xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi: 
birinchi navbatda ushbu soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul 
ishtirokchisining mol-mulki xatlanadi; 
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki 
ushbu soliq majburiyatini bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, soliq organi yetishmagan 
summa qismida ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchilariga tegishli mol-
mulkni xatlashga haqli. Bunda soliq organining rahbari (uning oʻrinbosari) soliq toʻlovchilar 
toʻgʻrisidagi mavjud axborot asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining boshqa 
ishtirokchilari mol-mulkini qaysi ketma-ketlikda xatlashni mustaqil ravishda belgilaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin